5 mavzu. Yozuv tamoyillari: fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy


Download 38.28 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1548428
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 mavzu Yozuv tamoyillari fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy


5 mavzu. Yozuv tamoyillari: fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy


Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. Matnni birinchi shaxs nomidan so‘zlab berish. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq: O‘zbek tili leksikasining eng qadimgi lug‘aviy birliklari – so‘zlari haqida ma’lumot tayyorlash.
Tayanch so‘z va iboralar: O‘z qatlam, umumturkiy so‘zlar, sof o‘zbek so‘zlari, turkiy-arab, o‘zbek- arab, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq, shevaga xos so‘zlar.


O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi turkiy urug‘ va qabilalardan o‘sib chiqqan, demak, uning tili ham shu urug‘ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g‘ullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o‘zbek- arab, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq, o‘zbek-qirg‘iz va o‘zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo‘lgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, hozirgi o‘zbek tilining lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam — o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘Iadi. Umuman olganda orfografiya adabiy tilning yozuv shakli bilan aloqador bo'lib, u to'g'ri yozish qoidalarini o'rganuvchi ta'limotdir. O'zbek imlosi va uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.

1. Morfologik yozuv. Bu tamoyilga ko'ra tildagi qo'shimchalar va morfemalar og'zaki nutqda aytilishga qarab emas, balki aslicha yoki qabul qilingan qoidalarning biriga ko'ra yoziladi.


Masalan: 1) oftob. shitob, kitob, aylab, gulob kabi bir qator so'zlar oxiridagi b undoshi p tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga mivofiq yoziladi;


obod, gulband, dilband, shod, xursand kabi so'zlar oxiridagid undoshni t sifatida aytilsa ham d yoziladi;
seshanba, shanba, chorshanba, aylanma, dumbul,sunbulkabi bir qator so'zlar seshammi, shammi, chorshammi, aylamma,dummul, summul aytilsa ham aslicha yoziladi;
uch, to'rt sonlariga- ala qo'shimchasi qo'shilganda uchala,to'rtala tarzida aytiladi; ammo asliga muvofiq ch va bir t bilanyoziladi. Misollar: maktabga, savod Orenburg kabilar.
Hozirgi o'zbek imlosida morfologik tamoyil asosiy va yetakchi hisoblanib, yozuvda muhim o'rin tutadi.

Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling