Arundo donax L o’simligidan donaksin alkoloidini ajratib olish
Download 95 Kb.
|
tezis J.F.Mahmudov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arundo donax L. o`simligi yer ustki qismining ekstraksiyasi.
ARUNDO DONAX L O’SIMLIGIDAN DONAKSIN ALKOLOIDINI AJRATIB OLISH. J.F.Mahmudov – FarDU magistranti Indol yadrosi saqlovchi alkaloidlar. Indol yoki benzopirrol, bu benzol bilan pirrol halqalarining tutashishidan tashkil topgan kondensirlangan bisiklik sistema bo`lib, u ko`pchilik tabiiy va sintetik dori moddalari kimyoviy tarkibiga kiradi. Shuningdek donaksin alkaloidining asosini ham indol tashkil qiladi. donaksin
Arundo donax L. o`simligi yer ustki qismining ekstraksiyasi. Bizning ob’ektimiz Farg’ona viloyati atroflaridan yig`ilgan Arundo donax L. o`simligi alkaloidlarini tadqiq etishdan iborat. Farg’ona viloyati atroflarida o’suvchi, o`simlikning o`sish davrida terilgan va yaxshilab quritilib, maydalangan o`simlikning yer ustki qismi 8% li ammiak eritmasi bilan namlandi. O`simlik ikki soat davomida dimlandi, va 13 marta ya’ni o’simlik ekstrakti alkaloidga salbiy reaksiya bermaguncha xloroform bilan ekstraksiya qilish davom ettirildi. Olingan xloroformli ekstraklar suyultiriladi, bu ekstraktdan alkaloidlar 10% li sulfat kislota eritmasiga (kislotali eritma alkaloidlarga reaksiya bermaguncha) olinadi. Kislotali eritma filtrlanib, efir bilan chayib yuviladi. So’ngra bu eritma efir ishtirokida muhit ishqoriy bo`lguncha (pH =9) 25% li ammiak eritmasi bilan ishlanadi. Hosil qilingan ishqoriy eritmadan alkaloidlarni xloroform bilan ekstraksiya qilinadi. Xloroformli eritmalar suvsiz kaliy karbonatda quritilib, erituvchilar bilan haydaladi. Ekstraksiya yakunida alkaloidlar yig’indisi ajratib olinadi. Alkaloidlar aralashmasining miqdori quruq o’simlik massasiga nisbatan 0,46 % ni tashkil etadi.
Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling