7-sinf Fizika Sana: 2020y Darsning mavzusi: Sirpanish ishqalanishi. Dumalanish ishqalanishi Darsning maqsadi


Download 268.11 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi268.11 Kb.
#1168722
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ishqalnish kuchlari. sirpanish va du


7-sinf Fizika Sana: «___» _________ 2020y


Darsning mavzusi: Sirpanish ishqalanishi. Dumalanish ishqalanishi
Darsning maqsadi :

  • Talimiy maqsad: O’quvchilarga sirpanish ishqalanish, dumalanish ishqalanishi xaqida tushuncha berish.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Mexanika – 1 jamlanmasi, kompyuter, ”Sirpanish va dumalanish ishqalanish” mavzusida multimediyali taqdimot, proyektor, ekran.


IV. Darsning xronologik tuzilishi:



Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Darsni mustaxkamlash

10

5

Uyga vazifa.

2



Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzuni so’rash:


O’qituvchi o’quvchilarga savollar bilan murojat qiladi:

  • Tezlikning o’zgarishiga sabab nima?

  • Jismlarning o’zaro ta’sirining o’lchovi nima?

  • Qanday kuchlarni bilasiz?

  • Kuchning o’lchov birligini ayting.

  • Kuch qanday asbob bilan o’lchanadi?

  • Jism og’irligi bilan og’irlik kuchining farqi nimada?

  • Qaysi holda fizika xonasidagi stullar ko’proq deformatsiyalanadi – sizlar dars o’tayotgandami yoki 11-sinf dars o’tayotgandami?

  • Siz gorizontal yo’nalishda tosh otsangiz qaysi kuch ta’sirida uning yo’nalishi o’zgaradi?

  • Qaysi kuch ta’sirida tog’larda ko’chki paydo bo’ladi?

3.Yangi mavzuning bayoni:
Tajriba o’tkaziladi:
1.O’yinchoq avtomobil harakatlantirib qo’yib yuboriladi. Ma’lim vaqtdan so’ng avtomobil to’xtaydi.
Savollar beriladi:
1.Avtomobil nega to’xtadi?
2.Avtomobil harakatlanganda unga qanday kuchlar ta’sir qiladi?
3. Avtomobil tezligiga nima bo’ldi?
4. Kuchlarning o’zaro ta’siri natijasi nima bo’ladi?
Tajriba natijasida o’quvchilar qandaydir kuch mavjud degan xulosaga keladilar.
O’qituvchi: Bu kuch – ishqalanish kuchi deb ataladi.
Bugun ishqalanish kuchi va uning turlarini o’rganamiz. Uning inson hayotidagi ahamiyatini bilib olamiz.
Bugun jismlarning bir-biriga tegib turgan sirtida nima bo’lishini o’rganamiz.
O’qituvchi: Ishqalanish kuchi nima sababdan paydo bo’ladi? Tajriba o’tkazamiz.
1-tajriba. Ishqalanish kuchining paydo bo’lish sababini aniqlash Ikkita oyna bo’lagini ustma-ust qo’ying, yuqoridagi bo’lakni kuch bilan bosing va siljitishga harakat qiling.

  • Nimani sezdingiz?

  • Nega oyna bo’lagini siljitish qiyin?

  1. Pastdagi oyna ustiga bir-ikki tomchi suv tomizing va tajribani takrorlang.

  • Nima uchun oynani siljitish yanada qiyinlashdi?

  1. Ikki bo’lak jilvir qog’ozni ustma-ust qo’yibbir biriga nisbatan siljitib ko’ring.

  • Ishqalanish kuchining paydo bo’lishi sababini ayting.


Xulosa: Ishqalanish kuchining paydo bo’lish sababi:

  1. Tegib turgan sirtlarning g’adir-budirligi

  2. Tegib turgan sirtlardagi molekulalarning o’zaro ta’siri

O’qituvchi brusokka dinamometrni ulab stol ustida tekis harakatlantiradi.

Download 268.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling