6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.10.2020
Hajmi1.19 Mb.
#138971
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu lotin1


6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. 

Reja: 

1.  Falsafada metod va metodologiya,metodika tushunchalari. 

2.  Falsafa  tarixida  rivojlanish  haqidagi  qarashlar  evolyusiyasi.Rivojlanish 

konsepsiyalari. 

3.   Shakllanish,o’zgarish va rivojlanish tushunchalari.Rivojlanishning tiplari.  

4.  Qonun tushunchasi.Qonunlarning turlari.Falsafaning asosiy qonunlari.  

5.  Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.Fan va falsafa kategoriyalarining 

tasnifi.  



 

Dialektika  so’zi  yunon  tilida  «suhbatlashuv  san’ati»,  «bahslashuv  san’ati» 

degan  ma’noni  bildiradi.  Turli  nuqtai-nazarlarni  izohlash,  o’z  fikri  to’g’riligini 

isbotlash  mahorati  Suqrot  va  Aflotunda  yaqqol  namoyon  bo’lgan.  Ularning 

ta’kidlashicha,  haqiqatning  qandaydir  yangi  narsa,  ya’ni  bahsning  boshlanishida 

bo’lmagan,  lekin  muhokama  jarayonida  paydo  bo’lgan  narsa  sifatida  tug’ilishiga 

muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.  

Lekin,  nima  uchun  insonning  ijodiy  tafakkuri  dialektikdir?  Borliqning 

ziddiyatliligi  borliq  haqidagi  fikrlarning  ziddiyatliligida  o’z  aksini  topadi. 

Borliqning  o’zi  doimo  o’zgarish  va  rivojlanishda  bo’lganligi  uchun  odamlar 

ko’pincha  shu  haqda  bahslashadilar.  Uzoq  vaqtgacha,  dunyo  o’zgarmasdir,  deb 

kelingan  edi.  Keyinchalik  uning  o’zgaruvchanligi  haqidagi  g’oya  paydo  bo’ldi. 



Geraklitning  bir  daryoga  ikki  marta  tushib  bo’lmaydi,  degan  so’zlarini  eslaylik. 

Xo’sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o’zgarmasdir, deganlarimi yoki, u 

o’zgaruvchandir,  deganlarimi?  Sog’lom  fikr  dunyoda  o’zgaruvchanlik  ham, 

barqarorlik  ham  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Lekin  ularning  ziddiyatli  birligini 

tushunchalar  tilida  aks  ettirish    oson  emas  ekan.  Harakatning  mohiyatini 

tushunishga  uringan  qadimgi  yunon  faylasufi  Zenon  (490-430  er.  avv.)  ana 

shunday  muammoga  duch  kelgan.  O’z  mantiqiy  muhokamalarining  yakunida  u 

to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshi xulosaga – harakat mumkin emas, degan xulosaga 

keladi.  Bu  mantiqiy  paradokslar  aporiyalar  deb  atala  boshladi.  Masalan, 

«Dixotomiya»  deb  atalgan  mashhur  aporiyani  qarab  chiqamiz.  Zenon  birorta 

predmet harakatini boshlang’ich nuqtasidan so’nggi nuqtasigacha qarab chiqadi. U 

quyidagi  tarzda  fikr  yuritadi:  harakatlanuvchi  predmet  dastlab  o’z  yo’lining 

yarmidan  o’tadi,  so’ngra  qolgan  yarmining  yarmidan  o’tadi  va  shu  tariqa  yo’lda 

cheksiz  davom  etaveradi.  Shuning  uchun  hamisha  yo’lning  predmet  o’ta 

olmaydigan  biron  bir  qismi  qolaveradi.  Zenon  shunga  asoslanib,  harakatdagi 

predmet  qanday  tezlik  bilan  harakatlanmasin  hech  qachon  so’nggi  nuqtaga  yeta 

olmaydi,  chunki,  yo’lning  o’tilgan  qismlari  uzunligining  har  qanday  yig’indisi 

hech  qachon  yo’lning  butun  uzunligiga  teng  bo’lolmaydi,  deb  o’ylagan.  Shuning 

uchun u harakat umuman mumkin emas, degan xulosaga keladi.  


Albatta,  Zenon  harakat  mumkin  emasligining  mantiqiy  isboti  bilan  uning 

mumkinligini hissiy idrok etish o’rtasidagi tafovutni ko’rgan. Shuni aytish kerakki, 

bugungi kunda ham bu ziddiyatni fan to’laligicha bartaraf eta olgan emas. Mazkur 

muammoning  hozirgi  zamon  tadqiqotlarida  (B.Rassel,  A.Gryunbaum)  bu 

dixotomiya  differensial  operasiyalar  va  integral  operasiyalar  qarama-qarshiligi  

asoslari to’g’risidagi muammo sifatida ta’riflanadi.  

Dialektika  elementlari  Qadimgi  Hindiston  va  Xitoy 

falsafasida ham mavjud bo’lgan. Masalan, daosizm falsafasiga  

ko’ra,    dunyoda    hech    narsa    doimiy    emas:  bir  xil  narsalar 

ketadi, boshqalari keladi, birlari ravnaq topadi, boshqalari zavol topadi. Hodisalar 

muayyan  yetuklik  darajasiga  yetkach,  o’z  ziddiga  aylanadi:  noto’la  to’laga,  egri 

to’g’riga, bo’sh narsa to’la narsaga aylanadi, eski yangi bilan almashadi.  

Falsafa  tarixida  Qadimgi  yunon  dialektikasini  alohida  aytib  o’tmoq  joiz. 

Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma 

narsa o’tkinchi, doimo paydo bo’lish va yo’q bo’lish jarayonida bo’ladi. Masalan, 

uning  fragmentlaridan  birida  bunday  deyiladi:  «Bizdagi  ayni  bir  narsa  –  jonli  va 

jonsiz,  uyg’oq  va  uxloq,  yosh  va  qari.  Axir,  bu  o’zgargan  o’shadir  va  aksincha, 

o’sha  o’zgargan  budir»

1

.    Dialektik  qarashlar  Arastuda  uning  modda  bilan  shakl  



o’rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o’tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan 

tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga 

aylanishi mumkin va hakozo. 

Dialektik g’oyalar o’rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, 

falsafa  teologiya  xizmatkoriga  aylantirilgan  G’arbiy  Yevropaga  qaraganda  Yaqin 

va O’rta Sharqda ko’proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar 

falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo’lsada, Dekart, 

Spinoza, Leybnis va boshqalarda dialektik g’oyalarni uchratish mumkin.  

Dialektika  nemis  klassik  falsafasi  doirasida  va  eng  avvalo  Xegel  falsafasida 

kuchli  rivojlandi.  Agar  antik  dialektika  aqliy  farazlarga  (masalan,  dunyoning 

o’zgaruvchanligi,  ziddiyatliligi  to’g’risidagi  g’oyalarga)  asoslangan  bo’lsa,  Xegel 

dialektikasi  asosan  o’z  zamonasining  ilmiy  yutuqlariga  tayandi  va  nazariy 

g’oyalarning mukammal tizimi sifatida gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning 

asosiy  tushunchalarini  –  uning  kategorial  apparatini  ta’riflab  berdi,  bu  apparat 

bugungi  kunda  ham  muvaffaqiyatli  amal  qilib  turibdi.  Xegel  dialektikasining 

asosiy  tushunchalari  va  qonunlari  tizimi  aloqalar, o’tishlar, o’zgarishlarning  turli-

tumanligini  va  umuman  rivojlanishni  jarayon  sifatida  aks  ettira  olar  edi.  Xegel 

birinchi bo’lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o’zgarishlarining 

bir-biriga  o’tishi  qonunini,  qarama-qarshiliklarning  birligi  va  kurashi  qonunini, 

inkorni-inkor  qonunini  ta’riflab  berdi.  Xegel  dialektikaning  asosiy  prinsiplarini: 

                                                           

1

 Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б. 



Диалектиканинг 

тарихий ривожи 

hodisalarning  universal  aloqasi  prinsipini,  qarama-qarshiliklar  birligi  prinsipini, 

dialektik  inkor  orqali  rivojlanish  prinsipini  dialektik  tafakkur  normasi  sifatida 

ta’riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo’shib, 

dialektik  materializm  nazariyasini  yaratdilar  va  uni  bilish  jarayonlariga,  tabiat  va 

ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar. 

Hozirgi  zamon  falsafasida  dialektika  falsafiy  bilimning  muhim  elementi 

sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g’oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional 



dialektika  va  messianlik  dialektikasi  kabi  bir  qator  yo’nalish-larni  ko’rsatish 

mumkin.  Eksistensial  dialektika  inson  «Men»ining  rivojlanish  qonuniyatini 

tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o’z ta’limotiga praktika tushunchasini 

asos  qilib  oladi  va  butun  dunyoga  sosiologiya  kategoriyalari  nuqtai-nazaridan 

qaraydi.  XX  asr  dialektik  falsafasining  ma’lum  yo’nalishlaridan  biri  mashhur 

Frankfurt 

maktabining 

namoyondalaridan 

biri 

T.Adornoning 



negativ 

dialektikasidir.  Bu  maktabning  asosiy  g’oyasiga  ko’ra,  rivojlanish  buzishdir, 

hammani va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga 

ko’ra,  qarama-qarshiliklar  kurashi,  miqdorning  sifatga  o’tishi,  turli  tizimlarning 

o’sishi  va  murakkablashuviga  emas,  balki  aksincha,  uning  parchalanishiga, 

o’lishiga  yo’nalgan.  Adorno  ijtimoiy  tizimlarning  rivojlanishiga  diqqatni  jalb 

qiladi  va  rivojlanishning  asosi  regressiv  ijtimoiy  o’zgarishlardir  (refleksiyaning 

o’lishi,  uning  stereotip  reaksiyalar,  fikrlash  shablonlari  bilan  almashinishi  va 

hakozolardir),  deb  biladi.  Jamiyatda  bu  ommaviy  madaniyatning  rivojlanishi  va 

yoyilishi,  insoniy  munosabatlarning  standartlashuvi,  o’ziga  xosliklarning 

yo’qotilishi  orqali  ifodalanadi.  «Negativ  dialektika»da  inkor  har  qanday 

tushunchalar  tizimidan  voz  kechish,  qandaydir  pozitiv  model  bo’lmagan 

utopiyaning  konkret  imkoniyatlarini  deb  har  qanday  dialektiklikni  inkor  etish 

sifatida ko’rinadi.  

Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning neorasionalizmi vujudga 

keladi.  U  bilish  jarayonida  rasionalizm  bilan  empirizmning  doimiy  (dialektik) 

o’zaro  ta’sirini  ko’rdi.  Bashlyar  noklassik  fan  tushunchasini  kiritdi.  Unga  xos 

narsa,  qandaydir  uzil-kesil  haqiqatlardan  voz  kechish,  ochiqlik  (eksperimental 

raddiyaga  tayyorlik),  yangi  empirik  ma’lumotlarni  tushunarli  umumlashtirishga 

sintezlashtiruvchi  layoqat,  bilimning  turli  shakllari,  tuzilmalari  va  sohalari 

o’rtasidagi  yangi  aloqalarni  topishdir.  Biologik  tadqiqotlar  sohasida  –  bu 

Aleksanderning  emerjent  dialektikasi  hamda  R.J.Kollingvud  asarlarida  o’z 

ifodasini topgan tarixiy bilish dialektikasidir.  

Bilishning  metodologik  tamoyillari  –  bu  har  bir  falsafiy  nazariyaning  eng 

umumiy,  tizimiy  elementlaridir.  Bir  tomondan,  bunday  tamoyillar  tizimining 

shakllanishi  bu  falsafiy  tafakkurning  yuqori  darajada  rivojlanganligining  

ko’rsatkichidir.  Chunki  bunday  tizim  tarkibida  falsafa  va  fan  taraqqiyotida 


yaratilgan  bilimlar    yig’iladi  va  sintez  qilinadi.  Ikkinchi  tomondan  falsafiy 

nazariyaning  kvintessensiyasini,  mohiyatini  va  eng  asosiy  mazmunini  tashkil 

qiluvchi metodologik tamoyillar tizimi falsafa kelgusi rivojining sermaxsul quroli 

va  vositasi  bo’lib  hizmat  qiladi.  Falsafiy  ta’limotning    metodologik  tamoyillar 

tizimi  uning  yalpi  boyligi  va  evristik  ahamiyatini  eng  kuchli,  sintetik  va 

umumlashgan tarzda ifoda etadi.  

Turli    falsafiy  tizimlar  turli  falsafiy  metodologik  tamoyillarga  asoslanadi.  Biz 

dialektik  falsafaning  metodologik  tamoyillarini  bayon  qilishga  harakat  qilamiz. 

Dialektik  falsafada  metodologik  tamoyillar  elementlari  o’zaro  bog’langan  va 

o’zaro ta’sir qiluvchi birbutun izchil tizimni tashkil qiladi.  Bu tamoyillar mazmuni 

o’zgarmas,  qotib  qolgan  emas  va  falsafa,  fan,  amaliyot  yutuqlari  asosida 

yangilanib, boyitilib va konkretlashtirib boriladi.  

Asrlar  mobaynida  insoniyat  ongida  rivojlanish  g’oyasi 

shakllanib  kelgandir.  Dastlab    bu  g’oya    bir    hodisaning 

vujudgakelishi  va  boshqasiga  aylanishi  haqidagi  tasavvur  shaklida  uyg’ongan. 

Bunday  aylanishni  esa  yopiq  doira  shaklida,  ya’ni  bir  narsaning  qayta  ana  shu 

narsaning  o’ziga  aylanishi  tarzida  tushunishgan.  Masalan,  qadimgi  yunonlar 

dunyoda  hamma  narsa  takrorlanadi  va  aylanib-aylanib  ma’lum  muddat  o’tgach 

«o’zining dastlabki doirasiga»  qaytib keladi, deb hisoblashgan.  Dunyo  mangu va 

yaratilmagan,  u  muayyan  siklda  takrorlanuvchan  xilqatdir.  Geraklit:  «Dunyo 

yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo’lgan, 

bor,  bo’ladi  va  u  mangu  alangalanib  va  so’nib  turuvchi  olovdan  iboratdir»-  deb 

xitob qilgan edi. 

Davriylik  g’oyasiga  qarama-qarshi  ravishda  o’rta  asrlarda  vaqtning    o’z 

yo’nalishiga  egaligi,  orqaga  qaytmasligi  haqidagi  g’oya  paydo  bo’ldi.  Xristian 

falsafasida  inson  tarixining  tug’ilishidan  o’limiga  tomon  yo’nalganligi  haqidagi 

g’oya shakllandi. Avreliy Avgustin odamning tug’ilishini tarixning boshlanishiga, 

uning  o’limini  esa  -  qiyomat  kuni  bilan  taqqoslagan.  Islom  falsafasida  vaqtning 

manguligi,  uning  azaliyligi  va  abadiyligi  majmuasidan  iboratligi,  xudoning 

manguligi va azaliyligi, odamning yaratilganligi va o’tkinchiligi, ruhning odamga 

berilganligi va abadiyligi haqidagi g’oyalar vujudga keldi. Bu fikrlar rivojlanishini 

o’tmishdan  kelajakka  qarab  yo’nalgan  jarayon  sifatida  tushunishga  turtki  bergan 

muhim g’oyalardir. 

Falsafa  tarixida  rivojlanish    haqidagi  fikrlarni  xayolimizda  qayta  tiklasak 

Koinotning  rivojlanishiga  berilgan  birinchi  turtki  haqidagi  R.  Dekart  g’oyasi, 

fransuz  mutafakkirlari  Volter  va  Russo  tarixiy  taraqqiyotni  jamiyatdagi 

revolyusion  o’zgarishlar  orqali  izohlashga  urinishgan.  Xudo  amri  bilan  olamda 

ro’y beruvchi to’xtovsiz rivojlanishlar mohiyati borasida Sharq falsafasida Mirzo 

Bedil ta’limotida, rivojlanishning manbai, mexanizmi va yo’nalishi haqidagi nemis 

Ривожланиш 

принципи 


klassik  falsafasi  namoyondalari  I.  Kant  va  G.  Xegel  dialektikasida  qimmatli 

g’oyalar mavjuddir. Rivojlanishning yaxlit konsepsiyasi, eng avvalo insoniyatning 

tarixiy  rivojlanishi  haqidagi  mumtoz  fikrlar    obyektiv  idealizm  nuqtai  nazaridan 

turib Xegel falsafasida ilgari surilgan edi. 

Materialistik dialektika nuqtai nazaricha, butun moddiy dunyo, barcha moddiy 

va  ma’naviy  obyektlar  paydo  bo’lish,  gullab-yashnash  va  yo’qolish  bosqichlarini 

boshidan  o’tkazadi,  ya’ni    ular  beto’xtov  rivojlanish  holatidadir.  Rivojlanish 

jarayonining  zamirida  harakat  va  o’zgarish  yotadi.  Harakat  –  bu  ham  bir 

o’zgarishdir.  Agar  harakatni  umuman  o’zgarish,  ya’ni  har  qanday  o’zgarish 

ma’nosida  tushunsak,  rivojlanish  alohida  shakldagi  o’zgarishdir.  Rivojlanish 

jarayonida obyektni tashkil etuvchi barcha elementlar o’zgarishga uchraydi. Lekin, 

bu  elementlar  bir-biriga  asoslangan    va  bir-biriga  aloqador  holda,  kompleks  va 

yahlit holda o’zgaradi. 

Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o’zgarishi natijasida bir miqdoriy 

va sifatiy holatdan boshqa o’zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o’tadi. Shu tariqa 

o’zgarish  sistemaning  yaxlit  o’zgarib  ketishiga  (boshqa  sistemaga  aylanishiga) 

sababchi bo’ladi, ya’ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu 

jarayonni  vaqtning  oqishi  nuqtai  nazaridan  izohlasak,  quyidagi  fikrga  kelamiz: 

hozirgi  zamon  o’tgan  zamonning  aylangan  holati,  va  kelgusi  zamonning 

aylanadigan  holati,  kelajak  esa  hali  aylanishga  ulgurmagan  hozirgi  zamondir. 

Bundan,  siklik  aylangan  holat  rivojlanishning  natijasidir,  degan  xulosa  kelib 

chiqadi.  Sistemaning  aylanishi  o’zining  yo’nalishiga  egadir.  Sistema  paydo 

bo’lishda,  yangilanishda,  gullab-yashnashda,  ravnaq  topishda, qarish-chirishda  va 

halokat  holatida  bo’lishi  mumkin.  Bularning  hammasi  aylanish  oqibatida  sodir 

bo’ladi.  Aylanishlar  sistema  tashkiliy  holatini  murakkablashtirishi,  yoki  aksincha 

soddalashtirishi  mumkin.  Shunga  qarab  sistema  ravnaq  sari,  yoki  inqiroz  sari 

yo’naladi.  Bu  esa,  rivojlanish  –  yo’nalishga  ega  bo’lgan  o’zgarishdir,  degan 

xulosani beradi. 

Dunyoda  absolyut  izolyasiyalangan,  alohida  ajratilgan,  absolyut  yopiq 

sistemaning  o’zi  bo’lishi  mumkin  emasligidan  rivojlanayotgan  sistema,  u  bilan 

yonma-yon  yashayotgan  boshqa  qo’shni  sistemalar  bilan  o’zaro  aloqadorlikka 

kirishadi,  buning  oqibatida  u  ichki  va  tashqi  o’zgarishlarga  uchraydi.  Bu 

o’zgarishlar  mazkur  sistemaning  erkinlik  darajasining  (ichki  va  tashqi 

aloqalarning)  kuchayishiga  (progressiv  rivojlanishda)  yoki  susayishiga  (regressiv 

rivojlanishda)  olib  boradi.  Bunday  ichki  va  tashqi  aloqadorliklar  oqibatida 

rivojlanayotgan  sistema  har  tomonlama  o’zgarishga  uchraydi.  Bunday  xilma-xil 

o’zgarishlar  esa  orqaga  qaytmaslik  xususiyatiga  egadir.  Bundan,  rivojlanish  – 

orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa kelib chiqadi. 



Rivojlanish  jarayonida  sistemaning  yangi  holati  uning  ilgarigi  (eski)  holatini 

inkor  etish  natijasida  paydo  bo’ladi.  Rivojlanayotgan  sistemaning  hozirgi  holati 

uning o’tmishdagi holatini inkor etish evaziga vujudga keladi. Sistemaning ilgarigi 

va keyingi holatlarini taqqoslash natijasida biluvchi subyekt rivojlanishning sur’ati 

(tempi)ni  va  yo’nalishini  aniqlashi  mumkin.  Agar  rivojlanuvchi  sistema  nisbatan 

kam  tashkillashgan  holatdan  yuqoriroq  darajada  tashkillashgan  holatga  o’tgan 

bo’lsa,  bunday  sistemadagi  rivojlanish  progressiv  yo’nalishga  ega  bo’ladi,  agar 

sistema  nisbatan  yuqori  darajada  tashkillashgan  holatdan  pastroq  darajadagi 

tashkillashgan holatga  o’tsa, rivojlanish  regressiv  yo’nalishda  borayotgan bo’ladi. 

Agar  rivojlanish  natijasida  sistemaning  tashkillashgan  holati  o’zgarishsiz  qolsa, 

bunday  rivojlanish  bir  tekisdagi  rivojlanish  deyiladi.  Bunday  holatlarda 

sistemaning murakkablik va tashkillashish darajasi ilgarigidek qolgani bilan, uning 

elementlari  o’rtasidagi  va  uning  boshqa  sistemalar  orasidagi  o’rni  o’zgaradi, 

bunday  o’zgarishlar u  bilan  yonma-yon  yashayotgan  yoki unga  nisbatan  kengroq 

bo’lgan  boshqa  sistemalarda  progressiv    yoki  regressiv  rivojlanishlar  sodir 

bo’lishga zamin yaratadi. 

Rivojlanish  jarayonida  sistemadagi  o’zgarishlarning  bunday  xususiyatlardan 

kelib  chiqib  rivojlanishga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin:  Rivojlanish 



sistemaning  shunday  yaxlit,  kompleks,  yo’nalishga  ega  bo’lgan,  orqaga 

qaytmaydigan  fazo-vaqt  strukturasi  o’zgarishiki,  uning  natijasida  sistema  bir 

miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa miqdoriy va sifatiy holatga o’tadi

Bu prinsipga ko’ra, obyektni bilish davomida bizning shu 

obyekt  haqidagi  subyektiv  fikrlarimizga  emas,  balki  uning  

o’z    tabiatiga      asoslanmoq,    predmet  haqidagi    fikrni 

predmetning  o’ziga  bo’ysundirmoq,  obyektga  o’ylab  chiqarilgan  sxema  va 

tuzilmalarni  yopishtirmaslik,  balki  ularni  obyektining  xususiyatlari,  qirralari  va 

tomonlaridan  chiqarmoq  kerak.  Obyektni  tadqiq  etish  jarayonida  bu  o’ta  muhim 

metodologik  prinsipning  buzilishi  bizni  soxta  xulosalarga,  haqiqiy  ahvolning 

ixtiyoriy  yoki  g’ayriixtiyoriy  ravishda  buzib  ko’rsatilishiga  olib  keladi,  bu  xol 

amalda  obyektni  o’rganayotgan  subyektning  (odam,  kishilar  guruhi  yoki  butun 

jamiyatning) shu obyektni bilish va ijodiy o’zlashtirishiga to’sqinlik qiladi. 

Bilish  subyekti  shu  prinsipga  asoslanib,  obyektning  xususiyatlari,  o’ziga  xos 

alomatlari va aloqalarini, mavjud bo’lish va o’zgarish qonunlarini hisobga olmog’i 

kerak.  Faqat  shundagina  subyektga  tadqiqot  obyektining  botiniy  tabiati,  chin 

mohiyati namoyon bo’ladi. 

Obyektni har tomonlama chuqur qarab chiqmoq uchun uni 

mushohada  qilishning  o’zi  yetarli  emas.  Obyektning  bizga 

ma’lum    bo’lmagan    barcha    yangidan-yangi    xossalarini    ochish  uchun  unga 

faollik bilan,  muayyan  maqsadni ko’zlab ta’sir  ko’rsatmoq,  uni  o’z  tabiati uchun 

g’ayritabiiy bo’lgan turli, ko’pincha ekstremal sharoitga qo’ymoq, boshqa  omillar 

bilan o’zaro ta’sir o’tkazishga majbur etmoq zarur. 

Объективлик 

принципи 

Фаоллик 

принципи 


Bilishning  vazifasi  –  tashqini  ichkiga,  hodisani  mohiyatga  keltirishdan, 

obyektning xossalari va aloqalarini ichki sabablar bilan, shu obyektni tashkil etgan 

elementlarning o’zaro ta’siri bilan, unga xos qonunlar bilan izohlashdan iborat. 

Bu prinsip shuningdek o’qishga, ta’lim va tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir, 

u  bilimni  kishilarning  qat’iy  e’tiqodiga,  hayotiy  pozisiyasiga,  ularning  hayoti  va 

faoliyati prinsiplariga aylantirmog’i lozim. 

Olim,  ijodkor  shaxs  obyektning  xossalari  va  aloqalarini  o’rganishda  faol 

bo’lishi,  bir  qolipda  ish  ko’rmasligi,  obyektni  o’rganish  vaqtida  olgan  bilimi, 

ishonchli va haqiqiy axborotni amalda faol qo’llay bilishi zarur. 

Har  qanday  predmet  yoki  hodisa  mavjudligining  zarur 

sharti  –  ularning  boshqa  narsalar,  hodisalar,  jarayonlar  bilan 

turli-tuman  aloqalaridir,  ularning  bir-biri  bilan  aloqalari 

tizimidir. Hartomonlamalik prinsipiga ko’ra, narsa o’zining mavjudligi uchun zarur 

va  yetarli  sharoitlardan  ayrim  holda  emas,  balki  ular  bilan  o’zaro  aloqada  tahlil 

qilinmog’i, o’rganilmog’i kerak, chunki narsada namoyon bo’ladigan xossalar, bu 

–  uning  boshqa  narsalar  bilan  o’zaro  ta’siri  natijasidir,  qaror  topgan  aloqalar 

oqibatidir. Hartomonlamala  yondashuv narsani boshqa narsalar  va hodisalar bilan 

uzviy aloqada qarab chiqishga imkon beradi. Hartomonlama qarab chiqish prinsipi 

amaliyotda ham, turli rejalar, loyihalar va takliflarni ishlab chiqishda ham muhim 

rol  o’ynaydi.  U  bu  loyihalar  va  rejalarni  chuqurroq,  to’laroq  o’rganib  chiqishga, 

ularning  zaif  va  kuchli  tomonlarini,  shuningdek  ularning  amalga  oshirilishidan 

kelib  chiqishi  mumkin  bo’lgan  ijobiy  yoki  salbiy  oqibatlarni  ko’rishga  imkon 

beradi. 

Obyektni  hartomonlama  qarab  chiqish  prinsipi  bilish  jarayoni  davomida  bizni 

eklektika  va  sofistikadan  saqlaydi.  Eklektika  mutlaqo  boshqa-boshqa  hodisalar  va 

narsalarni  mexanik  tarzda,  tushunmay-netmay  bir-biriga  qo’shib  qorishtirib 

yuborishdir, sofistika esa, aksincha, real va konkret aloqalarning turli-tumanligini, 

rivojlanayotgan  voqyelikning  konkret  sharoitlarini,  uning  mazmunini  e’tiborga 

olmaydi,  umumiy  aloqadagi  u  yoki  bu  juz’iy,  alohida  narsani  subyektiv  tarzda 

yulib  olib  absolyutlashtiradi  va  uni  asosiy,  muhim,  zarur  narsa  deb  ko’rsatadi. 

Hartomonlamalik  prinsipi  bilish  subyektini  bunday  xato  va  yanglishuvlardan 

ehtiyot qiladi. 

Filosofiyaning  bu  prinsipi  kurshab  turgan  dunyoning 

turli-tuman  jarayonlari  va  hodisalari  majmuasida  sabab  va  



oqibatlarning  o’zaro  bog’liqligini  ochib  beradi.  Bu 

prinsip  umumiy  aloqadagi  obyektiv  asimmetriyani  –  ta’sir      harakatining  uni 

keltirib  chiqaruvchi  sababdan  uning    oqibati  tomon  yo’nalishini  ifodalaydi.  Shu 

nuqtai nazardan barcha kategoriyalar va qonunlarning jami bir bo’lib determinizm 

prinsipining mazmunini ochib beradi. Determinizm prinsipi  – bu falsafiy tadqiqot 


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling