7- mavzu. Hayot sug’urtasi (2 soat)


Download 31.45 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1384202
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza


7- MAVZU. HAYOT SUG’URTASI (2 soat)
7.1. Hayot sug’urtasi haqida tushuncha
7.2. Hayot sug’urtasi turlari
7.3. Hayot sug’urtasi shartnomalarini tuzish


7.1. Hayot sug’urtasi haqida tushuncha
Hayot sug'urtasi g'arb mamlakatlari sug'urta bozorida sug'urta mukofotlarini to'plash bo'yicha yetakchi va mustahkam o'rinlarni egallab, har bir mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan fuqaroning hayotiga kirib borgan. Hayot sug'urtasi bizning mamlakatimizda hamdo'stlik mamlakatlarida boʻlgani kabi rivojlanishning qiyin pallasini boshidan kechirmoqda.
Xo'sh, hayot sug'urtasi bu qanday sug'urta turi, uning obyekti va predmeti nima va boshqa sug'urta turlaridan qanday jihatlari bilan farq qiladi? Hayot sug'urtasi shaxsiy sug'urta tarmog'ining asosini tashkil etib, mazkur sug'urta orqali insonning hayoti uning vafot etishidan, ma'lum yoshga yetishidan, kasallikdan, baxtsiz hodisadan, inson hayotidagi muhim voqealar hisoblanuvchi farzand tug'ilishi, nikohga kirishish va boshqa holatlar natijasida yuzaga keladigan moddiy manfaatlar tomonlar o'rtasida ixtiyoriylik asosida tuzilgan sug'urta shartnomasida kelishilgan sug'urta summasi doirasida sug'urtalovchi tomonidan qoplab berilishidan iborat sug'urta faoliyatidir.
Hayot sug'urtasining obyekti bo'lib insonning hayoti bilan bog'liq mulkiy manfaatlar hisoblanadi. Predmeti sifatida insonning vafot etishi, ma'lum yoshga yetishi, kasallik, baxsiz hodisa, farzand tug'ilishi, nikohga kirishish va boshqa holatlar hisoblanadi.
Hayot sug'urtasida sug'urta hodisasi sifatida tuzilgan sug'urta shartnomasi muddatining tugashi, ya'ni sug'urtalangan shaxsning shu muddatgacha yashashi, hayotni aralash sug'urtasi turlarida esa sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urtalanuvchining vafot etishi, ishlab chiqarish yoki boshqa sharoitlarda jarohat olishi holatlari sug'urta hodisasi sifatida qabul qilinadi. Bu xalqimizning o'zaro yordam, tayanch va ijtimoiy himoya kabi an'analariga mos keladi.
Mamlakatimizda hayot sug'urtasi hozircha shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Buning qanday sabablari bor? Buning sabalaridan biri, sovet tuzumida fuqarolarning hayoti va faoliyatining himoyasi uchun javobgarlik to'liq davlatning zimmasida edi. Bu esa mamlakatimizda sug'urta sohasining, hamda xalqimiz sug'urta madaniyatining yetarli darajada rivojlanmay qolishiga sabab bo'ld Bozor iqtisodiyoti sharoiti va davlat qurishning "O'zbek modeli" ga ko'ra davlat o'z funksiyalarini asta-sekinlik bilan jamiyatga berib boradi. Bu esa o'z-o'zidan jamiyatning bir bo'g'ini bo'lgan sug'urta tashkilotlari faoliyatiga mazkur vazifani ma'lum darajada yuklaydi.

Hayot sug'urtasi boshqa sug'urta turlari kabi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unga ko'ra sug'urtalanuvchi tomonidan to'langan sug'urta mukofoti evaziga shartnomada kelishilgan sug'urta summasini shartnomaning amal qilish davrida shartnomada ko'zda tutilgan holatlar (vafot etish yoki ma'lum yoshga yetish va boshqa holatlar) yuz berganda to'lab berishni sug'urtalovchi o'z zimmasiga oladi. Shu bilan birga mazkur shartnoma sug'urtalanuvchining huquq va majburiyatlarini ham tartibga soladi.


Hayot sug'urtasining quyidagi turlari amaliyotda keng qo'llanib kelinmoqda: vafot etish hodisasidan sug'urtalash, jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasi, hayotni aralash sug'urtalash, jamoa sug'urtasi. Hayot sug'urtasi shaxsiy sug'urtaning bir bo'g'ini sifatida iqtisodiyotning o'zgaruvchan qismi bo'lgan ishchi kuchi bilan bog'liq. Ushbu sug'urta turida sug'urta himoyasining obyekti bo'lib fuqarolarning hayoti, sog'ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Mulk sug'urtasidan farqli o'laroq, hayot sug'urtasining obyektlari ma'lum qiymatga ega emas.

Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling