Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari


Ranglarning to’qligi va issiqligini oshirib borish”


Download 0.62 Mb.
bet14/14
Sana02.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1739544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI

Ranglarning to’qligi va issiqligini oshirib borish” shkalalari - ularda yashil, sariq, to’q sariq, qizil kabi ketma-ketlikda ranglar shkalaga tanlanadi. Bunda tog’lar rangi yarqirab ko’zga tashlanib turadi, tekislik esa ozroq xira ko’rinadi, bu bilan balandlik pog’onalari yaxshi farqlanadi va relef nufuzliligi ta’minlanadi. Bunday shkalalar ko’plab gipsometrik kartalarni tuzishda ishlatilgan.

Batimetrik shkalalar - bu shkalalarning turlari unchalik ko’p emas, ular sayoz joylarning och ko’k rangidan chuqur joylarning to’q ko’k rangi bo’yicha jihozlanadi. Bir xil rangli shkalalar 5-6 ta, ko’p ranglisi esa 16 tagacha pog’onaga ega bo’lishi mumkin. Odatda Yer usti va dengiz osti relefi pog’onalari bitta shkalaga birlashtirilib, kartalarda keltiriladi. Gipsometrik usulda tasvirlangan relefni o’qish uchun karta legendasida berilgan chuqurlik va balandliklar shkalasidan foydalanish zarur. Bu shkala asosida kartadagi ikki nuqta orasining ko’ndalang kesimini (profilini) chizib, relefni yanada aniqroq va chuqurroq o’rganish mumkin.
Balandlik otmetkalari — nuqtaning yoniga yozib qo’yiladigan raqamlar bo’lib, ular nuqtaning mutloq va nisbiy balandliklarini yoki chuqurligini bildiradi. Odatda kartalarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan nuqtalar va xarakterli joylarning mutloq balandliklari (tog’larning cho’qqilari va cho’kmalar) beriladi.
Kartografiyaning avtomatlashishi hamma joy relefining raqamli modelini yaratishga va qo’llashga olib keladi.
Relefning raqamli modeli — bu biror bir to’r orqali X, Y koordinatalariga ega bo’lgan tugun nuqtalaridan olingan balandlik otmetkalari yig’indisi Z (fayli, massivi).
Relefning raqamli modelini tuzishning to’rtta usuli mavjud:

  • balandlik otmetkalarini doimiy to’r tarmoqlaridan olish - balandlik matritsalarini yaratish;

  • doimiy bo’lmagan, yoki tasodifiy joylashgan uchburchak tarmoqlaridan balandlik otmetkalarini to’plash - bu joyda o’tkazilgan plan olish natijalari;

  • kartadagi izoliniya chiziqlarini raqamlash natijasida olingan balandlik otmetkalari;

  • relefning tarkibli chiziqlari bilan gorizontallarning kesishgan joyidan olingan balandlik otmetkalari - masalan, suv ayirg’ich chiziqlarda relefning morfologiyasini aniq qayd qilish imkonini beradi.

Relefning raqamli modeli - kompyuterli kartalashtirishning asosidir. Ular relefni interpolyatsiya, ekstropolyatsiya va approksimatsiya metodlariga asosan gorizontallarda tiklash imkonini beradi. Relefning raqamli modeli asosida har xil morfometrik kartalar tuzish, yonbag’irlar ekspozitsiyasi, qiyaligi, relef qiymalanishi va ko’rinish zonalari, erozion tarmoqlar tasvirlanadi.
SAVOLLAR:
1. Kartografik tasvirlash usullariga tavsif bering?
2. Matnda berilgan topografik kartalarning masshtabsiz, chiziqli va maydonli shartli belgilarining tahlilini amalga oshiring?
3. Belgilar, izoliniyalar, sifatli rang, miqdorli rang, diagrammalar, nuqtalar, areallar, harakatdagi belgilar, kartodiagrammalar, kartogrammalar usullariga tavsif bering?
4. Rel’efni tasvirlash usullarini aniqlang?
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling