3 Amaliy mashg’ulot: Vitamin b ning mikrobiologik sintezi
Download 480.51 Kb. Pdf ko'rish
|
3 amaliy mashg\'ulot
3 Amaliy mashg’ulot: Vitamin B ning mikrobiologik sintezi Vitaminlar-har xil kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan, biologik faol moddalar bo‘lib, ular tirik organizmning hayot faoliyatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydilar. VitaminlapHing biologik faolligi shu bilan belgilanadiki, ulapHing ba’zilari faol guruhlar(kofermentlar) sifatida fermentlapHing katalitik markazi tarkibiga kiradi. Bu moddalar yetishmasligi oqibatida fermentlar faolligi pasayadi, natijada belgilangan fermentlar ishtirokida kechadigan biokimyoviy jarayonlar pasayadi yoki butunlay to‘xtaydi. Bu esa organizmlarda vitaminlar yetishmasligi oqibatida jiddiy kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, inson va hayvon organizmlari vitaminlar sintez qilish qobiliyatiga ega emas, lekin o‘simliklar qulay sharoitda o‘zining vitaminga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash xususiyatiga ega (vitamin V12 dan tashqari). Mikroorganizmlar ham zarur bo‘lgan vitaminlapHing ko‘pchiligini o‘zlari sintez qilish qobiliyatiga egadirlar. Shulardan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik va mikroorganizmlapHing ishlab chiqargan mahsulotlari inson va hayvonlar uchun vitaminlar manbai xisoblanadi. Mikrobiologiya sanoatida ikki xil ozuqa vitamin preparatlari ishlab chiqariladi. Tarkibida V2 vitamini bo‘lgan-riboflavin ozuqasi va tarkibida V12 vitamini bo‘lgan KMB-12 preparati. Vitaminlar organik birikmalar bo‘lib, ulapHing ahamiyati tirik organizmlar hayot kechirishlari uchun beqiyosdir. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlapHing miqdori juda kam bo‘lganligi (100 gramm ozuqa mahsulotlari tarkibida bor-yo‘g‘i 10-100 mg uchraydi, xolos), hamda ulapHing tez parchalanib ketishlarini e’tiborga olib, ularga vaqti-vaqti bilan vitaminlar qo‘shib turish tavsiya etiladi. Shuning uchun ham vitaminlapHi sanoat sharoitida ishlab chiqarish allaqachonlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, vitaminlar ishlab chiqarishning an’anaviy usullari katta hajmdagi mahsulotlapHi qayta ishlashga yoki kimyoviy yo‘llarga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy kam rentabellik soha hisoblanadi. O‘tgan aspHing 4-choragidan boshlab, vitaminlar ishlab chiqarishni rentabel sohasiga, ya’ni mikrobiologik sintez yo‘li orqali tayyorlashga e’tibor bilan qaralmoqda. Genetik monipulyatsiya (metabolizmni boshqarishga ta’sir etish orqali) yordamida o‘sishi uchun zarur bo‘lgan miqdoridan 10000 va undan ham ko‘proq miqdorda vitaminlar hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlar shtammlari yaratildi. Riboflavin sintez qiluvchi Ashbri gossypii, B12 vitamini sintez qiluvchi Propionobacterium .shermanii M-82 shtammlari shular jumlasi- dandir. Yaponiyada kuchli antioksidantlar sifatida ishlatilib kelinayotgan, askorbin kislotasining (S vitamin) hosilasi - askorbil-2- fosfat ishlab chiqarishning mikrobiologik texnologiyasi yaratildi. Ma’lumki, B2 va B12 vitaminlari faqatgina tibbiyotda emas, balki bu vitaminlapHing mikrobiologik usulda olinganlari, hayvonlar ozuqasini boyitish uchun ham keng qo‘llaniladi. Vitaminlar - kichik molekulali organik moddalar guruhi bo‘lib, juda past miqdorda kuchli va xilma-xil biologik ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda vitaminlar manbai sifatida asosan o‘simliklar va mikroorganizmlar xizmat qiladi. Menaxinonlar va kobalaminlar faqat mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Ishlab chiqarishda hozircha ko‘plab vitaminlapHi kimyoviy sintezlash yo‘li bilan olish oldingi o‘rinni egallab turganligiga qaramasdan, mikrobiologik sintezning istiqbollari kattadir. Masalan, tovuqlar va cho‘chqalar ozuqasida foydalanish uchun biotinni mikrobiologik yo‘l bilan olish o‘ta istiqbolli hisoblanadi. Dunyoda vitamin ishlab chiqaruvchi 40 ta katta sanoat ustqurmasi mavjud. Shundan 18 tasi AQSh da, 8 tasi Yaponiyada, 14 tasi G‘arbiy Yevropada. Vitamin ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni Shvesariyaning Hoffman La Roche konsepHi egallaydi. Bu konsepH dunyoda chiqariladigan barcha vita-minlapHing 50-70%ini ishlab chiqaradi. VitaminlapHing xossalari, ulapHi tayyorlash va qo‘llash masalalarini V2 va V12 vitaminlari misolida ko‘rib chiqamiz. Download 480.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling