Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari
Download 0.62 Mb.
|
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilar usuli.
3-rasm. Belgilarni bir-biridan farqlash:
a — shakli bo’yicha; b — katta-kichikligi bo’yicha; d — orientirovkasi bo’yicha; e — rangining och-to’qligi (tiniqligi) bo’yicha; f — ichki tuzilishi bo’yicha. 4-rasm. Chiziqli belgilarni bir-biridan farqlash: a — kengligi bo’yicha; b — shakli bo’yicha; d — rangi bo’yicha. 5-rasm. Maydonli belgilarni bir-biridan farqlash: a — rangining och-to’qligi (tiniqligi) bo’yicha; b — strukturasi bo’yicha; d — to’ldiradigan belgilar rasmi bo’yicha; e — shtrixovkalarining orientirovkasi bo’yicha. Asosiy kartografik usullar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: belgilar, chiziqli belgilar, izoliniyalar (teng chiziqlar), sifatli va miqdorli ranglar (fonlar), joylashtirgan diagrammalar, nuqtalar, areallar, harakatdagi belgilar (vektorlar), kartodiagrammalar va kartogrammalar. Kartalardagi yozuvlar ham kartografik belgilar rolini bajarishi mumkin. Belgilar usuli. Alohida tasvirlash usuli sifatida odatda karta masshtabida ifodalanmaydigan obektlar o’rnatilgan joyini ko’rsatish uchun va umuman aniq punktlarga joylashgan hodisalarni tasvirlab berish uchun qo’llaniladi (6-rasm). Masalan, topografik kartalarda belgilar bilan joydagi predmetlar, kilometr va yo’l ko’rsatkichlari, yakka o’sgan orientir ahamiyatiga ega bo’lgan daraxtlar, radiomachtalar va boshqalar. Mayda masshtabli mavzuli va umumgeografik kartalarda belgilar obektlarning o’rnashgan joyini va turini ko’rsatishdan tashqari ko’pincha boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan, obektning miqdor ko’rsatkichlarini (katta-kichikligini), ahamiyatini, uning vaqt mobaynida o’zgarishini va hokazolarni tavsiflaydi (6-rasm). Aholi punkti belgisi shu punktdagi aholi joylanish tipini (shahar, shaharcha, qishloq), aholi sonini, shuningdek ushbu punktni ma’muriy ahamiyatini ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, belgilarni sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarini, foydali qazilma konlarini tasvirlash uchun ham qo’llaniladi. O’zining shakliga ko’ra ular uchta turga — geometrik, harfli va ko’rgazmali belgilarga bo’linadi. Geometrik belgilar aylana (doira), kvadrat, uchburchak, romb, to’rtburchak va boshqa shu kabi geometrik shakllarga ega bo’ladi (6-rasm, 1). Ular kartalarda chizish uchun qulay, oddiy, legenda bo’yicha yaxshi tanib olinadi, nisbatan kam joyni egallaydi, obektlarning joylashgan o’rnini aniq ko’rsatadi, o’lchami bo’yicha oson taqqoslanadi. Elementar geometrik shakllarning soni unchalik ko’p emas, lekin belgilar uchun har xil ranglardan foydalanib va ularning ichki tuzilishini o’zgartirib ularni sonini ko’paytirish mumkin (43-rasm). Harfli belgilar — bu tasvirlanayotgan obekt yoki hodisalarning nomini bitta yoki ikkita boshlang’ich harflari yoki kimyoviy belgilaridir (6-rasm, 2). Masalan, temir (Fe) va fosfor (P) rudalari uchun va boshqalar. Harfli belgilarni qo’llash nisbatan chegaralangan, chunki ular obektlarning joylashgan o’rnini aniq ko’rsatmaydi, kartani har xil harflar bilan to’ldirib yuboradi, o’lchami bo’yicha yomon taqqoslanadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling