Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Download 63.87 Kb.
bet1/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari


1
1.1.Aralash turdagi piodermiyalar klinikasi?
Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar.
Bu kasalliklarni stafilokokk hamda streptokokklar qo‘zg‘atadi. Bunday piodermiyalarga vulgar yoki aralash impetigo va atipik chuqur piodermitlar (yarali va vegetatsiyalanuvchi piodermit, shankrsimon piodermiya va piogen granulyoma-botriomikoma) kiradi. Vulgar yoki aralash impetigoning kelib chiqishida bemorlarda ilgaridan mavjud bo‘lgan, shuningdek qichima bilan kechadigan ikkilamchi kasalliklarning patogenetik ahamiyati katta. Teridagi mayda yara chaqalar, tirnalish, iflos yurish, lab burchaklarini doimo pilchirab turishi aralash impetigo paydo bo‘lishida muhim omillardan hisoblanadi. Ko‘proq bolalar, o‘smirlar va yosh ayollar kasallanadilar. Klinikasi. Vulgar impetigoda yallig‘lanish o‘choqlari aksariyat bemorlarning yuzida, og‘iz va ko‘z burchaklarida paydo bo‘lib, ba’zan butun badanga ham, qo‘l-oyoqlar terisiga ham tarqalib ketadi. Avvaliga biroz qizarib, shishibroq turgan sohalarda streptokokk fliktenasi vujudga keladi. Keyinchalik ular stafilokokklar ta’sirida yiringga aylanadi; tez orada yiring qurib, sarg‘imtir-mis rangli qora qo‘tirlar paydo bo‘ladi. Vulgar impetigoning o‘ta yuquvchanligini nazarda tutib, uni kontagioz impetigo ham deyiladi.
Noto‘g‘ri davo qilinganida yoki zaif va nimjon bolalarda kasallik 1—2 oyga cho‘zilishi mumkin. Bunda bemorning biroz issig‘i chiqadi, ishtahasi buziladi,limfa tugunlari shishib ketadi. Odatda davolash muolajalari o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib borilsa 1 —1,5 haftada misrang qora qo‘tir tushib, o‘rnida vaqtinchalik dog‘ qoladi va bemor tezda sog‘ayib ketadi. Surunkali yarali va vegetatsiyalanuvchi piodermitlar bilan ko‘proq erkaklar og‘riydi. Har xil shikastlanishlar, sovuq urishi, biron kasallik tufayli organizm qarshilik quvvatining pasayib ketishi, gipovitaminoz, ayrim sohalarda qon va limfa aylanishining buzilishi kasallikning kelib chiqishida ma’lum rol o‘ynaydi. Mutaxassislarning fikricha, ayniqsa makroorganizmlarning piokokk infeksiyasiga nisbatan sezuvchanligining zaiflashishi, shu bilan birga ular virulentligining pasayishi infeksiyaning bemor terisida uzoq saqlanishiga olib keladi. Ayniqsa uglevodlar almashinuvining buzilishi bemorlarda surunkali yarali piodermitlarning hadeganda tuzalavermay cho‘zilib ketishiga, tez-tez qaytalashiga va pirovardida mehnat qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday bemorlar qonida fagotsitoz va xemotoksis susayganligi hamda gumoral va xujayra immunitetining buzilganligi kuzatiladi.
Klinikasi. Kasallikning klinik ko‘rinishi juda xilma-xil bo‘lib, asosan qo‘zgatuvchisining virulentligiga (stafilokokk yoki stafilo-streptokokk) bog‘liq. Ba’zan ichak tayoqchasi va ko‘k yiring tayoqchasi ham birgalikda uchrashi mumkin. Surunkali yarali piodermiya. Kasallik streptokokkli ektima, furunkul yoki o‘ziga xos infiltrat paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Ular tezda yaralanib, nekrozlanadi va har xil (oval, yumaloq) shakldagi zararlangan o‘choklar vujudga keladi. Yarali o‘choklarning qirralari infiltratlangan, egri-bugri bo‘ladi, yaralar anchagina seroz-yiring saqlaydi, tubida esa notekis granulyatsiyalangan to‘kima joyla- shadi. Asosiy o‘choqlar periferiyasi bo‘ylab yangi pustulalar paydo bo‘ladi, dastlabki infiltatlar tagi bir-biri bilan tutashib ketadi. Po‘st ostidagi yaralar chetga qarab kengayib boradi va nihoyat po‘st tushib, keng sathli, ochiq yaralar vujudga keladi (36- rasm). Patologik jarayon avval epidermis, so‘ng dermaga o‘tadi, keyinchalik gipodermaga yetib boradi. Kasallik tufayli bemor ancha zaiflashib qoladi, uyqusizlik, kamqonlik alomatlari paydo bo‘ladi. Zararlangan o‘choqlardagi o‘tmas og‘riq bemorning tinkasini quritadi, kasallik hadeganda tuzalavermasdan anchaga cho‘zilib ketadi. Ba’zan keng sohali yaralar yuzasida to‘qimalarning so‘galsimon o‘sishi, ya’ni vegetatsiyasi boshlanadi. Vegetatsiya keyinchalik butun yara o‘rnini egallashi mumkin (surunkali yarali — vegetatsiyalanuvchi piodermiya). Ko‘pincha vegetatsiyalangan to‘qimalar ichida (pustulalar va follikulitlar o‘rnida) fistullyoz yo‘llar bo‘ladi. Ular bir-biriga tutash yoki tutashmagan bo‘lib, ichidan doimo yiring yoki qon-yiring aralash chiqib turadi. Vege- tatsiyalangan to‘qima qizg‘ish-ko‘kimtir va mayin bo‘ladi hamda sog‘lom teridan keskin ajralib turadi. Pilakchalar atrofida doimo qon-yiring to‘planganligi uchun pilchirab turadi. Kasallik surunkali kechib anchaga cho‘ziladi. Regressiyalanish jarayonida yaralar o‘rtasidagi pilakchalar tushib ketadi, vegetatsiyalanish to‘xtaydi, muguzlanadi, yiring ajralmay qoladi. Yaralar o‘rni o‘ydim-chuqur chandiq hosil qilib bitadi. Chandiqlanish kollikvativ teri silidagiga o‘xshab ketadi. Ba’zan patologik jarayon bir tomonda tugasa, boshqa joyda yangidan boshlanadi (serpiginoz yoki emaklovchi yarali piodermiya). Zararlanish o‘chog‘i badan terisining turli joyida, ko‘proq boshning sochli qismi, bilak, yelka va qo‘ltiq atrofi, chov va dumba sohalarida uchraydi. Gistopatologiyasi. Epidermisda distrofik, dermada esa granulamatoz o‘zgarishlar bilan birga surunkali yalliglanish, nekroz va abssesslanish kuzatiladi. Shuningdek epidermisda giperkeratoz, ba’zan parakeratoz va granulotsitlar saqlovchi mikroabssesslar bo‘ladi. Dermadagi perivaskulyar yoki diffuz infiltrat chuqur qavatlarga, hatto gipodermaga yetib boradi. Diagnozi. Kasallikning klinik ko‘rinishi va tarixiga e’tibor beriladi, shuningdek, kollikvativ va so‘galsimon teri sili, chuqur mikoz va blastomikoz, aktinomikoz, sporotrixoz hamda uchlamchi zaxm bilan taqqoslanadi. Shankrsimon piodermiya. Asosan terining bakterial infeksiya bilan zararlanishi hamda uning zaxm (qattiq) shankriga o‘xshash klinik jihatlari borligi E. Gauffman tomonidan (1934 y.) izohlangan. Hosil bo‘lgan yara esa zaxmdagi shankrga juda o‘xshash bo‘lib, hatto yetuk mutaxassislar ham bemor qonini qayta-qayta serologik tekshiruvdan o‘tkazib, yaradan oqish tre- ponema izlashadi. Shankrsimon piodermiyada bakteriologik tekshirish uchun olingan yiringda asosan stafilokokklar, ba’zan streptokokklar ham topiladi. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik, jinsiy olat uchidagi har xil chaqalanishlar, fimoz va boshqa omillar oqibatida teri ta’sirlanadi va eroziya yoki yara vujudga keladi. Shankrsimon piodermiya jinsidan qat’iy nazar kattalarda ham, yosh bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Klinikasi. Kasallik bemorning jinsiy a’zolari (olat boshi, katta hamda kichik uyatli lablar, qin dahlizi va boshqalar), yuzi, lab atrofi va tiliga bir yoki bir nechta ovalsimon yara chiqishi bilan boshlanadi. Odatda, avvaliga pufak paydo bo‘ladi, so‘ngra u eroziyalanadi, asosi biroz infiltratlanib doira shaklidagi yaraga aylanadi. Aksariyat bemorlarda eroziya yuzasi gemorragik po‘st bilan qoplanishi mumkin, po‘st tushib ketganidan so‘ng yana qizg‘ish pushti rangli, ichida biroz yiringi bor yara yuzaga keladi. Yaraga yaqin bo‘lgan limfatik tugunlar kattalashadi (1—2 sm), bu holat ko‘pincha og‘riqsiz kechadi. Ko‘pincha kasallik 2—3 haftada tuzala boshlaydi, ba’zan bir necha oylab cho‘zilishi ham mumkin. Zararlangan o‘chok o‘rni iz qoldirmay yoki yuza chandiq hosil qilib bitadi.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling