Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari


Joylashtirilgan diagrammalar usuli


Download 0.62 Mb.
bet7/14
Sana02.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1739544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI

Joylashtirilgan diagrammalar usuli. Bu usul uzluksiz va chiziqli tarqalgan mavsumiy va boshqa davriy voqea-hodisalarni ularning rivojlanishi, miqdori, davom etishi, qaytalanishini tavsiflash uchun keng ishlatiladi. Bu usul bilan odatda iqlimga tegishli mavzular: havo haroratining yil davomida o’zgarishi, oylar bo’yicha yog’in-sochin miqdorining taqsimlanishi, qor qoplamining dinamikasi, daryolarning yillik oqimi oylar bo’yicha taqsimlanishi, shamollarning yo’nalishi, kuchi va boshqalar (48-rasm) tasvirlanadi.





12-rasm. Joylashtirilgan diagrammalar usuli


Nuqtalar usuli. Bu usul bilan kartada keng maydonlarda joylashgan voqea va hodisalarni bir xil miqdor birliklarida belgilaydigan va uni joylanishi hamda to’planishiga mos joylashtiriladigan bir xil o’lchamdagi bir necha nuqtalar bilan tasvirlanadi. Kartada voqea va hodisalarni tasvirlashdan oldin nuqtaning “og’ir” ligi (vazni) aniqlaniladi, ya’ni bitta nuqta qaysi o’lchamdagi miqdor ko’rsatkichiga mos keladi (masalan, bitta nuqta 500 kishiga yoki 10 000 gektar ekin maydoniga to’g’ri keladi). Bu usulda voqea va hodisani kartada tasvirlashda nuqtalar obyektni haqiqiy geografik joylanishini eng yaxshi aks ettiradigan qilib joylashtiriladi. Ayrim hollarda bitta kartada ikkita o’lchamdagi nuqta berilishi mumkin, masalan, yirik nuqtada 1000 kishi, kichik nuqtada esa 100 kishi. Nuqtalar usulini yaxshi tanlash tasvirlanayotgan hudud chegarasida obyekt yoki voqea va hodisani tarqalishi to‘g‘risida ko‘rgazmali tasavvur beradi. Nuqtaning “og‘ir” ligi miqdor, rangi esa, sifat tavsifini aniqlashga lmkon beradi. U ayniqsa kontrast (keskin farq qilib) joylashgan hodisalar uchun samarali usul hisoblanadi. Nuqtalar kartaga ikkita usul bilan, ya’ni geografik va statistik usul bilan qo'yiladi. Geografik usulda hodisani geografik joylanishi (tarqalishi) hisobga olinadi (13-rasm. A va B).

13-rasm. Nuqtalarni kartaga qo’yish. G’o’za maydonlari:
A — statistik, B — geografik.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling