Buzoqlarni og'iz suti davrida oziqlantirish


Download 29.71 Kb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi29.71 Kb.
#1118851
  1   2   3   4
Bog'liq
Buzoqlarni ozqlantirish


Buzoqlarni og'iz suti davrida oziqlantirish

REJA
1. Buzoqlar hayotining ilk davrida oziqlantish

2. Buzoqlarning 12 hafta davomida og'iz suti bilan oziqlantirilganidan keyingi parvarishi

3. Buzoqlarni erta sutdan ajratish



4. Buzoqlarni qo'shimcha oziqlantirish
Buzoqlar hayotining ilk davrida oziqlantirish Buzoqlar, keyinchalik qaysi maqsadda foydalanishidan qat'iy nazar, (ko'paytirish, bo'rdoqchilik), ulaming birinchi haftadagi ozuqasi og'iz suti hisoblanadi. Og'iz suti tarkibi jihatdan buzoq organizmining oziq moddalarga bo'lgan talabini qondiradi, shuningdek, tarkibi bakteriotsid xususiyatiga va immunogeobulin oqsilga boyligi bilan himoya vazifasini bajaradi. Og'iz suti tarkibi yetilgan sut tarkibidan farq bo'lib, og'iz sutida yog' miqdori taxminan (10%), laktoza esa (50%) unda ancha kamdir. Ammo unda mineral moddalar (F, Cu, Co, Mg, J) va vitaminlar (A, D, E, B, B2, B12, C, xolin) ko' p miqdorda bo'ladi. Og'iz sutidagi Fe moddasi esa buzoqning shu elementga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Og'iz suti tarkibida immunoglobulin miqdori birinchi kundayoq teng yarmiga kamayadi. Bundan tashqari, buzoqlar ichak devorlari antitelolarni birinchi kunda o'zgarmagan holda o'tkazadi. Ichaklarning bu xususiyati juda muhim, chunki embronal davrda immunoglobulin yo'ldosh bareridan o'ta olmaydi. Antitelolarning to'g'ridan-to'g'ri tushishi buzoqlarda patogen mikrofloraga qarshi passiv immunitetni hosil qiladi. Agar buzoqlar og'iz sutini to'yib emmagan bo'lsa, ular organizmi faqat 6 haftadan so'ng immunitetga ega bo'ladi. Shuning uchun ham buzoqlarni og'iz sutini to'yib emishlari to'la ta'minlanishi kerak. Agar shu paytda faqat 0,5 log' iz suti bo'lsa, unda buzoq tug'ilgandan 6-8 soat keyin ichilgan 2 Iitr og'iz sutidagi immunoglobulin miqdoriga teng bo'ladi. Agar bo'g'oz sigirlar tug'ishdan bir necha kun oldin podaga qo'shilgan bo'lsa yoki chetdan sotib olib kelib qo'shilgan bo'lsa, uuda bunday hayvonlar og'iz sutidagi immunoglobulin xususiyatlari ushbu forma mikroflorasidan biroz farq qiladi. Bunday holatlarda, buzoqlarga o'z onasi og'iz suti bilan birgalikda o'sha fermadagi sigirlar og'iz sutidan ham beriladi. BundAn tashqari, fermada aynan ana shu maqsadda muzlatilgan og'iz suti saqlanishi kerak. Bunday og'iz sutlar I SOC harorat ostida 6 oy muddatda saqlanadi. Muzdan tushirishda esa harorat 40°C dan oshmasligi kerak, chunki immunoglobulin strukturasi va inaktivligi o'zgarishi sodir bo'ladi. Buzoqlarni hayotining birinchi kunlari og'iz suti bilan 2-3 marta emizish kerak. Bunda og'iz suti miqdori bir marta emizishda shirdon to'lib ketmasligi uchun I litrdan oshmasligi kerak.

Download 29.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling