8-mart bayrami ssenariysi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana12.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1191472
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mart senarisi 11



 
8-mart bayrami ssenariysi 
Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli xazin-kuy taraladi. Sahnaga 1-boshlovchi bo’lib o’g’il bola 
va 2-boshlovchi sifatida qiz bola ohista yurib chiqib keladi.
1-boshlovchi
- Jannat onalarning poyida emish 
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham 
Munis onajonlar sochlari kumush 
Topar duosidan ming dardlar malham 
2-boshlovchi: 
Onam onajonim nuri jahonim 
Tengi, timsoli yo’q, farishta onam 
Jannat isi anqir janbil, rayhonim,
Chin ibrat maktabi har ishda onam.
1-boshlovchi
- Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar - muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-
biridan lobar, go'zal qizlar! Fahmlagandirsiz, sizning yurak taftingizga bu yilgi juda qattiq kelgan qahraton qish-
qirovli kunlar ham dosh beraolmay, ortga chekinib, ko'klam nafasi ufura boshladi.
2-boshlovchi
- Ona diyorimiz uzra bahor nasimlari esib turgan ushbu orombaxsh, umidli kunlarda xonadonlarimiz farishtasi, oila 
qo’rg’oni va fayz bag'ishlovchi, biz farzandlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazuvchi, Yaratganning tengsiz mo'jizasi 
bo'lgan ayol zotini ulug'lash uchun yig'ildik, yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg'ularni ifoda etgan holda 
bahorning ilk shodiyonasi – go’zallik va nafosat bayrami - 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash 
uchun yig'ildik.
1-boshlovchi
“Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Nuraddin Sadullayevichga bersak 
,marhamat! 
1-boshlovchi
Muhtarama onajonlar! Tadbirimizda ishtirok etayotgan aziz ayollar! Ustozlar, opa-singillar, lobar qizlar! 
Barchalaringizni go’zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha 
baland, umringiz uzoq, xonadoningiz tinch, oilangiz totuv, rizqu nasibangiz ziyoda bo'lsin!
2-boshlovchi: 
- Dunyoda shunday bir ulug' Zot borki, Tangri o’zi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tiz 
cho'kmagan, butun boyligi va qudratini uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling