2. Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi
Download 20.48 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-jadval Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi uchun qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar klassifikatori №
2.Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish ularning kelib tushish manbalariga, tashib keltirish shartlari va usullariga, shuningdek nima maqsadlarda chiqim qilinganligi va boshqa holatlarga bevosita bog‘liqdir. Ushbu maqsadlarda qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. Quyida materiallar harakatiga doir ayrim asosiy boshlang‘ich hujjatlarni tuzish va ulardan foydalanish tartiblariga qisqacha to‘xtalamiz. Qurilish tashkilotlariga materiallar asosan ta’minotchilardan, bosh pudratchi va subpudratchilardan, buyurtmachilardan, ta’minot-savdo korxonalaridan kelib tushadi. Materiallar ta’sischilardan ularning ustav kapitalidagi ulushi sifatida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz moliyaviy yordam sifatida olinishi ham mumkin. 3.1-jadval Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi uchun qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar klassifikatori № Boshlang‘ich hujjat nomi Tuzuvchi shaxslar Foydalanuv- chilar Taqdim etish muddati 1 Ishonchnoma Buxgalteriya Buxgalteriya, Ta’minot bo‘limi Olingan so‘ng 10 kun ichida 2 Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi (M -7 shakl) Ombor mudiri Buxgalteriya, Ta’minot bo‘limi Joriy oyning oxirgi kuni 3 Omborga kirim qilish orderi (M-4 shakl) Ombor mudiri Buxgalteriya, Ta’minot bo‘limi Joriy oyning oxirgi kuni 4 Limit-zabor varaqasi (M-8 shakl) Ombor mudiri Buxgalteriya, uchastka boshliqlari, masterlar Joriy oyning oxirgi kuni 5 Talabnoma ( M- 11 shakl) Uchastka boshliqlari, masterlar Buxgalteriya uchastka boshliqlari, masterlar Har kuni 6 Ichki almashuv nakladnoyi (M-15 shakl) Ombor mudirlari Buxgalteriya, boshqa bo‘linmalar Har kuni 7 Schyot-faktura Sotish bo‘limi Buxgalteriya, boshqa bo‘linmalar Har kuni 8 Inventarlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida dalolatnoma Uchastka boshliqlari, masterlar Buxgalteriya, boshqa bo‘linmalar Joriy oyning oxirgi kuni 9 Materiallar harakati to‘g‘risida hisobot (M-19) Ombor mudirlari Buxgalteriya, boshqa bo‘linmalar Joriy oyning oxirgi kuni 10 Qurilishda asosiy materiallar sarfi to‘g‘risida hisobot (M-29) Uchastka boshliqlari, masterlar Buxgalteriya, boshqa bo‘linmalar Joriy oyning oxirgi kuni Ta’minotchilardan (qurilish materiallari kombinatlari, zavodlar, ta’minot- savdo korxonalari va boshqalardan) qurilish materiallari shartnomalar asosida sotib olinadi. Qurilish tashkiloti ta’minotchilardan materiallarni olish uchun o‘zining ishonchli vakili (ekspeditor) nomiga ishonchnoma beradi. Bu vakil qurilish materiallarini ta’minotchidan qabul qilib olish, uni yuklash, jo‘natish, yetkazib kelishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Ta’minotchi korxona qurilish tashkiloti vakili qo‘liga yuklab jo‘natilgan materiallar bo‘yicha schyot-faktura va unga ilova qilinadigan yuk-transport hujjatlarini (TTN, temir yo‘l naklodnoyi, vagon spesifikatsiyasi, sifat sertifikati va boshqalarni) taqdim etadi. Materiallarning buyurtmachilardan, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlardan olinishi ham yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshash tarzda hujjatlashtiriladi. Qurilish materiallarini ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasiga muvofiq tuzilgan schyot-fakturalar va ularga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Qurilish tashkilotida kelib tushgan materiallar rahbarning farmoyishiga ko‘ra omborlarga yoki bevosita qurilish maydonchalaridagi maxsus joylarga miqdor va sifat jihatdan qabul qilinadi. Tashib keltirishda turli qo‘shimcha harajatlar qilingan materiallar bo‘yicha qurilish tashkiloti buxgalteriyasi maxsus «Kirim dalolatnomasi»ni tuzadi. Ushbu hujjat materiallarni sotib olish qiymati (tannarxi) bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘ladi. Qurilish tashkilotlarida kelib tushgan materiallarning ombor hisobi partion, navli yoki qoldiq usullar bo‘yicha olib boriladi. Buning uchun mos ravishdagi Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling