Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari


Download 0.62 Mb.
bet5/14
Sana02.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1739544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI

8-rasm. Chiziqli belgilar usuli
a-viloyat chegaralari, b-temir yo’llar, d- daryolar, e- neft quvurlari, f-gaz quvurlari
I zoliniyalar (teng chiziqlar) usuli. Izos” grekcha — teng, bir xil degan ma’nolarni anglatadi. Izoli­niyalar - kartada voqea va hodisalarning birorta miqdor ko’rsatkichi asosida bir xil qiymatga ega bo’lgan nuqtalar bo’yicha o’tgan yoki ularni birlashtiruvchi egri chiziq tushuniladi.


9-rasm. Gorizontallar


Odatda bu usul bilan uzluksiz tarqalgan (yoyilgan) va fazoda asta-sekin o’zgaradigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Topografik kartalarda relefni tasvirlashning asosiy usuli bo’lgan gorizontallar yoki izogipslar, izoliniyalar misol bo’ladi (9-rasm). Kartalarda dengiz sathidan bir xil mutloq balandlikda joylashgan nuqtalarni birlashtiruvchi egri chiziqlarga gorizontal(lar) deyiladi. Shuningdek, masalan, izotermalar — bir xil havo haroratiga ega bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi egri chiziqlar; izobaralar — bir xil havo bosimiga ega bo’lgan joydagi nuqtalarni birlashtiruvchi egri chiziqlar; izogietalar — bir xil yog’in-sochin tushadigan yerlarni (nuqtalarni) tutashtiruvchi egri chiziqlar; izobatalar bir xil chuqurlikka ega bo’lgan dengiz osti yerlarini tutashtiruvchi egri chiziqlar va boshqalar. Iqlim kartalarini tuzishda izoliniyalar asosiy usul hisoblanadi.


Sifatli rang (fon) usuli. Bu usul bilan kartada tasvirlanayotgan hudud chegarasida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni u yoki bu ma’lum sifat belgisi bo’yicha qismlarga bo’lish va ularning har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash yoki to’ldirish yo’li bilan sifat farqlari tasvirlanadi. Hududni qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan voqea va hodisaning sifat ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Masalan, tuproq kartalarida ushbu qismlar orasidagi chegara qaerda bitta tuproq tipi (kichik tipi, turi) boshqasi bilan almashinsa, o’sha yerda o’tkaziladi (46-rasm). So’ngra bitta tipdagi qismlar qabul qilingan rangga bo’yaladi yoki shtrixlanadi. Shuningdek, bu usul har xil rayonlashtirish kartalarida (masalan, tabiiy-geografik, landshaft, iqtisodiy-geografik, tuproq-iqlim), geologik, botanik kartalarda asosiy usul sifatida qo’llaniladi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling