2020 Mavzu Mаrkаziy Оsiyodа sоvеt rеjimigа qаrshi qurоlli qаrshilik hаrаkаti


Download 0.63 Mb.
Sana11.10.2020
Hajmi0.63 Mb.
#133338
Bog'liq
3-mavzu

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. “Sharq sivilizatsiyasi va tarix” fakulteti,MOXT va E yo’nalishi, fors – ingliz guruhi.

Bajardi: Norkuziev Jamshid.

Qabul Qildi: Doniyorov Alisher.


2020

Mavzu Mаrkаziy Оsiyodа sоvеt rеjimigа qаrshi qurоlli qаrshilik hаrаkаti.

Reja

  • Mavzu tarixshunosligi: adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
  • Mavzu doirasidagi tarixiy shaxslar portretiga chizgilar.
  • Mintaqa xalqlarining qurolli Qarshilik harakatining kelib chiqishi sabablari.
  • Qarshilik harakatining o‘ziga xos jihatlari.
  • Qarshilik.
  • Xulosa

1-savolga qo’yilgan maqsad

Mavzu tarixshunosligi: adabiyotlarning qiyosiy tahlil qilish va yoritib berish

Usmonov Q, Sodiqov M. O’zbekiston tarixi (1917-1991-yillar).

T. “Sharq To‘ldirilgan to‘rtinchi nashri

Ushbu kitoв IV bobdan iborat bo’lib, unda Turkistonda sovetlar istibdodining o’rnatilishi, Sovet hokimiyatiga qarshi harakatlar.va boshqa ko’plab malumotlar mavjud.ushbu kitobning 36-44 betlaridan koplab malumotlar oldim.



Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. Forsiydan tarjima,muqaddima va izohlar muallifi. Abdusodiq Irisov. – T. “Fan” nashriyoti, 1991.

Ushbu kitobda Buxoro amirligi tarixida yuz bergan so’nggi voqealar haqida malumotlar mavjud.Unda Buxoro amirligining tugatilishi haqida ma’lumotlar ham qayd etilgan.



Mavzu doirasidagi tarixiy shaxslar portretiga chizgilar.

2-savolga qo’yilgan maqsad

Madaminbekning asl nomi Muhammad Aminbek bo‘lib, u 1892 yilda Marg‘ilon atrofida – hozirgi Toshloq tumanining «Sadda» qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi So‘kchilik qishlog‘ida o‘rtahol hunarmand oilasida tavallud topgan. Ahmadbekning ota-bobolari Qo‘qon xonligi davrida turli lavozimlarda ishlashgan va ularning mavqei baland edi. Madaminbekning onasi esa o‘z davrining oqila ayollaridan hisoblangan.



Madaminbek Marg‘ilondagi maktab va mahalliy madrasani tugatgach, tahsilni davom ettirish uchun Buxoroi sharifga jo‘nashga ahd qiladi. Biroq taqdir Madaminbekka mudarris yoki ulamo bo‘lish qismatini ravo ko‘rmay, uni milliy ozodlik kurashining to‘s-to‘polonlari ichiga tashlaydi. Madaminbek Birinchi jahon urushi arafasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi Farg‘ona vodiysida ko‘tarilgan turli g‘alayon va isyonlarda faol qatnashadi. Shuning uchun o‘lkadagi rus politsiyasi uni 1914 yili qamoqqa oladi. Sud Madaminbekning o‘zi qilmagan jinoyatlar (qotillik va o‘g‘rilik)ni ham bo‘yniga qo‘yib, uni Sibirdagi Nerchinsk degan joyga 14 yil muddatga katorgaga hukm qiladi.

Xullas, oqpodsho sudi Madaminbekning «siyosiy ishi»ga «jinoiy faoliyat» tusini berib, uning istibdod va zulmga qarshi kurashining mohiyatini yuzsizlarcha soxtalashtiradi. Shunday qilib, yosh Madaminbek hayo­tining uch yili dahshatli Sibir o‘rmonlarida o‘tgan. Biroq yigirma yoshdan sal oshgan navqiron yigit uchun bu yillar izsiz ketmaydi. Aynan uzoq va sovuq Sibirdagi og‘ir va mashaqqatli hayot Madaminbekni kelgusi kurashlar uchun chiniqtirib, uni yurt ozodligi va istiqloli uchun bo‘ladigan hayot-mamot janglariga hozirlaydi.

Madaminbekning shaxsiy hayoti haqida juda oz ma’lumotlar saqlanib qolgan. Madaminbekdan yodgor bo‘lib biror avlod qolmagan.

Madaminbek ayni paytda islomiy ilmlarni puxta egallagan xudojo‘y va taqvodor odam bo‘lgan. U kitob mutolaa qilishni xush ko‘rgan. Madaminbek muqaddas Qur’oni Karim va mashhur ozarbayjon shoiri Fuzuliyning devonini qaerga borsa, doim o‘zi bilan olib yurgan. Ba’zi manbalarda yozilishicha, Madaminbek Turkistonning buyuk istiqlol shoiri Cho‘lpon she’rlarini sevib o‘qigan. Madaminbek ishtirok etgan gurunglarda ko‘pincha suhbat mavzusi she’riyatga borib ulangan. Madaminbek o‘z ona tili – o‘zbek tilidan tashqari tojik, rus va fransuz tillarini mukammal bilgan.

Shermuhammadbek (arxiv hujjatlari va sovet adabiyotlarida Shermat qoʻrboshi yoki Koʻrshermat, chap koʻziga oʻq tekkanligi uchun shunday nom berishgan) hozirgi Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi Garbuva (Garbobo, Karbobo – azizlar) qishlogʻida, beklar avlodidan boʻlgan Qoʻshoqbek hoji xonadonida, 1893-yilda tugʻildi.

Qoʻshoqbek hojining ota avlodlari Qoʻqon xonlari huzurida vazirlik, beklik qilishgan boʻlsa, onalari Oydin ogʻocha Koshgʻardan kelin boʻlib tushgan edi. Shermuhammadbek 1916-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan mardikorlikka olingan va urush marralarida ishlash uchun safarbar qilingan kishilar qatorida Polsha frontiga tashlangan. Shermuhammadbek Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi milliy ozodlik uchun kurashning ilk bosqichidan boshlab jang maydoniga kirgan. U Katta Ergash va Madaminbekning oʻrinbosarlari sifatida istiqlolchilarning tan olingan yirik lashkarboshisi edi.

Bolsheviklarning maddohlaridan biri eʼtirof qilishicha, ular uchun “Madaminbek qoʻrboshilar oʻrtasida eng kuchlisi boʻlgan boʻlsa, Shermuhammadbek, shubhasiz, eng xavflisi edi”.

Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog‘liqdir.

1918 yil 27 fevralda Qo‘qon atrofidagi Bachqirda bo‘lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo‘lgach, uning o‘rniga Katta Ergash (uni Mulla Ergash ham deyishgan) Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi ozodlik bayrog‘ini ko‘tardi. Qo‘qon uyezdidagi harakatning dastlabki tayanch nuqtasi Bachqir edi. 1918-yil mart oyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida juda mashhur bo‘lib ketdi.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30000ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi janglarni olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida 20000, Katta Ergash qo‘rboshida 8000 askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.

Junaidxon Qurbon Mamed (Muhammad) sardor (1857, hozirgi Taxta tumani, Turkmaniston — 1938, Hirot atrofi, Afgʻoniston) — Istiqlolchilik harakati namoyandalaridan. Mustamlakachi chor Rossiyasi hamda shoʻro qoʻshinlariga qarshi kurashgan. Yovmut qabilasi bayramali urugʻining junayd tarmogʻiga mansub. Nizoli masalalarni adolatli hal qilganligi va jasurligi uchun turkmanlar orasida uning shuhrati keng yoyilgan.

U uzoq yillar mobaynida oʻz urugʻining mirobi, qozisi, oqsoqoli, harbiy boshligʻi boʻlgan Asfandiyorxon Junaidni 1915-yilda turkman qabilalarining sardori etib tayinlagan. Turkman oqsoqollari uni Junaydxon deb eʼlon qilishgan. Turkman davlatini tuzish maqsadida Junaid 1916-yilda Xivaga yurish qilgan. Tengsiz janglarda Junaidxon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, S. M. Budyonniyning saralangan maxsus otliq qoʻshini uni qoʻlga tushira olmagan. Junaidxon Xorazm vohasida ayrim tanaffuslar bilan 1931-yilgacha kurash olib borib, nihoyat Eron orqali Afgʻonistonga oʻtib ketgan.

Ibrohimbek, Ibrohimbek laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy to‘qsabo o‘g‘li (1889, Dushanba atrofidagi Ko‘ktosh qishlog‘i — 1932.31.8, Toshkent) — Sho‘ro xukumatiga qarshi kurash harakati rahbarlaridan biri.

Ibrohimbek mahalliy madrasada saboq olgan. 1919 yilda Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, to‘pchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga ko‘tarilgan. Sobiq amir Olimxon 1921 yil boshlarida Ibrohimbekni butun qo‘shinlariga qo‘mondon qilib tayinlagan. Buxoro qo‘rboshilarining qurultoyida (1921.17.09) Ibrohimbekka «Islom lashkarboshisi» degan unvon berilgan. U qisqa muddat ichida 10000 nafardan ortiq askar to‘plab, Ko‘lob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qo‘shindan tozalagan.

1922 yil Dushanbe shahrini bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923 yil bahorda Ibrohimbek qo‘l ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qo‘rboshi dastalari harakat qilar, askarlarining soni Hisorning o‘zida 20000 kishi edi. 1923 yil yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli harbiy harakatlarni o‘tkazdi. 1925 yil yanvarda Ibrohimbek Surxon vohasida, Sherobod — Boysun atroflarida sho‘ro qo‘shinlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan.

3-savolga qo’yilgan maqsad

Mintaqa xalqlarining qurolli Qarshilik harakatining kelib chiqishi sabablari

Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi harakat 1918 yil fevral oyining so‘nggi o‘n kunligida boshlandi. Dastlabki guruhlarning tuzilishi Qo‘qon atrofidagi Bachqir qishlog‘ida boshlangan. Farg‘ona vohasida bu davrda 3 yirik qurolli guruhlar sovetlarga qarshi kurash olib borgan. Ulardan eng yirigi Marg‘ilonda, militsiyaning sobiq boshlig‘i Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li — Madaminbek (1892— 1920) edi.

Mintaqa xalqlarining qurolli Qarshilik harakatining kelib chiqishi

1918 yil noyabr oyining boshlarida Andijon uezdidagi Oyimqishloqda (Qorasuvdan 14 chaqirim shimoli-g‘arbda joylashgan; hozirgi Andijon viloyati Jalolquduq tumani hududida) Farg‘ona vodiysi qo‘rboshilarining ikkinchi qurultoyi bo‘ldi. Qurultoyda istiqlolchilik harakati rahbarlari qizil armiya va sovet hokimiyatiga qarshi kurashning dastlabki yakunlarini chiqardilar.

ushbu anjumanda qo‘rboshilar dastalarining o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi zarurligi ta’kidlandi, yaqinlashib qolgan qish mavsumidagi jang harakatlari belgilab olindi.

Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, «Farg‘ona vodiysi hududi harbiy harakatlarni muvofiqlashtirish uchun yirik qo‘rboshilar o‘rtasida quyidagi tarzda taqsimlandi.

Andijon uezdida Mahkam Hoji, qarorgohi – Anguzbak;

Namangan uezdida Omon Polvon

Skobelev uezdida Madaminbek

O‘sh uezdida Xolxo‘ja Eshon, qarorgohi – Novqat

Qo‘qon uezdida Katta Ergash, qarorgohi – Damko‘l atrofida

Turkiy manbalarda Yirik qo‘rboshi Shermuhammadbekning xotiralariga tayangan holda turkiyalik tadqiqotchi Ali Bodomchining yozishicha, qo’rboshi dastalar quyidagicha joylashgan

Madaminbek (Marg‘ilon)

Katta Ergash (Qo‘qon)

Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek (ikkalasi Garbuva – Yakkatut)

Xolxo‘ja Eshon (O‘sh)

Parpi (Andijon),

Muhiddinbek (Oloy),

Omon Polvon (Namangan),

Jonibek Qozi (O‘zgan)

Bu paytga kelib, vodiydagi qo‘rboshilar o‘rtasida Madaminbekning nufuzi sezilarli darajada oshgan edi. Qurultoyda qo‘rboshilar uzoq davom etgan bahs va munozaralardan so‘ng Katta Ergash o‘rniga Madaminbekni butun Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo‘mondoni qilib saylashdi. Katta Ergash va Shermuhammadbek Madaminbekning o‘rinbosarlari etib belgilandi.

1919 yil oktabr oyining so‘nggi kunlarida Farg‘ona vodiysidagi barcha yirik qo‘rboshilar va xalq vakillari yana Oyimqishloqda to‘plandilar. Istiqlolchilik harakati tarixidagi eng yirik qurultoylardan biri bo‘lgan ushbu anjumanda, arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, vodiyda harakat qilayotgan 150 dan ortiq qo‘rboshi dastalari to‘rtta yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo‘ja Eshon qo‘mondonligi ostida birlashtirildi.

Madaminbek Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondoni MadaminbekSafonov nomiga yo‘llagan maktubida (1919 -yil 11- mart) ular qanday maqsad yo‘lida kurashayotganliklarini, bu harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimni aytish lozimligini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Harakatning mohiyatini sovet qo‘mondonligi vakillari ham e'tirof etishga majbur bo‘ldilar. Turkiston frontining qo‘mondoni Frunze: «Bosmachilikka qarshi kurash tamoman yangi, ayrim xususiyati bo‘lgan, o‘ziga xos dushman bilan kurash demakdir», deb yozgan edi.

U goh kuchayib, goh pasayib turishiga, unda ishtirok etganlarning tarkibi almashib turganligi va ikkilamchi manfaatlar o‘zgarib turishiga, ob'ektiv va sub'ektiv omillar kuchlar muvozanatiga turlicha ta'sir qilganiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo‘lib qolaverdi.

Turkiston XKS raisi Q. Otaboev Turkiston MIQ 4 plenumida (1922 yil iyul) quyidagi haqiqatni oshkora ta'kidlashdan cho‘chimadi: «...dastlabki davrlarda bosmachilik ruhida bo‘lgan bu harakat endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta'kidlash lozimki, 1919-1920- yillarga kelib Farg‘onada qaroqchilik, bosmachilik emas, balki o‘ziga xos xalq qo‘zg‘oloni vujudga keldi.

Biz to‘rt yil davomida bu harakatga hatto to‘g‘ri baho berishni ham bilmadik, u xalq qo‘zg‘oloni bo‘lgani holda bosmachilik deb atadik». Asosiy harakatlanuvchi kuch dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan Turor Risqulovning e'tiroficha, harakatga «asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo‘shilardi».

Undan tashqari larda rahbarlar saylangan, yagona qo‘mondonlik ostiga birlashtirilgan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas edi. Turkiston ziyolilari va taraqqiyparvarlari - namanganlik Nosirxon to‘ra, Said Kamolxon To‘ra o‘g‘li, toshkentlik muftiy Sadriddinxon Maxsum Sharifxo‘ja qozi o‘g‘li, Turkiston MIQ raisining sobiq o‘rinbosari To‘raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad Zaki Validiy va boshqalar bu harakatni qo‘llab-quvvatladilar. Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919- yil yozining oxiri va kuzida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi.

Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinlar safiga Jalolobodda turgan rus dehqonlar armiyasining qo‘shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag‘darish uchun real kuch edi.

Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinlar safiga Jalolobodda turgan rus dehqonlar armiyasining qo‘shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag‘darish uchun real kuch edi.

Madaminbek Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondoni Safonov nomiga yo‘llagan maktubida (1919 yil 11 mart) ular qanday maqsad yo‘lida kurashayotganliklarini, bu 22 harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimni aytish lozimligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Harakatning mohiyatini sovet qo‘mondonligi vakillari ham e'tirof etishga majbur bo‘ldilar.

4-savolga qo’yilgan maqsad

Qarshilik harakatining o‘ziga xos jihatlari

Turkiston ASSR rahbarilaridan biri Turor Risqulovning e’tirof etishicha, harakatga “asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo’shilardi. Ularning milliy tarkibi asosan tub joy aholisi – o’zbek, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, turkmanlar, qoraqalpoqlardn iborat edi. O’zbeklarning miqdori ko’pchilikni tashkil qilgan. Biroq harakat safalarida ba’zi yevropalik millatlar vakillari, hatto ruslar ham bo’lib, ular sovet rejimiga qarshi kurashganlar. Kurashga qo’zg’algan xalq harakatini uyushtirishda qo’rboshilarning xizmati katta bo’lgan.

Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yil yozining oxiri va kuzida o’zining eng yuqori cho’qisiga chiqdi. Sentabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O’sh shaharlarini egallashdi. Ular Eski Marg’olon shahrini qizil bosqinchilardan ozod qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik stratrgik shahar - Andijonni qamal qilishga kirishdilar.

Madaminbek boshchiligidagi qo’shinning hujumi farg’ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919 yil 12-oktyabrda Pomirning Ertashtom ovulida bo’lgan anjumanda Madaminbek boshchiligidagi Farg’ona muvaqqat muhtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 nafar tub aholi va 8 nafar ruslar kiritilgan edi. Madaminbek hukumat boshlig’I bo’lish bilan birga qo’shinning Oliy bosh qo’mondoni etib ham tayinlandi.

Farg’ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo’shimcha kuchlarning boshlanishi natijasida 1920 yil yanvar oyining o’rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo’liga o’tdi. Katta Ergash qo’rboshinung qo’shini mag’lubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi.

Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg’ona fronti qo’shinlari qo’mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbrk bilan 2 – Turkiston o’qchi diviziyasining boshlig’I N.Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida 1920 yil 6-martda Skobelov shahrida yarash bitimi imzolandi.

Bitim tuzilgandan so’ng Madaminbek bilan birga unga bo’ysunuvchi o’nlab qo’rboshilar va minglab yigitlar qurolini topshirdi.

Ammo buning bari Madaminbek uchun tayyorlangan tuzoq bo’lib chiqdi. Bir muddatdan so’ng sovet harbiy qo’mondonligi Madaminbek va bir guruh qo’rboshilarni isyonchilar bilan muzokaralar o’tkazish uchun yuboradi.

Turkistondagi harakat 1920 yilning yozi va kuzida o’zining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Farg’ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.

1920 yil 3-mayda Shermohammadbek boshchiligidagi Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi. Shermuhammadbek istiqlolchilik harakatiga bosh bo’ldi.

Keng miqyosdagi qatag’onlar va qizil armiya tomonidan harbiy harakatlarning kuchaytirilishi ham istiqlolchilarni kurashdan qaytara olmadi. Farg’ona armiya gruppasi shtabining “mutlaqo maxfiy”ma’lumotiga qaraganda, 1921 yil iyun – sentabr oylarida viloyatda 200 dan ortiq qo’rboshi guruhlari harakat qilgan.

1921 yil 13-sentabrda farg’ona vodiysida favqulotda holat e’lon qilindi. 1921 yil noyabrda Farg’ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o’rnatildi vaTurkiston fronti harbiy inqiloiy kengashi a’zosi P.Baranov Farg’ona viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlandi.

Istiqlolchilik harakatini tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg’ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi qo’rboshilarning mazkur davrda bo’lib o’tgan 30 dan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo’lgan. Ularda rahbarlar saylangan, qo’rboshillar yagona qo’mondonlik qo’l ostiga birlashtirilgan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas edi. Shuningdek, qurultoylarda qo’rboshilar guruhlari harakat qiladigan joylar va ularning ta’sir doirasi belgilab olingan,

Qo’rboshilar 1924 yil oxiriga kelib Turkistondagi iqtisodiy inqiroz va qashshoqlik, dahshati ocharchilik, xalqning og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas edi. Tinimsiz davom etgan yetti yillik kurashdan ular ham, xalq ham charchagan edi. Shuning uchun tirik qolgan qasoskorlarning ko’pchiligi 1924 yil davomida qarshilikni to’xtatdilar. Xullas, 1924 yil oxirida Turkiston mintaqasida istoqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlandi. Lekin hali oldinda kurashning to’liq o’n yili turar edi.

Etiboringiz uchun raxmat.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling