MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI (4 soat)
1. Kartografik tasvirlash usullari
2. Relefni tasvirlash usullari.
Kartalarda har xil obektlar (predmet, hodisa, jarayon va h.k.), ularning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini ifodalash uchun qo’llaniladigan grafik belgilarga kartografik shartli belgilar deyiladi. Bu belgilar mumkin qadar sodda, ko’p joy egallamaydigan va shu bilan birga bir-birlaridan aniq ajralib turadigan va oson chiziladigan hamda o’qiladigan bo’lishlari lozim.
Alohida obektlarning kartografik belgilari ikkita asosiy vazifani bajaradi: birinchidan - obektlarning turini ko’rsatadi (quduq, shosse, botqoqlik) va ularni ayrim miqdor va sifat tavsiflarini (masalan, quduqdan ma’lum vaqtda olinadigan suv miqdori), shosse qatnov qismining eni va ustiga yotqizilgan qurulish materialining turi, botqoq kechib o’tishga yaroqliligini; ikkinchidan — obektning fazoviy holatini aniqlaydi, ushbu obektlarning planli o’lchamlarini va shakllarini yoki ular “fazosini” modellashtiradi.
Ko’pincha belgilar hodisaning vaqt mobaynida o’zgarishini (shaharlar o’sishi, daryolar toshishi, ko’chkilar), ko’chib yurishini (ekspedisiyalar marshruti, tsiklonlar yo’nalishi) va boshqa jarayonlarni aks ettiradi.
Kartalarda belgilar umumiy jamlangan holatda katta vazifalarni bajaradi. Ular obektlarning o’zaro uyg’unligini va aloqadorligini ko’rsatadi, hodisalarning fazoviy obrazlarini shakllantiradi, ular joylanishidagi qonuniyatlarni va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Natijada karta alohida belgilarda mujassamlashgan indikatsiyalar yig’indisidan ortiq bo’lgan yangi bilimlar beradi. Bundan tashqari belgilarni guruhlarga ajratish hodisalar holati, farqlanishi, o’zaro bir-biriga ta’siri va vaqt mobaynida o’zgarishini fazoviy tavsiflash uchun keng imkoniyat ochadi.
Qadimgi kartalarda voqea va hodisalar perespektiv suratlar bilan ko’rsatilgan va ular rasmli tarzda alohida izohlarsiz tushunarli tarzda ko’rsatib berilgan. (37-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |