5 –sinf savol javob


Download 90.1 Kb.
bet1/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.


5 –sinf savol javob
1.Biologiya qanday fan va nimalarni tadqiq etadi?- hayot haqidagi ya`ni tiriklik haqidagi fan bo‘lib, u tabiatni o‘rganadi, o‘simlik va hayvonot dunyosini tadqiq etadi.
2.Abu Rayhon Beruniy qaysi asarni yozgan va u o`z asarida nimalar xaqida malumotlar bergan?- «Saydana» asarida o‘simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida ma’lumot bergan.
3.Abu Ali ibn Sino qaysi asarni yozgan va u o`z asarida nimalarni bayon etgan?- «Tib qonunlari» asarida ichki kasalliklar, jarrohlik, dori shunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etgan.
4.Zahiriddin Muhammad Bobur qaysi asarni yozgan va u o‘z asarida nimalarni yoritib bergan?- «Boburnoma» o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlarini yoritib bergan.
5.Tiriklik dunyosiga nimalar kiradi?: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi kiradi.
6.Biologiya atamasi qaysi so`zdan olingan bo`lib qanday ma`nolarni anglatadi?-yunoncha «bios» – hayot, «logos» – fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi.
7.O‘rganish obyektiga ko‘ra biologiya qanday sohalarga bo‘linadi va bu sohalar nimalarni o`rganadi?-: 1) botanika – o‘simliklar haqidagi fan; 2) zoologiya – hayvonlar haqidagi fan; 3) mikologiya – zamburug‘lar haqidagi fan;
4) mikrobiologiya – kichik jonzotlarni o‘rganuvchi fan; 5) sitologiya – hujayra haqidagi fan; 6) anatomiya – tirik organizmning ichki tuzilishini o‘rganadi; 7) sistematika – tirik organizmlarni o‘xshash belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘lib o‘rganuvchi fan; 8) fiziologiya – tirik organizmda boradigan jarayonlarni o‘rganadi; 9) genetika – irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi fan; 10) ekologiya – tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi.
8.Odam o`z organizmining ichki va tashqi tuzilishi, unda uchraydigan kasalliklarni bilish orqali nimaga amal qilishni o`rganishi mumkin?-sog‘lom turmush tarziga amal qilishni o‘rganish mumkin.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling