Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
QIYOSIY
ADABIYOTSHUNOSLIK
Gulnoz Xalliyeva
Toshkent
«Akademnashr»
2020


3
Qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar keng qamrovli tahlilni 
amalga oshirishni taqozo etadi. E’tiboringizga havola qilinayotgan qo‘llanmada 
qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tush-
unchalar yoritilgan. Qo‘llanma filologiya yo‘nalishidagi barcha talaba, magistr 
va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir:
 B.Karimov – filologiya fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
A.Qosimov – filologiya fanlari doktori, professor
U.Jo‘raqulov – filologiya fanlari doktori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2019-yil 27-dekabrdagi 1186-son buyrug‘i bilan 5120900 – O‘zbek-ingliz 
tarjima naza riyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘l-
lanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
ISBN
© Gulnoz Xalliyeva
«Qiyosiy adabiyotshunoslik»
© «Akademnashr», 2020
UO‘K:
KBK:
KIRISH
Fanning maqsad va vazifalari
Qiyosiy adabiyotshunoslik yoki adabiy komparativistika ikki 
va undan ortiq adabiy hodisaning qiyoslanishiga asoslangan 
fan yo‘nalishidir. Xalqaro ijtimoiy, madaniy va adabiy aloqalar 
kundan kunga rivojlanayotgan zamonamizda qiyosiy adabiyot­
shunoslik kelajagi yorug‘ fan yo‘nalishlaridan biridir.
Har qanday qiyosiy tadqiqotda adabiy hodisalarning mush­
tarak va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bu esa adabiyotlararo 
umu miy nazariy qonuniyatlarning yuzaga kelishida asos bo‘ lib 
xizmat qiladi.
Fanning maqsadi talaba, magistr va barcha tadqiqotchilar­
ga komparativistika, qiyosiy adabiyotshunoslik metodolo giyasi 
haqida nazariy ma’lumotlarni yetkazish, badiiy asarlarni qiyosiy 
tadqiq qilish usullarini tushuntirish, bu boradagi bilimlarini 
takomillashtirishdir. Shuningdek, «…adabiy hodisalar (tasviriy 
vositalar, badiiy asar, yozuvchilarning adabiy merosi, adabiy 
maktablar, janrlar va h.k.)ning tipologik va genetik mohiyatini 
aniqlash, tarixiy fenomen yoki konkret-tarixiy shartlanganligini 
hisobga olmasdan, adabiy fakt sifatida adabiy hodisaga tegishli 
bo‘lgan ichki qonuniyatlarini namoyon qilishdan iborat»
1
.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling