Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK Gulnoz Xalliyeva
- Mas’ul muharrir: B.Karimov
- KIRISH Fanning maqsad va vazifalari
- Fanning maqsadi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK Gulnoz Xalliyeva Toshkent «Akademnashr» 2020 3 Qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar keng qamrovli tahlilni amalga oshirishni taqozo etadi. E’tiboringizga havola qilinayotgan qo‘llanmada qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tush- unchalar yoritilgan. Qo‘llanma filologiya yo‘nalishidagi barcha talaba, magistr va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan. Mas’ul muharrir: B.Karimov – filologiya fanlari doktori, professor Taqrizchilar: A.Qosimov – filologiya fanlari doktori, professor U.Jo‘raqulov – filologiya fanlari doktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 27-dekabrdagi 1186-son buyrug‘i bilan 5120900 – O‘zbek-ingliz tarjima naza riyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘l- lanma sifatida nashrga tavsiya etilgan. ISBN © Gulnoz Xalliyeva «Qiyosiy adabiyotshunoslik» © «Akademnashr», 2020 UO‘K: KBK: KIRISH Fanning maqsad va vazifalari Qiyosiy adabiyotshunoslik yoki adabiy komparativistika ikki va undan ortiq adabiy hodisaning qiyoslanishiga asoslangan fan yo‘nalishidir. Xalqaro ijtimoiy, madaniy va adabiy aloqalar kundan kunga rivojlanayotgan zamonamizda qiyosiy adabiyot shunoslik kelajagi yorug‘ fan yo‘nalishlaridan biridir. Har qanday qiyosiy tadqiqotda adabiy hodisalarning mush tarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bu esa adabiyotlararo umu miy nazariy qonuniyatlarning yuzaga kelishida asos bo‘ lib xizmat qiladi. Fanning maqsadi talaba, magistr va barcha tadqiqotchilar ga komparativistika, qiyosiy adabiyotshunoslik metodolo giyasi haqida nazariy ma’lumotlarni yetkazish, badiiy asarlarni qiyosiy tadqiq qilish usullarini tushuntirish, bu boradagi bilimlarini takomillashtirishdir. Shuningdek, «…adabiy hodisalar (tasviriy vositalar, badiiy asar, yozuvchilarning adabiy merosi, adabiy maktablar, janrlar va h.k.)ning tipologik va genetik mohiyatini aniqlash, tarixiy fenomen yoki konkret-tarixiy shartlanganligini hisobga olmasdan, adabiy fakt sifatida adabiy hodisaga tegishli bo‘lgan ichki qonuniyatlarini namoyon qilishdan iborat» 1 . Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling