6-mavzu. Tekislikning berilishi reja: Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot


Download 19.57 Kb.
bet1/6
Sana04.11.2023
Hajmi19.57 Kb.
#1745586
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tekislikning berilishi reja Tekislikning berilishi haqida umumi-fayllar.org


Tekislikning berilishi reja: Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot

6-MAVZU. TEKISLIKNING BERILISHI
REJA:


  1. Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot.


  2. Tekislikning izlarini yasash.


  3. Tekislikning xususiy xolatlari.


  4. Tekislikda to’g’ri chiziq tanlash.


  5. Tekislikning maxsus chiziqlari.


  6. Tekislikning eng katta og’ma chiziqlari.

Tekislik ikki parametrli nuqtalar to’plami bo’lib, u fazoda cheksiz chegarasizdir. Uning hamma nuqtalarini tasvirlash amalda mumkin emas. Shuning uchun amalda fazodagi holatini aniqlay oladigan tekislikka oid elementlardan yoki tekislikning biror qismi olinib ulardan foydalaniladi.


Tekisliknning fazoviy holatini:
-bir to’g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqta;
-to’g’ri chiziq va unda yotmagan bitta nuqta;
-o’zaro parallel yoki kesishuvchi ikki to’g’ri chiziq to’la aniqlaydi.
Ana shu elementlar orqali tekislikda hoxlagan biror nuqtani aniqlash mumkin. Chizmada esa tekislikning holati bir to’g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqtaning proyeksiyalari (3.1-shakl), bir to’g’ri chiziq va unda yotmagan nuqtaning proyeksiyasi (3.2-shakl), o’zaro kesishuvchi (3.3-shakl) va parallel to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari bilan beriladi (3.4-shakl).

3.1-shakl 3.2-shakl 3.3-shakl
Agar tekislik har tarafga davom ettirilsa proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishadi. Bu kesishuv chiziqlari, uning izlari deb ataladi. Chunonchi H bilan kesishuv chizig’i uning gorizontal izi, V bilan kesishuv chizig’i uning frontal izi va W bilan kesishuv chizig’i uning profil izi deyiladi. 3.6-shakl (a, b) larda P tekislikning gorizontal izi PH, frontal izi PV va profil izi PW ko’rsatilgan. Demak, tekislik o’zining izlari bilan ham beriladi
3.4-shakl 3.6, a)-shakl 3.6, b)-shakl

Download 19.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling