Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari


Download 0.62 Mb.
bet8/14
Sana02.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1739544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI

A reallar usuli. Bu usul kartografiyada keng ishlatiladi (lotincha “area” - maydon, makon, hudud degan ma’noni anglatadi). Areallar usuli bilan tuzilgan kartalar ham umumgeografik va mavzuli kartalardir. Topografik va mavzuli kartalarda o’rmonzorlar, ekinzorlar, qum bosgan yerlarni tasvirlashda areallar usuli ko’p ishlatiladi. Areallar usuli ko’proq maydon va makon bilan bog’liq bo’lganligi uchun ko’proq o’simlik (geobotanik), zoogeografik, landshaft, geomorfologik va tarixiy kartalar (masalan, g’o’za ekiladigan areal)ni tuzishda ishlatiladi (50-rasm). Bu usulda ko’rsatilgan voqea va hodisalarni ikki xil rangda yoki chiziqda berish bilan mazmunini boyitish mumkin. Masalan, O’zbekistonda paxta ekiladigan paxta naviga qarab ingichka va oddiy tolali paxta ekiladigan hududlarga ajratish mumkin. Ba’zan areallar usuli


14-rasm. Areallarni kartada tasvirlashning
grafik usullari.

belgilar usuliga o’xshab ketadi, ammo ular bir-biridan o’zining xususiyati bilan farq qiladi. Areallar usulida miqdor ko’rsatgichlar berilmaydi, bazan sifatli rang usuli va teng chiziqlar usuli bilan tuzilgan kartalar areallariga o’xshab ketib, ularni farq qilish juda qiyin. Ayrim hollarda areal ichiga miqdor ko’rsatgich berilishi ham mumkin, bu holatda bu boshqa usulga aylanib qolmaydi.


Harakatdagi belgilar usuli. Harakatdagi belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida kartalarda har xil: tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalarga tegishli fazoviy o’rin almashinishlarni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan, dengiz va okean oqimlari, qushlarning ko’chib yurishi, sayohatlarning marshruti, aholi migratsiyalari, yuk tashishlar va boshqalar (15-rasm). Ko’pincha ulardan harbiy operatsiyalarning rejasi va borishini ko’rgazmali qilib tasvirlash uchun ham foydalaniladi.






Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling