3-amaliy mashg‘ulot mavzu: Ichlab chiqarishdagi tabiiy va sun`iy yorug`likni hisoblash. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 107.36 Kb.
bet1/6
Sana24.03.2023
Hajmi107.36 Kb.
#1291628
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Amaliy mashgulot


3-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu:Ichlab chiqarishdagi tabiiy va sun`iy yorug`likni hisoblash.
Mashg‘ulotning maqsadi. Ishlab chiqarish xonalarini sun’iy yoritish turlari, yoritish me’yorlari, foydalaniladigan yoritish chiroqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish va sun’iy yoritishni hisoblashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Mashg’ulot turi: guruhli (4-5)talaba
Ajratilgan vaqt: 2 akademik soat
Tayanch so‘zlar va iboralar: tabiiy,sunniy, yoritilganlik, ravshanlik, fon, kontras,yorig`li oqimi,candela,lyuks,oqim,lyumen.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Ishlab chiqarish xonalarini yoritish turlari, yoritilganlik ko‘rsatkichlari va me’yorlari.
2. Ishlab chiqarish xonalarini sun’iy yoritishni hisoblash.
3. Sun’iy yoritishga oid masalalar yechimi.
Berilgan vazifa: ishlab chiqarish xonalarini yoritish turlari, me’yorlash, foydalaniladigan elektr chiroqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish va ishlab chiqarish xonalarini sun’iy yoritish va hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Mashgulotning mazmuni
Ishlab chiqarish xonalarini yoritish turlari, yoritilganlik ko‘rsatkichlari va me’yorlari. Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi mehnat gigiyenasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yoritilganlik insonning tashqi muhit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va inson miyasiga keluvchi tashqi dunyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. To‘g‘ri va me’yoriy miqdordagi yoritilganlik ish qurollari va jihozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mehnat qobiliyatining uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mehnat xavfsizligini oshiradi.
YORUG‘LIK  elektromagnit spektrining ko‘zga ko‘rinadigan sohasining bir qismi hisoblanadi. Uning asosiy xarakteristikasi sifatida to‘l-qin uzunligi () va tebranish chastotasi ( ) qabul qilingan. Bu ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi.

bunda c – yorug‘likning tarqalish tezligi. Ko‘zning ko‘rish darajasi spektrning ko‘rinadigan sohasining har xil qismida turlicha bo‘lib, spektrning yashil oblastida, to‘lqin uzunligi  = 554 nm bo‘lgan holatda maksimal hisoblanadi.
Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlariga yorug‘lik kuchi, yoritilganlik, yorug‘likni yutish, o‘tkazish va qaytarish koeffitsienti, ravshanlilik, obyektning fon bilan kontrasti (obyekt bilan asosiy rang orasidagi keskin farq), yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti va yoritilganlikning notekislik koeffitsienti kiradi.

Download 107.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling