10-rasm. Sifatli rang (fon) usuli. Tekislik tuproqlari:
a) bo’z qo’ng’ir cho’l; b) cho’l taqir tuproqlari, taqirlar; d) sho’rxoklar; e) qayir (allyuvial)
M iqdorli rang (fon) usuli. Bu usul bilan kartada tasvirlanayotgan hudud chegarasida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni u yoki bu ma’lum bir miqdor ko’rsatkichi bo’yicha qismlarga bo’lish va ularning har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash yoki to’ldirish yo’li bilan o’sha hodisaning miqdor farqlari tasvirlanadi. Hududni qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan hodisaning miqdor ko’rsatkichlari bilan uzviy
11-rasm. Miqdorli (fon) rang usuli. Relefning parchalanish chuqurligi, m hisobida, daryolar o’zaniga nisbatan balandliklar.
og’langan bo’ladi. Ushbu qismlar orasidagi chegaralar aks ettirilayotgan voqea va hodisalar bilan uzviy bog’langan belgilar bo’yicha o’tkaziladi va har bir qism uchun u yoki bu raqamli ma’lumotlar bo’yicha aks ettirilayotgan hodisaning miqdor tavsifi ko’rsatiladi (11-rasm).
Shuningdek, bu usul daryo suvlarining oqim modullarini, tuproqlardagi harakatchan azot, fosfor, kaliy elementlari shakklarini va miqdorlarini tavsiflovchi kartalarda ham qo’llaniladi. Bu usulda tuzilgan karta sifatli rang (fon) usulidagiga o‘xshaydi, lekin shkala pog‘onalari rangining qalinligi yoki shtrixovka kuchli zichligi ko‘rsatkichlarning miqdor o'sishini aks ettiradi. Kartani jihozlashda boshqa usullarni ham qo‘llash mumkin, masalan, miqdorli ko'rsatkichlami diagrammali belgilar bilan mos uchastkalarning chegarasida joylashtirish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |