19-ma’ruza. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va yig‘ish ishlari. Reja


Download 0.49 Mb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1161626
  1   2   3   4   5
Bog'liq
19-маъруза lotin (1)


19-ma’ruza. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va yig‘ish ishlari.
Reja:
1. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va montaj qilish ishlarini tashkil qilish. Mazkur jarayonlar uchun mashina-mexanizmlar tanlash, ularning texnologik hisoblarini bajarish. Metallokonstruksiyalarni montaj qilish.
2. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va montaj qilish jarayonlarida xafvsizlik texnikasi va ishlar sifatini nazorat qilish.


Kalitli so‘zlar: Yig‘ma temir-beton konstruksiya, tashish va montaj qilish, xafvsizlik texnikasi, ishlar sifatini nazorat qilish.


Qo‘llaniladigan ta’lim vositalari: matnli, tasvirli, audiovizuval, texnik.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ko‘rgazmali ma’ruza, aqliy hujum, insert jadvali.
Adabiyotlar: A1-4, Q1-4, Q11-12.


1. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va elementlarini tashish va montaj qilish ishlarini tashkil qilish. Mazkur jarayonlar uchun mashina-mexanizmlar tanlash, ularning texnologik hisoblarini bajarish. Metallokonstruksiyalarni montaj qilish.

Yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlari inshootlar qurilish maydonlariga avtomobil, taktor yoki ba’zi hollarda temir yo‘l transport vositalarida etkazib berilishi mumkin.


Qurilish ob’ektiga olib kelingan yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlari yig‘ish ishlarini bajaradigan kran ish fronti zonasida joylashtiriladi. Ba’zi hollarda yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalari transport vositasidan olib kran yordamida inshootga uzatilishi va o‘rnatilishi mumkin. Bunda konstruksiyalarni ortiqcha tushirish va ko‘tarish ishlari bo‘lmaydi. Ammo yig‘ma temirbeton konstruksiyalarini tayyorlash va yig‘ish jarayonlari o‘rtasida o‘zaro aniq bog‘lanish bo‘lishi talab qilinadi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlarini tashishda va qurilish maydonida joylashtirishda, ularning ortiqcha silkinishi, zo‘riqishi, zararlanishiga va ishkastlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. SHuninig uchun aksariyat yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlarida, ularni qanday holatda tashish va qurilish maydonchasida joylashtirish bo‘yicha maxsus belgilar qo‘yilgan bo‘ladi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiya va elementlarini yig‘ish beton ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan yoki inshootning texnologik qurilmalarini montaj qiluvchi kran yordamida bajarish mumkin (19.1- rasm. GES yig‘ma temir beton elementlarini montaj qilish sxemasi). SHuning uchun yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlari og‘irligi, yuqorida qayd qilingan qurilish jarayonlaridagi kranlar yuk ko‘tarish qobiliyatlaridan kata bo‘lmasligi shart.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling