Algoritmlar va maʼlumotlar strukturalari


Download 0.5 Mb.
bet1/6
Sana08.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1695514
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza Maʼlumotlar strukturalari ustida bajariladigan amallar


Algoritmlar va maʼlumotlar strukturalari
Mavzu: Maʼlumotlar strukturalari ustida bajariladigan amallar
Reja:
Ma’lumotlarni saqlash
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar strukturalari ustida amallar
Ma'lumotlarni saqlash
Kompyuterning saqlash qurilmalarini uchta asosiy turini ajratish mumkin: oʼta tezkor xotira, operativ xotira va tashqi xotira. Odatda oʼta tezkor xotira registrlardan iborat boʼladi. Registrlar maʼlumotlarni vaqtincha saqlash va oʼzgartirish uchun ishlatiladi. Eng muhim registrlarning baʼzilari markaziy protsessorda joylashadi.
Ma'lumotlarni saqlash
Markaziy protsessor arifmetik amallar argumentlari (operandlari) joylashtirilgan registrlar tashkil topadi. Amallarning oʼzi mantiqiy sxemalar yordamida bajariladi. Registrlar operandlar va amallar natijasini saqlashdan tashqari, dastur koʼrsatmalari va keyingi bajariladigan koʼrsatma haqidagi maʼlumotlarni vaqtincha saqlash uchun ishlatiladi.
Ma'lumotlarni saqlash
Operativ xotira tabiatiga koʼra doimiy boʼlgan axborotni saqlash uchun moʼljallangan. Operativ xotiraning eng muhim xususiyati manzillilikdir: har bir xotira yacheykasi oʼz identifikatoriga ega boʼlib, uni umumiy yacheykalar qatorida bir qiymatli identifikatsiyalaydi. Identifikator manzil deb ataladi.
Ma'lumotlarni saqlash
Koʼpgina hisoblash tizimlarida adreslash birligi bayt - 8 ta ikkilik razryaddan iborat yacheyka hisoblanadi. Muayyan operativ xotira yacheykasi yoki yacheykalar toʼplami maʼlum bir oʼzgaruvchi bilan bogʼlanishi mumkin. Biroq, oʼzgaruvchi ishtirokidagi arifmetik hisoblashlarni bajarish uchun hisoblashlar boshlanishidan oldin oʼzgaruvchining qiymati xotira yacheykasidan registrga oʼtkazilishi kerak.
Ma'lumotlarni saqlash
Aгар ҳисоблашлар натижаси ўзгарувчига таъминланиши керак бўлса, натижа миқдор яна тегишли регистрдан ушбу ўзгарувчи билан боғланган оператив хотира ячейкасига ўтказилиши керак. Дастурни бажариш жараёнида унинг кўрсатмалари ва маълумотлари асосан оператив хотира ячейкаларида жойлашади. Оператив хотира элементларининг тўлиқ тўплами кўпинча асосий хотира деб аталади.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling