4-amaliy mashg`ulot Mavzu


Download 92.09 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2020
Hajmi92.09 Kb.
#103216
  1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg`ulot


4-amaliy mashg`ulot

Mavzu: Dasturlash texnologiyasi va algoritm. Yuqori va Quyi darajali dasturlash tillari va ularning turlari. Delphi, C++, Visual Basic dasturlarida sodda masalalar bilan ishlash. Turli xil ommabop dasturlash tillari (JavaScript, Java, Python, Ruby, PHP, C#) bilan tanishish. Autoplay dasturida ishlash. Flash dasturida elektron qo‘llanmalarni yaratish



Maqsad: Yuqori va Quyi darajali dasturlash tillari va ularning turlari haqida tushuncha berish. Delphi, C++, Visual Basic dasturlarida sodda masalalar bilan ishlash, Autoplay dasturida ishlash, Flash dasturida elektron qo‘llanmalarni yaratish ko‘nikmasini hosil qilish.

Nazariy qism.

Dasturlash tillari paydo bo`lishidan oldin dasturlar mashina kodlarida (mashina kodi - protsessor tomonidan bajariladigan xotiradagi instruksiyalar ketma-ketligidir) tuzilar edi. Katta-katta dasturlarni tuzishda juda ko`p vaqt talab qilinar, ularni xatolarini tuzatish juda qiyin, modifikatsiyalash esa ko`p hollarda ilojsiz edi. Shularni hisobga olib, inson uchun tushinarli bo`lgan dasturlash tillarini tashkil qilish muammosi paydo bo`ldi. Dasturlash tillari inson uchun tushinarli bo`lgan dasturlarni tuzish imkonini beradi. Bunday dasturlarning matnini mashinalarlarda bajarish uchun, ularni mashina kodiga aylantirish zarur. Buning uchun traslyator deb ataluvchi maxsus dasturlardan foydalaniladi.



Traslyatorlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi: interpretator va kompilyator.

Interpretator - dasturning har bir operatorini oraliq kodga tarjima qilib, mashina kodiga aylantiradi va uni bajarishga kirishadi. Kompilyator - dastur matnini to`laligicha mashina kodiga aylantirib, uni bajarishga kirishadi.

Birinchi dasturlash tili - assembler bo`lib, bu til past pog‘onadagi til turiga kiradi. Dasturning har bir qatori-bitta mashina komandasiga mos tushadi. Assembler tilida katta-katta dasturlarni yozish juda qiyin, shuning uchun keyinchalik yuqori pog‘onadagi dasturlar yaratildi. Bularga Beysik, Pascal, Fortran, Ci va hakozolar kiradi. Pascal - 1969 yilda Syurix texnika universiteti professori N.Virt tomonidan yozilgan bo`lib, talabalarga dasturlar tuzishni o`rgatishga mo`ljallangan.

Algoritm va uning turlari. Algoritm tushunchasi va uning asosiy hossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash usullari, rekursiya va iterasiya, algoritmning murakkabligi tushunchasi, algoritm turlari, samarali algoritmlar ishlab chiqishning asosiy usullari(balansirovka, dinamik dasturlash va boshqalar), algoritmik tillar.

Umumiy algoritmlar nazariyasi. Umumiy algoritmlar nazariyasiga doir asosiy kashfiyotlar. Reduksiya prinsipi. Algoritm va hisoblash jarayoni orasidagi bog’lanish. Xatoliklarni algoritmlar ishonchliligiga ta’siri. Hisoblash algoritmlarida xatoliklarni inobatga olish usullari. Algoritmlarni baholash ma’zonlari va tahlil qilish usullari. Ikki tomonlama algoritmlar. Chiziqli ro’yhatlar va ular ustida asosiy amallar. Tarmoqlar. Daraxtlar, ularning turlari. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murrakkablikga ega saralash algoritmlari. Saralash usullarini taqqoslash. Izlash algoritmlari. Rekursiya va rekursiv funksiyalar. Matematik induksiya. Rekursiv va iterasion algoritmlarni qiyoslash. Samarali mashina algoritmlarini tuzish usullari. rekursiya va iterasiya, algoritmning murakkabligi tushunchasi, algoritmik tillar.

Delphi dasturlash muhiti

Borland Delphi 7 dasturlash muhiti Samples komponentalar palitrasi.



Delphi dasturlash muhiting Samples komponentalar palitrasi bilan tanishib chiqamiz. Palitrada quyidagi komponentlar joylashgan:



Samples komponentalar palitrasi




Gauge – jarayonlarni vizual tasvirlash indikatori. Masalan, faylarni nusxalash yoki dasturlarni kompyuterga o`rnatilishi jarayoni.



ColorGrid – foydalanish mumkin bo`lgan ranglar jadvalini hosil qiladi.



SpinButton – schyotchikli tugma hosil qiladi. Qiymatlarini orttiruvchi va kamaytiruvchi tugmalari mavjud.



SpinEdit – qiymatlarini orttiruvchi va kamaytiruvchi tugmalari mavjud bo`lgan tahrirlash oynasi.



DirectoryOutline – diskdagi kataloglar strukturasini hosil qiladi.



Calendar – standart ko`rinishdagi ko`rsatilgan oy bo`yicha kalendar yaratadi



IBEventAlerter – hodisa indikatori hosil qiladi. Ma’lumotlar bazasi hodisalari bo`yicha habar beradi.



ShellTreeView – kataloglar daraxtini hosil qiladi.



ShellComboBox – tanlash mumkin bo`lgan kataloglar ro`yxatini hosil qiladi.



ShellListView – katalog va fayllar ro`yxatini hosil qiladi.



ShellChangeNotifier – joriy katalogni belgilash.

Download 92.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling