9-mavzu. Gidravlik bog`lovchi moddalar Ma’ruza rejasi


Download 1.1 Mb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1224876
  1   2   3   4
Bog'liq
9-ma\'ruza


9-mavzu. Gidravlik bog`lovchi moddalar


Ma’ruza rejasi:

  1. Gidravlik ohak, romandsement, pordlandsemen tog’risida umumiy malumotlar

  2. Klenkerning mineralogik tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi.

  3. Portlandsementning maxsus turlari



Gidravlik ohak
Gidravlik ohak tarkibida 6 – 20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari 900-1100 °C kuydirib olinadi. Bunda CaO dan tashqari kichik tartibli minerallar –2CaO∙SiO2; CaO∙Al2O3 va CaO∙Fe2O3 hosil bo‘ladi. Bu minerallar ohakka gidravlilik xususiyatini, ya'ni nam va suvli sharoitda qotish imkonini beradi. Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda davom ettiradi va mustahkamligi ortib boradi. Uning siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha markasi (28 sut) 2-10 MPa.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak xamiri holatida ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy va murakkab qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda va tashishda namlanishdan asrash kerak.
Romansement
Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktosh va magnezitlarni 900°C haroratda kuydirib olinadi, hosil bo‘ladigan kichik tartibli minerallar roman-sementga gidravlilik xususiyatini beradi.
Xom ashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 2–3% hosil bo‘ladi. Uning tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliyej kabi aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi. Romansement 3 markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.
Portlandsement
Portlandsement muayyan miqdordagi ohaktoshlar va giltuproqlar aralashmasini 1450°C haroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish jarayonida 3-5% gips va 15% gidravlik qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Klinker g‘ovak soqqachalar bo‘lib, sement olish uchun yarim tayyor mahsulotdir. Gips, fosfogips va borogipslarni sement tarkibiga kiritilishi uning qotishini boshqaradi. Gidravlik qo‘shimchalar esa portlandsementga suvga chidamlilikni beradi. Gidravlik qo‘shimchalar sifatida gliyej, opoka, diatomit, trepel, elektrotermofosfor shlaki, toshko‘mir kuli va shu kabi tabiiy va sun'iy materiallar ishlatiladi. Portlandsement rasmiy ravishda 1824-yilda E. Cheliyev (Rossiya) va Dj. Aspdin (Angliya) tomonidan yaratilganligi tan olingan.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling