8-mart bayrami ssenariysi
Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli xazin-kuy taraladi. Sahnaga
1-boshlovchi bo’lib o’g’il bola
va 2-boshlovchi sifatida qiz bola ohista yurib chiqib keladi.
1-boshlovchi:
- Jannat onalarning poyida emish
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham
Munis onajonlar sochlari kumush
Topar duosidan ming dardlar malham
2-boshlovchi:
Onam onajonim nuri jahonim
Tengi, timsoli yo’q, farishta onam
Jannat isi anqir janbil, rayhonim,
Chin ibrat maktabi har ishda onam.
1-boshlovchi:
-
Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar - muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-
biridan lobar, go'zal qizlar! Fahmlagandirsiz, sizning yurak taftingizga bu yilgi juda
qattiq kelgan qahraton qish-
qirovli kunlar ham dosh beraolmay, ortga chekinib, ko'klam nafasi ufura boshladi.
2-boshlovchi:
- Ona diyorimiz uzra bahor nasimlari esib turgan ushbu orombaxsh, umidli kunlarda xonadonlarimiz farishtasi, oila
qo’rg’oni va fayz bag'ishlovchi, biz farzandlarni oq yuvib, oq tarab
voyaga yetkazuvchi, Yaratganning tengsiz mo'jizasi
bo'lgan ayol zotini ulug'lash uchun yig'ildik, yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg'ularni
ifoda etgan holda
bahorning ilk shodiyonasi – go’zallik va nafosat bayrami - 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash
uchun yig'ildik.
1-boshlovchi:
“Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Nuraddin Sadullayevichga bersak
,marhamat!
1-boshlovchi:
Muhtarama onajonlar! Tadbirimizda ishtirok etayotgan aziz ayollar!
Ustozlar, opa-singillar, lobar qizlar!
Barchalaringizni go’zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha
baland, umringiz uzoq, xonadoningiz tinch, oilangiz totuv, rizqu nasibangiz ziyoda bo'lsin!
2-boshlovchi:
- Dunyoda shunday bir ulug'
Zot borki, Tangri o’zi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tiz
cho'kmagan, butun boyligi va qudratini uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz.