Armaturani oldindan tortib mahkamlash. Ko’prik konstruksiyalarining temirbeton elementlarini tashish Reja
Download 329.89 Kb.
|
Armaturani oldindan tortib mahkamlash
Armaturani oldindan tortib mahkamlash. Ko’prik konstruksiyalarining temirbeton elementlarini tashish Reja: 1.Monolit plitali oraliq qurilmalar 2.Zо’riqtirilmagan armaturali qobirg’ali oraliq qurilmalar 3.Yig’ma tо’sinlardagi zо’riqtirilmagan armatura Zо’ritirilgan armaturali plitali oraliq qurilmalar о’zgarmas qalinlikdagi yaxlit plitadan ibort. Oraliqlarning uzunligi 3 … 6 m chegaralarida bо’lganda qо’llaniladi. Egilish va qirqilishga ishlaganda statik sxemasining aniqligi, qurilish balandligi kichikligi (plita qalinligining oraliqqa nisbati 1/12 … 1/16) konstruksiyasining oddiyligi va shu hajmining kichikligi bilan farq qiladi. Bu, armatura, opalubka va beton ishlarining oddiyligi bilan aniqlanadi. Ularning kо’ndalang qiyaligi kamida 15‰ bо’ladi va plitaning qiya joylashishi bilan ta’minlanadi. Monolit plitali oraliq qurilmalardagi kо’prik polotnosi va piyodalar yо’lagining tо’shamasi oddiy bо’ladi: 7 sm qalinlikdagi asfaltobeton, himoyalovchi beton qatlami 3 … 4 sm gidroizolasiya 1 sm, tekislovchi beton qatlami 3 … 4sm. Ularni bо’ylama va kо’ndalang armaturasining profili silliq yoki davriy bо’lgan sterjindan yoki payvandlangan tо’rdan, QMQ 2.05.03-84 da belgilangan konstruktiv talablarga rioya qilgan holda bajariladi. Oraliq qurilmani oraliq bо’ylab armaturalash eguvchi momentlarning aylanib о’tuvchi epyuralarini hisobga olgan holda aniqlanadi va. Oraliqning о’rtasida talab etiladigan ishchi armaturaning yarmi tepaga qayirib qо’yiladi. Bunda uchi 30 … 450 burchak ostida qayriladi. Shunda xomutlar ishlatmasa ham bо’ladi, chunki qayirib qо’yilgan sterjinlar katta kо’ndalang kuch yuzaga keladigan, tayanchlarga yaqin joylarda plitaning qiya va vertikal kesimlarini ishonchli yopadi. Asosiy tо’sinlar oraliq qurilma yuklamaning umumiy ta’siriga ishlaganda, uning asosiy yuk kо’taruvchi elementlari hisoblanadi. Ular odatda diafragmalar yordamida biriktiriladi. Diafragmalar oraliqning о’rtasiga yoki har choragidagi tayanch kesimlarga о’rnatiladi (agar oraliq masofa 4 … 6m dan kam bо’lmasa). Difragmalar oraliq qurilma elementlarining fazoviy ishlashini ta’minlaydi Uzunligi 6 m bо’lgan monolit oraliq qurilmani bо’ylama armaturalash sxemasi qobirg’ali monolit temirbeton oraliq qurilmaning fasadi (a) va kо’ndalang kesimi (b). Asosiy tо’sinlarning oralig’i 12 … 27 m bо’lganda ularning orasidagi masofa – v 1,5 … 2,5 m bо’ladi. Bazan bu masofa 4 … 6 m gacha kattalashtiriladi. Bunday holatda asosiy tо’sinlarning orasiga ikkinchi darajali bо’ylama tо’sinlar о’rnatiladi; ular qatnov qism plitasining oralig’ini kichraytiradi. Bunday oraliq qurilmalarning ikki turi amalda qо’llanadi: Asosiy tо’sinlarning kо’ndalang kesimi T – shaklida bо’lgan diafragmali; Asosiy tо’sinlarning kо’ndalang kesimi T – shaklida bо’lgan diafragmasiz. Monolit о’rkachisimon oraliq qurilmalarning elementlaridagi armatura shunday joylashtiriladiki, u atrofidagi beton bilan yaxshi bog’lanishda bо’lsin, konstruksiyani tayyorlayotganda betonni yotqizishga halal bermasin hamda nam va havo ta’siridan ishonchli himoyalangan bо’lsin. Armatura davriy profilli sterjindan yoki silliq simdan yasaladi. Silliq simli chо’zilgan armaturaning hamma ishchi sterjinlari, ularni betonga ankerlash uchun, uchlarida ichki diametri sterjinning 2,5 ta diametridan kam bо’lmagan yarimaylana ilmoqlar bо’lishi kerak. Aylana simdan yasalgan siqilgan sterjinlarning uchlari, shuningdek chо’zilgan zonadagi davriy profilli sterjinlarning uchlari tо’g’ri ilmoqlar bilan tugaydi. armaturaning alohida sterjinlari (a), armatura tо’rlari (b) va (v, g) sterjinlarning tutashtirish usullari. Kerakli uzunlikni ta’minlash uchun armaturaning alohida sterjinlari elektr yordamida uchma-uch payvandlab tutashtiriladi. Bunda tutashgan joy biroz yo’g’onlashadi (4.4, b – rasm). Kо’ndalang kesimining shakli har xil armaturalarni birlashtirib, uchiga metall quvur kiyg’azib, pachoqlab tashlangan maqqul (4.4, v –rasm). Payvandlangan tо’rlar (4.4, g – rasm) kesishadigan sterjinlardan kontakt payvandlab tayyorlanadi va tayyor holda konstruksiyaga о’rnatiladi. Qо’shni tо’rlar uchrashgan joyda, ular ustma-ust yotqiziladi. Ustma-ust yotgan joy uzunligi 25 sm dan yoki tо’r simining 30 ta diametridan kam bо’lmasligi kerak. Qatnov qismi plitasi uni tutib turadigan asosiy tо’sinlarga va kо’ndalang diafragmalarga qisib qо’yilgan. Monolit va yig’ma diafragmasiz oraliq qurilmalar qatnov qismi plitasi oralig’ining о’rtasida vaqtinchalik yuklamadan musbat ishorali eguvchi momentlar yuzalar, tayanchlarda – manfiy ishorali momentlar yuzaga keladi. Shu munosabat bilan plitaning tayanchlarida armatura uning yuqori zonasida, oraliqning о’rtasida esa – quyi zonasida joylashtirilishi kerak. (4.5 – rasm). Plitaning ishchi armaturasi sterjinlari ximoyalovchi qatlamga qо’yilgan QMQ 2.05.03-84* talablarni xisobga olgan xolda, joylashtirilishi kerak. Bundan tashqari armaturaning minimal diametriga va ular orasidagi masofalarga QMQ 2.05.03-84* talablariga javob berishi kerak. Manfiy ishorali momentlar ta’sir qiladigan uchastkalarda plita ustidagi ishchi armaturalar oraliq uzunligining qismiga yotqiziladi, pastdagi ishchi armaturalar esa tayanchgacha taqaladi. Bunda plitaning 1m eniga yoki oraliq о’rtasidagi quyi armaturaning kesimi yuzasiga uchta sterjen tо’g’ri kelishi kerak. Ishchi armaturaga perpendikulyar joylashtiriladigan taqsimlovchi armaturaning sterjenlari diametri bо’ylama sterjenlar diametrining choragidan kam bо’lmasligi va plitaning 1m eniga kamida tо’rtta о’rnatilishi kerak. Bundan tashqari, taqsimlovchi armatura ishchi armatura bukiladigan hamma joylarda о’rnatiladi Qatnov qism plitasida va oraliq qurilmaning asosiy tо’sinlarida zо’riqtirilmagan armaturani joylashtirish. Konsolning oxiridagi plitaning qalinligi kamida 10 sm,qobirg’alar orasidagi о’rta qismda kamida 15 sm bо’lishi kerak. Diafragmasiz oraliq qurilmalarda qatnov qism plitasi elastic asosdagi uzluksizidan hisoblanadigan tо’sin kabi hisoblanadi. U yuqori va quyi zonalarda payvandlangan tо’rlar bilan armaturalanadi. Oraliq qurilmalarning asosiy tо’sinlari (4.5-rasmga qar) alohida sterjenlar yoki payvandlangan sinchlar bilan armaturalanadi. Ishchi armaturaning diametri kamida 12mm, uning uchun himoyalovchi beton qatlami kamida 3sm bо’ladi. Himoyalovchi beton qatlami alohida sterjenlarnikidek bо’ladi. Sinchning bо’ylama armaturasidagi ishchi sterjenlar 30…60 burchak bilan qayirib qо’yiladi, lekin hamma sterjenning kamida ikkita sterjeni tayanchga taqalishi kerak. Qayrilish radiusi qayriladigan davriy profilli sterjenning 12 ta diametridan yoki silliq sterjenning 10ta diametridan kam bо’lmasliga kerak (4.6 v.b.g-rasm). Qayirib qо’yilgan qо’shimcha sterjenlarni asosiy armaturaning sterjenlariga payvandlab qо’yishga ruxsat etiladi. Bunday holatda har bir sterjenga diametri asosiy bо’ylama sterjenning diametridan ikki barobar kichik bо’lgan, ikkitadan kо’p bо’lmagan qayrilgan qо’shimcha sterjenni payvandlab ulash tavsiya qilinadi Xulosa Manfiy ishorali momentlar ta’sir qiladigan uchastkalarda plita ustidagi ishchi armaturalar oraliq uzunligining qismiga yotqiziladi, pastdagi ishchi armaturalar esa tayanchgacha taqaladi. Bunda plitaning 1m eniga yoki oraliq о’rtasidagi quyi armaturaning kesimi yuzasiga uchta sterjen tо’g’ri kelishi kerak. Ishchi armaturaga perpendikulyar joylashtiriladigan taqsimlovchi armaturaning sterjenlari diametri bо’ylama sterjenlar diametrining choragidan kam bо’lmasligi va plitaning 1m eniga kamida tо’rtta о’rnatilishi kerak. Bundan tashqari, taqsimlovchi armatura ishchi armatura bukiladigan hamma joylarda о’rnatiladi Download 329.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling