4-mavzu: Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga taʻsiri. Yoshlarda Ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati


Download 91.97 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi91.97 Kb.
#1026770
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
глобаллашув жараён




4-mavzu: Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga taʻsiri. Yoshlarda Ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati

Reja:
1. Globallashuv jarayonining yoshlar ma’naviy salohiyatiga salbiy ta’siri.
2. Ommaviy madaniyat niqobi ostidagi buzg‘unchilik.
3. Diniy ekstremizm va terrorizm ma'naviy tahdidlarning bir turi sifatida.
4. Missionerlik va prozelitizm faoliyatining salbiy oqibatlari.
5. Internet ijtimoiy tarmoqlarida sog‘lom e’tiqodga tahdid

Tayanch tushunchalar:globallashuv, globalistlar, aksilglobalistlar, Internet, ommaviy madaniyat, tahdid, diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik, prozelitizm.
Mavzuning qisqacha mazmuni:Globallashuv – bu, avvalo, hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni boʻlgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi davrda uning g‘oyat oʻtkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda koʻrish, his etish mumkin. Bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishiga, tabiiyki, globallashuv tufayli erishilmoqda. Ushbu mavzuda globallashuv jarayonining ijobiy ta’siri bilan bir qatorda uning yoshlar tarbiyasiga salbiy oqibatlari haqida fikr yuritiladi.
Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari
“Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat oʻquv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat oʻrab – chirmab, uni oʻqima, buni koʻrma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan oʻrab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham toʻg‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini oʻz oldimizga qat’iy maqsad qilib qoʻyganmiz va bu yoʻldan hech qachon qaytmaymiz”1.

Globallashuv – bu turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog‘ iqlikning kuchayishidir.


Globallashuv jarayonining asosiy quroli sifatida esa biz Internet tarmoqlari, ommaviy axborot vositalarini koʻrsatishimiz mumkin.
Globallashuv asrida axborotga boʻlgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Har qanday demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallari muhim ahamiyat kasb etadi. Butun jahonda boʻlayotgan olamshumul oʻzgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi yangiliklar, shu jumladan, turli xil ixtirolar ommaviy axborot vositalari orqali namoyon boʻlmoqda. Bugungi kun yoshlari ana shu ma’lumotlar bilan dunyoning istalgan burchagida tanishish imkoniyatiga ega. Ular boshqa davlatlar iqtisodi, madaniyat va ma’naviyati, ilg‘or tajribalarini oʻrganib hayotga tatbiq etmoqda.
Jahon xalqlarining milliy–madaniy merosi bilan tanishish orqali yoshlarda zarur hayotiy xulosalar shakllanmoqda.
Globallashuv jarayoni bugungi kunda keng rivojlanib borayotgan Internet tarmog‘i bilan uzviy bog‘liqdir. Internet tarmog‘i orqali yoshlar oʻzlariga kerak boʻlgan ma’lumotlarni oson va tez topishlari bilim va koʻnikmalarini oshirishlari mumkin. Globallashuv davrida axborotga boʻlgan talab yuqoriligi bois, inson oʻziga kerakli boʻlgan turli xil ma’lumotlarni olmoqda. Bundan tashqari yoshlar bu tizim orqali turli onlayn testlar topshirib, bilimlarini sinovdan oʻtkazishlari yoki chet el oliygohlarida ta’lim olishlari mumkin.
Turli xil adabiyotlarda globallashuvning salbiy jihatlari, uning yoshlar tarbiyasiga salbiy oqibatlari haqida soʻz yuritiladi. Uning “Ommaviy madaniyat”, “Missionerlik”, “Kashandalik” va yana bir necha koʻrinishlari haqida turli fikr va mulohazalar yuritiladi. Shu sababdan, koʻpchilik globallashuv atamasini eshitishi bilanoq, uning faqatgina salbiy oqibatlarini koʻz oldiga keltiradi. Ammo tarozining ikki pallasi boʻlgani kabi globallashuvning ham salbiy jihatlari qatorida ijobiy ta’siri ham mavjud. Muammo shundaki, uning ijobiy ta’sirini koʻrish uchun yoshlar orasida ma’naviy va madaniy dunyoqarashni oʻstirish, turli xil zamonaviy vositalardan, shu jumladan, Internet tarmoqlari, ommaviy axborot vositalaridan toʻg‘ri va oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish, ular ongida g‘oyaviy boʻshliqni yuzaga kelishining oldini olish muhim sanaladi.
Globallashuv yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ma’lumotlarni idrok etish va muammolarni mustaqil yechish qobiliyatini oʻstiradi. Ular dunyoda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan doimiy ravishda tanishish va xabardor boʻlish orqali mavjud ahvolni tahlil qila olishadi, zarur xulosani chiqarishadi. Bu esa oʻz navbatida ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Bu ham globallashuvning eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi. Masalan, kompyuter va Internetni yaxshi oʻzlashtirgan bolalar oʻz qobiliyati va imkoniyatlarini ulardan foydalanishni bilmaydigan tengqurlariga qaraganda koʻproq rivojlantira oladilar. Shuningdek, oʻz oldilariga muayyan maqsadlarni qoʻya biladilar hamda idroklarining yorqinligi, fahm-farosatlari bilan ajralib turadilar.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur oʻrganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qoʻyish bilan barobar boʻladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari amalga oshirayotgan tadqiqotlarga koʻz yugurtirish bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganiga guvohlik beradi.
Globallashuvga berilgan ta’riflar juda koʻp. Lekin fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. uning xususiyatini toʻlaroq qamrab oladi. Unda globallashuv jarayonining uch oʻlchovli ekaniga urg‘u beriladi:

  • Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;

  • Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;

  • Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.

B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv oʻlchovlarining har biriga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning uchalasi ham unda mavjud ekanini koʻramiz.
“Globalizatsiyaning barcha mamlakatlarga kirib kelishi, ularning oʻtish davridagi kuchsiz iqtisodiyotida tartibsiz burilish yasadi, bu yoshlarning turmush tarziga ham oʻz ta’sirini koʻrsatmay qolmadi. Biz bilamizki, erkin bozor iqtisodiy tizimi koʻpgina G‘arb va Sharq mamlakatlarida shakllanib ulgurdi va rivojlanish bosqichiga kirdi, ammo oʻtish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning G‘arbniki kabi koʻzga koʻrinarli rivojlanishi uchun ularning mavjud jamiyatdagi haligacha aniqlanmagan va yechimi topilmagan kamchiliklar xalaqit beradi”, – deydi Ken Robertson Aholining hayotidagi bunaqangi kamchiliklar va globalizatsiyaning ijtimoiy ahamiyati shu oʻrnida shakllanayotgan madaniyatga, mentalitetga ham ta’sir etadi. Globalizatsiya mamlakatdagi axoli orasida iqtisodiy jihatidan tabaqalanishni yuzaga chiqarish ehtimoli borligini hisobga olib individual manfaatlar oʻrnini jamoaviy manfaatlar egallashiga asosiy e’tiborni qaratish zarur boʻladi. Mashhur sotsio-peadagog Pyotr Kelli Avstraliyada yuqoridagi muammolarni ilmiy–analitik tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi gimnaziya va kasb hunar kollejiga asos soldi”2.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga oʻtkazishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi soʻzlarida teran ifodalangan: ”Men uyimning darvoza – eshiklarini doim mahkam berkitib oʻtira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul boʻlib, uyimni ag‘dar-toʻntar qilib tashlashi, oʻzimni esa yiqitib yuborishini istamayman”.

Download 91.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling