5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari 1.Sudlar tomonidan uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha da’vo ishlarini yuritish tartibi. 2. Sudlar uy-joy bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda ularni xususiy yoki davlat uy-joy fondiga tegishli ekanligi haqidagi huquqiy maqomini aniqlash tartibi. 3. Ulushli mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda mulkdorlar o‘zaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilish. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi. - O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi.
- Mazkur kodeks normalarini sud amaliyotida tatbiq qilish, uy-joylarga bog‘liq nizolarni to‘g‘ri va adolatli hal etish hamda kelib chiqayotgan muammo va chigalliklarni bartaraf etish maqsadida tushuntirishlar berish zaruriyati paydo bo‘lganligini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qildi:
- 1. Uy-joy qonunchiligi normalariga rioya qilish fuqarolar, shuningdek, uy-joy fondini hisobga olish, saqlash, foydalanish va ta’mirlashni ta’minlash vakolati yuklatilgan davlat organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning uy-joyga bo‘lgan huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sudlar bunday toifadagi ishlarni hal etishda mas’uliyatni yanada oshirishlari, nizolarning qonuniy ko‘rilishini to‘liq ta’minlashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |