Atb “agro bank” qumqo`rg`on filyali Reja Kirish


Download 0.93 Mb.
bet1/12
Sana26.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1124849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hisobot Sanjar Xisobot


ATB “AGRO BANK” qumqo`rg`on filyali
Reja


Kirish …………………………………………………………………………
1.“Agrobank” ATB tarixi, tashkiliy boshqaruv tuzilishi va meyoriy xuquqiy hujjatlari………………………………………………………………….
2. “Agrobank” ATBtomonidan kо’rsatilayotgan xizmatlar va ularni rivojlanishi……………………………………………………………….
3. “Agrobank” ATBning faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari………………………………………………………………….
4. “Agrobank” ATB rivojlanishidagi zamonaviy tendesiyalar………….


Xulosa

Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Respublikamizda amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalqaro standart talablariga javob beradigan zamonaviy moliya-bank tizimi shakllanyapdi.Shu nuqtai nazardan О’zbekistonRespublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholiva tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashiriniqtisodiyot”dan tо’liq xalos bо’la olmaymiz. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bо’yichabelgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari о’rtasida samarali vaо’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur” O’zbekiston Respublikasining demokratikdavlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga o’tilishida bank tizimining o’rni beqiyosdir.Moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosan milliy ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos.
Men AKTSIM 111-17 guruh talabasi Ismoilov Jahongir Baxtiyor o’g’li 4-kurs amaliyotimni “Agrobank” ATBning Sherobod filialida o’tadim. Amaliyot davrida universitet tomonidan berilgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi talablari asosida ishlab chiqilgan dasturda ko‘rsatilgan mavzularni amaliy jihatdan o‘rgandim.
Amaliyot davomida:

  • amaliyot o’tayotgan tijorat bankining tashkiliy tuzilmasining me’yoriy huquqiy asosini jumladan, bank tizimi, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar;

  • bankning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslari;

  • bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, so‘ngi yillardagi tijorat banklari tomonidan amalga oshiralayotgan kredit operatsiyalariga doir iqtisodiy ko‘rsatkichlar va statistik ma’lumotlar;

  • bankning front office bo’limi va ko’rsatiladigan innovatsion xizmatlar;

  • bankning back office bo’limi va ko’rsatiladigan xizmatlar holati;

  • bank tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlarni kreditlash tartibi;

  • bankning chakana xizmatlar bo’limi faoliyati va ularing ishlash mexanizmi;

  • tijorat banklari ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishdim va ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rgandim.

Shuningdek, bankning mijozlar bilan ishlashda o’ziga xos uslubi bo’lib, bu uslub bank mijozlariga to’liq va sifatli xizmat ko’rsatish imkoniyatini yaratib beradi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxassislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi, shuningdek bankda mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlar,tashkiliy ishlar a’lo darajada yo’lga qo’yilgan. Tanishuv amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish mendamalakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.
Agrobank” ATB tarixi, tashkiliy boshqaruv tuzilishi va meyoriy xuquqiy hujjatlari
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida iqtisodiy o’zgarishlarni chuqurlash, paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlariga bank xizmatlarini yaxshilash, ushbu sohada hisob-kitoblarning yangi shakllarni takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 27 iyul 1995 yildagi 294 sonli qaroriga binoan Respublikaning AT “O’zagrosanoat banki” asosida ixtisoslashgan AT “Paxtabank” tashkil qilindi. 30- mart 2009 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1084 sonli qarori bilan “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Agrobank” ATB ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilindi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar bo’yicha, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’lari saqlanishi va o’z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi talablar bo’yicha “Paxtabank” ATBning huquqiy vorisi hisoblanadi. Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 183 ta tuman va shahar filiali, 271 ta mini banki, 198 ta maxsus kassasi, 187 ta shoxobchalari orqali 200 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,5 millionga yaqin jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‟rsatib kelmoqda.Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.2010 yilda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom hususiy sektorni rivojlantirish assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritildi. «VISA International» xalqaro to’lov tizimiga a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsessing markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Agrobank Osiyo Tinch okeani qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasining teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo - Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasiga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirilgan edi. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank SWIFT jahon banklar aro moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling