4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet1/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)


4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi.
Reja:
1. Billaterial simmetriyali hayvonlarning umumiy tavsifi.
2. Billaterial simmetriya-yangi imkoniyatlar. Sefalizatsiya-maqsadli qidirish imkoniyati va muskulatura-taqib qilish imkoniyati.
3. Kompartmentalizastiya-fiziologik regulyastiya va ixtisoslashish.
4. Ichki transport, gaz almashinuvi, nafas olish pigmentlari va ko’payish va rivojlanish.
5. Billateriyalar filogeniyasi.
Tayanch so’zlar: Billaterial simmetriyali hayvonlar, sefalizatsiya, muskulatura, ichki transport, gaz almashinuvi, nafas olish pigmentlari va ko’payish va rivojlanish.
Billaterial simmetriyali hayvonlarning umumiy tavsifi.
Yer yuzidagi aksariyat hayvonlar, shu bilan bir qator tanish hayvonlar ikki tomonlama simmetrik organizmlardir. Billateria o’z ichiga yassi chuvalchanglar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, hashoratlar, ignatanlilar va xordalilarni oluvchi ulkan taksondir. Ushbu ro’yxatda ikki tomonlama simmetrik organizmlarning faqat ozgina taksoni yoki asosiy taksonlarning nomi keltirilgan. Gubkalar, knidariyalar va taroqsimonlardan farqli ravishda billateriyalarning xilma-xilligi va tashqi muhitning turli xil sharoitlariga moslasha olish qobiliyati qiyoslab bo’lmaydigan darajadadir. Ushbu taksonga hayvonlar barcha turlarining 99 % to’g’ri keladi. Ular dengiz va chuchuk suvlarda, quruqlikda va osmonda keng tarqalgan va gullab yashnamoqdalar. Yaqindagina esa ularning bir turi - Homosapiens kosmos sarxadlariga chiqdi. Voyaga yetgan billateriyalarning o’lchamlari oralig’i juda ulkan: eng kichik vakillarniki 100 mkm dan (katta bir hujayralilar bilan solishtirarli darajada), eng yirik vakillariniki esa 15 m gacha yetadi (gigant kalmarlar), ba’zida esa 30 m dan ortib ketadi (ko’k kitlar). Barchamizga ma’lumki, mikroskopik formalar juda oddiy tuzilgan (ulardan ba’zilari o’z evolyutsion rivojlanish jarayonini to’qimalar organizatsiyasi darajasida to’xtatgan), ammo ko’pchilik yirik organizmlarda nafaqat ko’plab organlar bor, balki murakkab organ sistemalari mavjud. Tana o’lchamlarining katta oralig’i va murrakab tuzilishning yuqori darajasi ham yakka individ, ham kolonial formalar uchun birdek xosdir. Kolonial formalarda tuzilishning murakkablashishi zooidlarning polimorfizmiga asoslanadi. Ijtimoiy fe’l-atvor faqat billateriyalar uchun xos bo’lib, u hashoratlar va umumrtqalilarda mustaqil paydo bo’lgan va qaysidir ma’noda evolyutsion yutuqlarga olib kelgan. Insonlarda o’rnashib qolgan ijtimoy birlashish potentsiali 10 000 yillar avval, odamlar qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanishni boshlaganda talab paydo bo’ldi va shunday qilib hayvonlar va o’simliklar bilan simbioz munosabatga kirishish boshlandi. Shu tarzda taraqqiyot paydo bo’ldi.
Ushbu bobning maqsadi evolyutsion tendensiya va korrelyatsiyaning ma’lum faktlarni birlashtirish va uning asosida billateriyalar biologik radiatsiyasi yutuqlarini tushuntirib bera oladigan qator printsiplarni tuzishdan iboratdir. Hayvonlarning anatomiyasi va fiziologiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar yetarlicha vaqt sinovidan o’tgani bilan tuzilish va organ funksiyalarini jiddiy korrelyatsion analiz qilish kerak. Yuqorida aytilganlar bizning evolyutsion to’g’risidagi bilimlarimizga ham taalluqlidir. Bu sohalarda mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish borasida ilk urinishlar olib borilmoqda. Asosan gap gipotezalar va ularga mutaxxasislar,olimlar va studentlarning tanqidiy yondashish kerak. Ushbu bobda asosiy diqqat billateriyalarni bunday yutuqli evolyutsion rivojlanishining eng muhim muqaddimalariga qaratiladi. Shu nuqtai nazardan biz ikki tomonlama simmetriyaning tabiati va funktsional ahamiyati, kuchli rivojlangan nerv va muskul sistemalari ahamiyati va lokomotsiya qilishni yuksalishini, tana o’lchamlari va uning funksional tuzilishi o’rtasidagi munosabat, ontogenezda billateriyalarning tana tuzilishini shakllanishi va bilateriyalar taksoni filogeniyasini ko’rib chiqamiz.
Billateral simmetrik hayvonlarni bitta vertikal tekislik ular tanasini ikkita ko’zgu aksli ikkita qismlarga ajratadi. Tana ikki perpendikulyar o’q old orqa (bosh-dum) va dorsoventral (elka-qorin) bo’yicha qutblangan. “Old” iborasi tanani bosh bilan tugagan qismiga, “orqa” iborasi dum qismi, “dorsal” iborasi tana yuqori tekisligi, “ventral” iborasi tana pastki tekisligiga aytiladi. Tananing o’ng va chap qismlarga bo’luvchi har qanday tekislikka sagital tekislik deyiladi. Sagital tekislik tana o’rtasida o’tganda bu ekislik midsagittal tekislik deb nomlanadi. Proksimal-distal yo’nalish bu-midsagittal tekislikdan tana chetlariga qaragan yo’nalishlardir. O’rta tekislik- tanani teng ko’zgu aksli ikkita qismlarga bo’luvchi yagona tekislik. “Laterial” iborasi tananin o’ng yoki chap tomonlariga nisbatan ishlatiladi. Tanani uzun o’qqa ko’ndalang kesuvchi tekislik bu ko’ndalang kesma tekisligi bo’lib, agar tana dorsal va ventral qismlarga ajratilsa kesma frontal tekislik bo’yicha o’tadi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling