Achitqidan nukleoproteidlarni ajratish


Download 44.77 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi44.77 Kb.
#1078336
Bog'liq
2 5213066853882009209

Achitqidan nukleoproteidlarni ajratish




Kerakli reaktiv va asboblar: a) achitqi; b) dietil efiri; v) 0,4% NaOH; g) 5% sirka kislotasi; d) yaxshilab yuvib qizdirilgan shisha kukuni yoki qum.
Hovonchaga 5g achitqi olib ustiga 1 ml dietil efiri va 1 ml suv qo‗shilib namlantiriladi, so‗ng ustiga ozgina shisha kukuni yoki qum qo‗shib 0,4 % NaOH bilan oz-oz miqdorda (5-10 ml) qo‗shib yaxshilab tuyiladi. Hammasi bo‗lib 50 ml ishqor sarflanadi. Bu jarayon 15-20 daqiqa davom yetadi. Hosil bo‗lgan massa filtrlanadi yoki 10 daqiqa davomida sentrifugalanadi (minutiga 2500g). Filtrat yoki sentrifugat stakanga quyilib ustiga tomchilatib 5% SN3SOON dan nukleoproteidlar to‗liq cho‗kmaga tushgunga qadar tomiziladi. CHo‗kma sentrifugalanib ajratib olinadi.

DNK ga xos sifat reaksiyasi.


DNK dezoksiribozalarga hos bo‗lgan rangli reaksiyalar orqali aniqlanadi. Ko‗pincha difenilamin bilan boradigan reaksiya qo‗llaniladi (C6Hs-NH-C6Hs). Difenilamin dezoksiriboza yoki DNK bilan ko‗k rangli, riboza yoki RNK bilan yashil rangli birikma hosil qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: a) dezoksiribonukleoproteidlar cho‗kmasi (avvalgi ishga qaralsin) b ) difenilamin reaktivi: 1 gr difenilamin 100 ml muzlagan sirka kislotasida eritiladi. Eritmaga 2,75 g konsentrlangan N2SO4 qo‗shiladi (Ro= 1,836) v) 0,4% NaOH eritmasi.
Dezoksiribonukleitidlar cho‗kmasining bir qismi probirkaga solinadi va 0,5- 1ml NaOH qo‗shiladi (cho‗kma eriguncha). Eritmaga teng hajmda difenilamin reaktivi qo‗shildi. Reaksiya boshida hosil bo‗lgan cho‗kma reaktivning keyingi porsiyalari yordamida eritiladi, so‗ng 15-20 diqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi. Natijada ko‗k rang hosil bo‗ladi.
Download 44.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling