3 Мaвзу: Термодинaмик функциялaрни ҳисоблaш


Download 72.21 Kb.
bet1/5
Sana03.11.2023
Hajmi72.21 Kb.
#1743732
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 -ma\'ruza.

6-mavzu. Potenstiallar. Kimyoviy potensial.

1. Termodinamik potensiyallar.

2. Xarakteristik funksiyalar

Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish jarayonini miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni bu jarayonlarning sifat tomonini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning energetik balansini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni beradi, lekin u, bironta jarayonning sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi.

  • Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish jarayonini miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni bu jarayonlarning sifat tomonini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning energetik balansini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni beradi, lekin u, bironta jarayonning sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi.
  • Termodinamikaning ikkinchi qonuni ham, birinchi qonun kabi tajriba asosida ta’riflanganligini ta’kidlab o’tish lozim. Termodinamikaning ikkinchi qonunini umumiy ko’rinishda quyidagicha ta’riflash mumkin:
  • O’z-o’zidan sodir bo’ladigan har qanday jarayon qaytmas jarayondir. Ikkinchi qonunning barcha boshqa ta’riflari bu umumiy ta’rifning xususiy hollaridan iborat.

Har-xil olimlar termodinamikaning ikkinchi qonuniga turlicha ta’rif berganlar. Shu ta’riflar haqida qisqacha ma’lumot beraylik. Sadi karno (1824 yilda) quyidagi ta’rifni berdi: “termodinamik tizim ish bajara olishi uchun kamida turli temperaturali ikki manba zarur. Issiqlik dvigatellari F.I.K. >1 bo’la olmaydi”. R. Klauzius (1850 yilda) quyidagi ta’rifni taklif etdi: “issiqlik ancha sovuq jismdan ancha issiq jismga o’z-o’zidan o’ta olmaydi”. V. Tomson (lord kelvin) 1851 yilda quyidagi ta’rifni taklif etdi: “jonsiz material agent yoramida moddaning qandaydir massasidan uni atrofdagi predmetlardan eng sovug’ining temperaturasidan past temperaturagacha sovitish yo’li bilan mexanikaviy ish olib bo’lmaydi”. M. Plank quyidagi ta’rifni taklif etdi: “barcha ishi bironta yukni ko’tarish va issiqlik manbaini sovitishdan iborat bo’lgan davriy ishlaydigan mashina qurib bo’lmaydi”.


Download 72.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling