4-kurs 719-guruh 8-simestir Fan oqituvchisi Tuzuvchi: D. Suvonov


Download 392.21 Kb.
bet1/17
Sana30.04.2023
Hajmi392.21 Kb.
#1405565
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

Ozbek adabiyoti fanidan Mustaqil ish




4-kurs 719-guruh
8-simestir

Fan oqituvchisi
Tuzuvchi: D. Suvonov

2022-2023 yil oquv yili


Abdulla Qodiriy (1894–1938) hayoti va ijodi
Nomus, insof va haq go‘ylik Abdulla Qodiriy hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun Qodiriyning qalamidan asrlar mobaynida eskir- maydigan asarlar dunyoga keldi. 1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va madrasalarida muntazam o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da, ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi. 1917-yilgi to‘ntarishlargacha o‘ziga to‘q xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan: prikazchik (yugurdak- lik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan.
Adibning ilk ijodi 1913–1914 yillarda boshlangan, dastlab u shoir sifatida qalam tebratgan. Uning “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Toʻy”, “Fikr aylagʻil” kabi sheʼrlari “Sadoi Turkiston” gazetasi va “Oina” jurnalida (1914–1915) bosilgan. A. Qodiriy mazkur sheʼrlarida millatdoshlarini jaholat va xurofotga qarshi kurashga chaqirib, maʼrifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan. Bu yillarda u “Baxtsiz kuyov”, “Hech kim bilmasin” (1915) kabi sahna asarlarini ham yozgan. Uning “Juvonboz”, “Uloqda” (1916) kabi hikoyalarida oʻz xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod koʻrish istagi sezilib turadi.
Adib dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida eʼlon qilgan. Shu taxalluslardan biri va xalq oʻrtasida mashhur boʻlgani Julqunboydir. 1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib Jurnalistlar institutida tahsil oldi. Moskvadan qaytib, “Mushtum” jurnalida shtatsiz muxbir boʻlib ishlay boshladi. Uning “Toshpoʻlat tajang nima deydi?” va “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” turkumidagi hajviy hikoyalari shu jurnalda ilk bor bosildi.
Abdulla Qodiriy Amir Umarxon davri va Namoz oʻgʻri haqida romanlar yaratish orzusida boʻlgan. Ammo mustabid tuzum bu orzularining toʻla roʻyobga chiqishiga imkon bermadi. Abdulla Qodiriy 1926 yilda “Mushtum”da bosilgan “Yigʻindi gaplar” maqolasi tufayli qisqa muddat qamaladi. 1937 yilning 31 dekabrida esa “xalq dushmani” sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otib tashlanadi.
Oʻtkan kunlar romani haqida:

Download 392.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling