Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari
Download 0.62 Mb.
|
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududlar Kartalarning masshtabi
Gorizontallar. Perspektiv, shtrixlar va boshqa usullarda tasvirlangan relefni o’qish oson ko’rinsa-da, nisbiy balandliklarni to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun XIX asr oxirlariga kelib gorizontallar usulidan foydalanila boshlandi. Gorizontallar — bir xil balandlikli chiziqlardir. Ular dengiz tekis sathi yuzasiga qabul qilingan kesim balandligida relef kesmalarini proeksiyalashda qoldirgan iz kabi tasavvur etiladi. Gorizontallar hozirgi vaqtda topografik, umumgeografik, tabiiy va gipsomertik kartalarda relefni tasvirlovchi asosiy usul hisoblanadi. Gorizontallar yordamida kartalarning istalgan joyi balandligini aniqlash, joy relefining raqamli modelini tuzish va morfometrik ko’rsatkichlarini olish mumkin. Relefni tasvirlashda asosiy muammo gorizontallar oralig’ini tanlashdir. Topografik kartalarda maxsus qabul qilingan standartlardan foydalaniladi, u karta masshtabiga va tasvirlanayotgan hududga bog’liq bo’lib quyidagi jadvalda ko’rsatilgan (1-jadval).
1-jadval
Agar asosiy gorizontallar bilan relefning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish mumkin bo’lmasa, yarim gorizontallardan foydalaniladi. O’rta Osiyo hududidagi Qizilqum va Qoraqum cho’llarida relefni, ya’ni to’p-to’p, ko’chib yuruvchi va barxan qumlarni asosiy gorizontallarda tasvirlaganda, qum relefini to’liq ifodalab bo’lmaydi, shuning uchun yarim gorizontallardan foydalaniladi. Ba’zan relefni yanada aniqroq va to’laroq tasvirlash uchun yordamchi gorizontallardan ham ishlatiladi. Katta va har xil relefga ega bo’lgan hududlarni mayda masshtabli tabiiy va gipsometrik kartalarini tuzishda (pasttekislik, tekislik va baland tog’liklar) har xil balandlikdagi gorizontallar ishlatilishi mumkin. Avval yaratilgan va o’sha davrlarda eng yuqori baholangan 1:2 500 000 masshtabli gipsometrik kartada quruqlik uchun qabul qilingan balandlik va pastlik shkalasida 0-300 gacha bo’lgan balandlikni tasvirlash uchun har 50 metrdan gorizontal o’tkazilgan. 300-600 metrgacha har 100 m dan, 600—750 metrgacha 150 metrdan, undan yuqori 4500 metrgacha 250 metrdan, 6000 metrgacha har 500 metrdan, undan balandlari 1000 metr balandlik shkalalari tanlangan. Gorizontallarning qiymatlarini tanlashda balandlik mintaqalarini hisobga olish kerak. Masalan, 200 m shkala pasttekislik chegarasi bo’lsa, 1000 m (ba’zan 750 m) esa baland tekislik chegarasi, 2000 m, gorizontal esa tog’ va baland tog’ shkalasi deb qabul qilingan. Geografik kartalarda dengiz va okeanlarning suv osti relefi ham ko’rsatiladi, ularni izobatalar deb yuritilib, mayda masshtabli gipsometrik kartalarda tasvirlanadi va chuqurliklar shkalasi har xil bo’ladi. Masalan, shelf zonasi (200 m gacha) — 50 m dan, kontinental chuqurlik (2500 m gacha) 100 va 250 m dan, chuqur tekisliklar va cho’kmalar 500 m va 1000 m dan o’tkaziladi. Gorizontallar bilan ifodalab bo’lmaydigan relef shakllari va elementlari uchun shartli belgilar qo’llaniladi. Bu yer yuzasining bir tekisda o’zgarishi buzilishidan dalolat beradi, masalan, jarliklar, cho’qqilar, chuqur daralar, suv o’yib ketgan joylar va boshqa relefning tabiiy shakllarida tasvirlanishi mumkin. Bunday vaqtda gorizontallar bilan to’g’ri keladigan jigar rangli shartli belgilar ishlatiladi. Relefning suniy shakllarini tasvirlash zarur bo’lganda, masalan, kar’erlar, tuproq uyumlari, oqava ariqlar, terrikonlar va boshqalar uchun belgilarning qora rang ishlatiladi. Geomorfologik kartalarda relef shakllarini tasvirlashda areallar belgilaridan foydalaniladi. Shu yo’l bilan karstli g’orlar, tuzli tepaliklar, poligonal relef, barxanli va to’p-to’p qumliklar tizmasi va boshqa relef shakllari tasvirlanadi. Yer usti va okean osti relefining tarkibini tasvirlash asosiy mazmuni hisoblangan orografik kartalarda chiziqli belgilar cho’qqilarni, o’yiq va chuqur joylarni, havzalarni, daralarni tasvirlashda keng qo’llaniladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling