8 -mart bayrami tadbir ssenariysi ii-kurs magistranti : Xolova Dilovar Faxriddinov 8-mart bayrami tadbir ssenariysi


Download 134 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi134 Kb.
#1468610
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 mart senariy



8 -mart bayrami tadbir ssenariysi


II-Kurs magistranti : Xolova Dilovar Faxriddinov

8-mart bayrami tadbir ssenariysi
Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog'ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug' siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o'zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot.Dunyoga keltirib, to mukammal bo'lgunimizcha rohat farog'atdan kechadi.Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so'zi uch harfdan iborat bo'lib,"O"-oriyat,"N"-Nafosat,"A"-andish degan ma'nolarni bildiradi. Ona go'zallik, donolik timsolidir.

Kimdir savol berdi aytgil Muhammad yolg'iz sen rahimsan butgul olamda, kimga ko'p yaxshilik qilay o'zing ayt, ota-onamgani yoxud bolamga?
Rasul javob qildi tingla birodar, gapimni uch bora quloqqa olgin, imkon topa olsang dunyoda agar eng avval onanga yaxshilik qilgin. Bu hikoyat sharhini o'yladim uzoq rostan ona erur qiblai olam garchan padarimiz biroq Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham.
Barchangizni bugungi qutlug' bayram - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin ko'ngildan tabriklayman. Hamisha sog'-salomat bo'lib, bahor gullariday ochilib yuringlar. Ollohim, barchangizga uzoq umr ato etsin! Har kuni davlat eshigingizdan kirib, omad ortingizdan chopqillab yursin!
(Sahnaga boshlovchilar kirib kelishadi).
I boshlovchi:
Bu kun o'zgachadir jilvayi olam,
Bu kun o'zgachadir borliqda xanda.
Bu kun ko'zlarimga hatto quyosh ham
Shafaq gulshanida tarang chirmanda.

II boshlovchi:
Bugun shunday quvonch, shunday shodyona,
Bugun quvonchlarga to'lar bu jahon.
Tonggacha yangrasin kuy, qo'shiq, navo,
Bayramingiz muborak, aziz onalar!
I boshlovchi: Assalomu alaykum, qalbi nurli saxovatga to'la, mehri daryo uztozlar hamda hurmat va ehtirom ila ushbu dargohga tashrif buyurgan munis onajonlar-u mehribon opa-singillar! Mana, o'lkamizda o'zining ajib bir sehri bilan bahor fasli ham o'z sepini yoymoqda. Sizlarni o'z husni- tarovati ila o'ziga maftun qilayotgan bahor oyining ilk bayrami- 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz.
Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so'zi uch harfdan iborat bo'lib,"O"-oriyat,"N"-Nafosat,"A"-andish degan ma'nolarni bildiradi. Ona go'zallik, donolik timsolidir.
Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog'ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug' siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o'zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot.Dunyoga keltirib, to mukammal bo'lgunimizcha rohat farog'atdan kechadi.
Onalar haqqini tirikligida ado etish kerak zero o'lganida qabrtosh qo'ydirishdan ne hojat.
Ba'zi farzandlar onalariga tik qarab hattoki qo'l ko'tarishgacha boradilar. Onaning qarzidan hech vaqt qutila olmaymiz. Shu orada bir rivoyat keltirmoqchiman. (sahna ko'rinishi)
Bir yigit onasini opichlab makka-yu madinaga olib boribdi:
---Ey olloh, men endi onamning qarzidan qutildimmi?
____Sen onang bir kecha bedor bo'lib bir marta bergan oq suti haqqinidan endi qutilding,-deya ollohdan nido kelibdi. Ha buyuk zot ona qadrini ona bo'lganda bilasan deganlari rost.
Senga dziz mehribon, oq sut bergan onadir.
Yotsang, tursang soyabon, parvonang shu onajon.
Yaxshi yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi
Holing ko'rib, bolam deb,ham quvonib kuyuvchi.
Shu onadir unutma,ta'zimda bo'l eg boshing,
Bir kun qo'ldan ketganda,befoyda to'kkan yoshing.
Onajon qarzdorman,bugun qoshingda,
Senga iliq so'zlar baxsh etgum kelar,
Eng nafis gullarni to'kib boshingdan
Mehring yuragimda naqsh etgum kelar.
Qaylarda bo'lmayin, uzoq yaqinda
Hayollaring ila nafs olaman,mushtiparim,sensiz nur yoqdir.
Sizdan uzoqlashsam, dildan yonaman.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling