9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja


Download 79.6 Kb.
bet1/18
Sana09.11.2021
Hajmi79.6 Kb.
#172592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.


9-labaratproya

Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Reja:

  1. Hujayrani o’rganish tarixi va metodlari

  2. Eukariot hujayraning tuzilishi. Hujayra qobig’i.

  3. Hujayra organoidlari

  4. Yadroning tuzilishi va funksiyasi.

  5. Tirik organizmlarning kimyoviy tuzilishi.


Tayanch so`z va iboralar: sitologiya, eukariot, prokariot, organoid, hujayra qobig`i, golji apparati, yadro, sitoplazma.
1. Hujayrani o’rganish tarixi va metodlari. Hujayralarni o’rganuvchi fan sitologiya deb atalib, yunoncha"sitos" -hujayra, "logos" - fan degan so’zlardan olingan. Sitologiya predmeti bir hujayralilar va ko’p hujayrali organizmlarning tarkibiy qismi hisoblanuvchi ayrim hujayralardan iborat. Sitologiya hujay­raning va uning tarkibiy qismlari tuzilishini, kimyoviy tarkibini, ularning bajaradigan vazifalarini, kupayishi va rivojlanishini, atrof- muhit omillari bilan munosabatlarini o’rganadi. Hozirgi davrda boshqa fanlar metodlarining sitologiyada foydalanishni o’rganuvchi yangi fan - hujayra biologiyasi shakllandi. Vu fan sitologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va molekulyar genetika kabi fanlar kompleksidan iborat.

Hujayrani har tomonlama o’rganish mikroskopning kashf etilishi bilan bog’liq. «Hujayra» so’zini birinchi marta ingliz olimi Robert Guk 1665 yilda fanga kiritdi. U o’zi yasagan kattalashtirib kursatuvchi optik asbob - mikroskop yordamida pukakning kesimini o’rgandi va uning uyachalar, katakchalardan tashkil topganligini aniqlab, ularni "sellula" - uyacha, katakcha deb atadi. Po’kakning hujayralari o’lik bo’lganligi uchun u faqat bo’sh, ichidagi moddalari qurib qolgan hujayra qobig’inigina kuzata oldi. Shunday bulishiga qaramay, bu atama hozirgi davrgacha saqlanib qoldi va ishlatib kelinmoqda. Shu kashfiyotdan keyin oradan ko’p vaqt o’tmasdan M. Malpigi, N. Gryu 1671 yilda o’simliklarning hujayraviy tuzilishini, A. Levenguk 1680 yilda hayvon hujayralari, eritrositlar va bir hujayralilarni birinchi marta o’rgandilar. Hyjayraning murakkab tuzilishga ega ekanligi to’g’risida ma’lumotlar paydo bo’la boshladi. Chex olimi Ya. Purkinye 1830 yilda hujayra ichida suyuqlik mav­judligini aniqlab, uni "pro­toplazma" deb atadi, ingliz botanigi R. Broun esa 1833 yilda yadroni kashf etdi.

1838 -1839 yillarda nemis olimlari botanik M. Shleydei va zoolog T. Shvann organizm­larning hjayraviy tuzilishi to’g’risidagi hamma to’plangan ilmiy ma’lumotlarni umum­lashtiri6, tahlil qilib, hujayra nazariyasini yaratdi­lar. O’sha paytda yaratilgai hujayra nazariyasining asosiy qoidalari tubandagilardai iborat:

1. Hujayra hamma tirik organizmlarning asosiy tuzi­lish birligi hisoblanadi.

2. Hujayraning hosil bo’li­shi o’simlik va hayvon orga­nizmlarining ucishi, rivo:j­lanishi, takomillashishini ta’minlaydi.

Hyjayra nazariyasi XIX asr­dagi tabiiyotshunoslik sohasi­dagi eng buyuk kashfiyotlardan biri hisoblanib, o’z ahamiyati jihatidan energiyaning saqlanish qonuni va evolyusion ta’limot bilan bir qatorda turadi.

Nemis vrachi R. Virxov o’z tadqiqotlari bilan hujayra nazariyasini yanada boyitdi. U, hujayralar faqat ularning bo’linishi natijasida hosil bo’ladi, degan uchinchi qoidani kiritdi. Rus olimi K. Ber hamma ko’p hujayralilarning ko’payishi bitta hujayra, ya’ni tuxum hujayradan boshlanishini, hujayra hamma tirik organizmlar rivojlanishining birligi ekanligini isbotladi. Keyingi tadqiqotlar natijasida o’simlik va hayvon organizmlari hujayra­larining kimyoviy tarkibi va moddalar almashinishi jarayonlarining o’xshashligi anqlandi. Bu ma’lumotlarning hammasi organik olam birligini tasdiqlovchi dalillar hisoblanadi.

Hozirgi zamonda fanning har tomonlama rivojlanishi natijasida hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

1. Hujayra tiriklikning tuzilishi, funksiyasi va rivojlanishining eng kichik birligidir.

2. Hujayralar fa qat bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo’linishi natijasida hosil bo’ladi.

3. Hujayra ko’p hujayrali organizmning funksional birligi hisoblanadi. Butun organizmning ko’p sonli hujayralardan tashkil topishi uning umumiy moddalar almashinishi sathini orttiradi.

4. Ko’p hujayralilarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birlashib to’qimalarni hosil qiladi. U lar nerv va gumoral sistemalar orqali idora etiladi.

5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi, ko’payishi, uzatilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.


Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling