211-Milliy tarbiya musiqa va ashulalar qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega?


Download 23.23 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi23.23 Kb.
#1186261
  1   2   3   4
Bog'liq
211-220


211-Milliy tarbiya musiqa va ashulalar qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega?
Yosh avlodni ta’lim-tarbiyasida, ma’naviy-ruhuy kamolotida an’anaviy musiqadan samarali foydalanish alohida o’rin tutadi.
Musiqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi yosh avlodni milliy musiqa boyligimizni chuqur idrok eta oladigan va milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, nafaqat o’z milliy an’analari, balki boshqa millatlar madaniyatidan xabardor hamda ularni hurmat qiladigan komil inson bo’lib voyaga yetkazishdan iboratdir.
212-Bolaning birinchi tarbiyachisi kim.
Bolaning birinchi tarbiyachisi bu Maktabgacha yoshdagi bolala pedagogikasi — [pedagogika] maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari, shakl, usul va metodlarini oʻrganuvchi sohadir. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi bolaning psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bogʻliq. 19-asrning 2-yarmida umumiy pedagogikadan ajralib chiqqan. Ingliz utopik sotsialisti R. Ouen birinchi boʻlib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish gʻoyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. fanning maxsus tarmogʻi sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-asr boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish gʻoyasi keng tarqaldi.
213-Milliy ertaklarning xususiyatlari.
xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Har bir millatning, xalqning ertagi o’sha yurtning tarixi, ma’naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e’tiqodini boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o’rganishda muhim manba vazifasini o’tayd. Ertaklar o’z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga ega.


Download 23.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling