7-mavzu. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi reja


Download 75.62 Kb.
bet1/10
Sana28.01.2023
Hajmi75.62 Kb.
#1135531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI (1)




7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI
REJA:

  1. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) mohiyati, turlari va ular hisobining vazifalari

  2. Xodimga berilgan bo’naklarning hisobi

  3. Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha to’langan bo’naklarning hisobi

  4. Ta’sischilar va boshqa debitorlardan olinadigan qarzlarning hisobi.



Tayanch iboralar: xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar, olingan veksellar, ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar, turli yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan bo’naklar, xodimlar, ta’sischilar va turli debitorlarning qarzlari.



  1. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) mohiyati, turlari va ular hisobining vazifalari

Olinadigan schyotlar 4000 dan 4900 gacha blgan buxgalteriya schyotlarini o’z ichiga oladi va qisqa muddatli (1 yilgacha bo’lgan) debitorlik qarzlari hisobini yuritish uchun mo’ljallangan.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
4020 "Olingan veksellar".
4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi.
4020 "Olingan veksellar" schyotida olingan veksellar bilan ta’minlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.
Muddatida to’lanmagan veksellar bo’yicha da’vo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 "Olingan veksellar" schyotining kreditidan 4860 "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Olinadigan schyotlar (4000) asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bog’langan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
Olinadigan schyotlar (4000) pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan to’lovlar summasiga, olingan bo’naklarni hisobga olish va boshqalar bilan bog’langan holda kreditlanadi.
Olinadigan schyotlar bo’yicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi) bo’yicha yuritiladi.

Olinadigan schyotlar (4000)ning bog’lanishi:






Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling