8-mavzu: O'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi


Download 55.62 Kb.
bet1/26
Sana19.01.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1101512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
noqulay sharoit chi


8-MAVZU:
O'SIMLIKLARNING NOQULAY OMILLARGA CHIDAMLILIGI
(2 soat)
Reja:

  1. O'SIMLIKLAR CHIDAMLILIGI VA HIMOYALANISH FIZIOLOGIYASI

  2. O'SIMLIKLARNI ISSIQQA VA QURG'OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI

  3. O'SIMLIKLARNING PAST HARORATGA CHIDAMLILIGI

Tayanch so’z va iboralar: stress oqsillar, tuproq va atmosfera qurg’oqchiligi, kserofitlar, chiniqtirish.

Barcha tirik organizmlarning abiotik va biotik muhitning noqulay omillaridan himoyalanishi xuddi oziqlanish, harakatlanish va ko'payish kabi ularning yashab qolishi va hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu holat birlamchi tirik organizmlar paydo bo'Igan vaqtdan boshlab mavjud bo'lib evolyutsiya davomida rivojlanib, mustahkamlanib kelgandir.



O'SIMLIKLAR CHIDAMLILIGI VA HIMOYALANISH
FIZIOLOGIYASI
Ma’lumki, barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik omillariga moslashuv va noqulaylaridan esa himoyalanish xususiyatlariga ega. Bu hol tirik organizmlarning shakllanishidan boshlanib evolyutsiya davomida rivojlanib va takomillashib borgan. Organizmlarga zarar yetkazadigan va ularni halokatga olib boradigan omillar juda ko'p bo'lganligi sababli ulardan himoyalanish mexanizmlari faqatgina metobolitik o'zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan balkim morfologik o'zgarishlar ham vujudga kelgan. Masalan, tikonlarning shakllanishi.
O'simliklar fiziologiyasida o'simliklarning muqobil va noqulay sharoitlarda o'sib rivojlanishi «mustahkamlilik» tushunchasi bilan ifodalanadi.
«Mustahkamlilik» o'z ichiga turg'unlanish va qayta tiklanish jarayonlarini oladi. Biologik rivojlanishning har bir bosqichi o'z mexanizmlariga ega. Masalan, molekuyar darajada, poliploidiya ko'rinishida, organizm darajasida ko'plab gameta va urug'larning hosil bo'lishi va boshqalar.
Qayta tiklanish jarayonlariga esa zararlangan DNKning fermentlar yordamida tiklanishi, o'sish kurtaklarining hosil bo'lishi, regeneratsiya va hokazolar misol bo'lishi mumkin.

Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling