Agroturizm tushunchasi va turlari


Download 23.57 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1542732
  1   2   3   4
Bog'liq
8-ма\'ruza (1)


8-Mavzu: O‘zbekiston mintaqalarida qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari




Reja:

  1. Agroturizm tushunchasi va turlari

  2. Qishloq joylarida turizm resurslari

  3. O’zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari

Agroturizm tushunchasi va turlari
Hozirgi davrning muhim masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashdir. Respublikamiz aholisining 60% dan ortiq qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shuning uchun mehnat resurslariga boy hisoblangan qishloq joylarida yangi ish o‘rinlarini ochish, aholini faravon yashashida asosiy omil bo‘lib hisoblnadi.
Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko‘p foyda keltiruvchi biznes ko‘rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, danyoning ko‘pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo‘jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo‘jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekisligi, daryolari, cho‘l va vaholari, turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko‘pgina ish o‘rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Ayni kunlarda respublikamizda iqtisodiy faol aholining turizm sohasida bandlik ulushi juda ham oz. Bu borada qishloq aholisining ishtiroki umuman kam.
Hozirgi kunda jahon tajribasida turizmning agroturizm shakli keng rivojlanmoqda. Agroturizmni mamlakatimizda rivojlanishi istiqbollari porloq hisoblanadi. Chunki, mamlakatimiz agrar-industrial xo‘jalikka ega bo‘lib, asosiy mehnat resurslarimiz qishloq xo‘jaligida band. Undan tashqari, mamlakatimiz rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, rekreatsiya faoliyati tarmoqlarini rivojlantirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tuvchi mamlakatlar uchun moliyaviy resurs manbalari o‘ta zarur hisoblanadi. Shu jihatdan oladigan bo‘lsak, agroturizm yuqori daromad keltiruvchi xizmat ko‘rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar agroturizmni besh turini ajratishadi:

Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish ahamiyatiga ega. Fermerchilik asosida agroturizmni tashkil etish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yosa, ish yuzasidan agroturizm ilmiy – texnik hamkorlik, qo‘shma korxonalar tashkil etish va boshqa faoliyatlarda shakllanadi.
Agroturizmni rivojlantirishni o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Bularga quyidagilar hisoblanadi:

  • qishloq joylarida joylashish va ovqatlanish shaharga nisbatan 2-2,5 marotaba arzonligi;

  • qishloq joylarining ekologik jihatdan tozaligi;

  • ekologik toza ovqat turlarining mavjudligi;

  1. etnografik turizm obekti sifatida, qishloq joylarida milliylikni ko‘proq saqlanib qolganligi va boshqalar.



Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling