Axborotlashgan jamiyatda inson ongi uchun kurash
Download 54.19 Kb.
|
AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSON ONGI UCHUN KURASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
- Axborot xavfsizligi
- Axborot-psixologik xavfsizlik
AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSON ONGI UCHUN KURASH Reja: 1. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun-mohiyati. 2. Axborot oqimi va axborot madaniyatining shakllanish tendensiyalari. 3. Axborotlarning shaxs his-tuyg’ulariga ta‘sir muammolari. 4. Axborotlashgan jamiyatda inson ongi uchun kurash. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Bugungi davr jamiyatlar o‘zaro faol integratsiyalashayotgan, axborot texnikasi, komunikatsiya, texnologiyalar rivoji globallashayotgan bir so‘z bilan aytganda globallashuv va axborotlashayotgan jamiyatlar qaror topayotgan davrdir. Axborotlashgan jamiyatning qaror topishi tezlashayotgan davrda uni har tomonlama o‘rganishimiz biz uchun tobora hayotiy zaruratga aylanib bormoqda va bunday jamiyat kelib chiqish tarixi, sabablarini o‘rganishimiz ham kun tartibidagi asosiy masalardan biridir zero bugungi kunda biz ham shu jamiyat tomon astasekin yuzlanmoqdamiz. Insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab to bugungi asrga qadar turli xil rivojlanish yo‘llarini bosib o‘tib svilizatsiya nomini oldi. Rivojlanish davrining eng ibtidoiy davridan hozirgi rivojlangan davrigacha axborot insoniyatning regulyativ vazifasini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etdi. Axborot insonning gnesiologik-ratsional, irratsional bilimlarning asosini tashkil qiladi. Axborot qadimdan isonlarning tur sifatida yashab qolishiga va keyingi evolyutsiyasida muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlabgi axborot shakli intuitiv tarzda rivojlangan ya‘ni o‘zini saqlab qolishga intilish shaklida, keyinchalik insonlarda yig‘ilgan axborotlar jamlanib nutq ko‘rinishini olgan bu insonlar orasidagi eng dastlabgi buyuk integrativ va aloqa shakli hisoblanib, insoniyat tarixidagi dastlabgi ongli muloqot davrini boshlab bergan.Insoniyat ongining muhim xususiyatin shundaki u axborotlarni ya‘ni informatsiyalarni saqlash, qayta ishlash, uzatish, berilgan axborotlar asosida ong ma‘lumotlarni ya‘ni o‘z-o‘zini qayta ishlash va o‘zgartirish xususiyatiga ega.Insonlarda muloqot paydo bo‘lishi axborotning og‘zaki shaklini vujudga keltirdi. Insonlarning tevarak olamni teranroq tushunishga intilishi rasmlar va shakillar yaratilishiga, bu esa ma‘lum ma‘nolarni ifodalovchi iyegroflarni ya‘ni ―fikr‖ ―axborotini‘‘ shakillantirdi iyegroflar yozuvlarni yaratilishigaga olib keldi, rivojlanish asosan axborotlarning to‘planishi tufayli sodir bo‘ldi. Yozuvning kashf etilishi axborotning muloqat shakli bilan birgalikda yozma shaklini ham vujudga keltirdi. Yozuv axborotning funksiyalari [saqlash, to‘plash, uzatish] taraqqiyotini tezlashtirib insonlar o‘rtasidagi aloqani yangi bosqichga ko‘tardi va bu fan, estetik, etik, ratsional bilimlarning qaroror topishiga, jamiyatlarning taraqqiylashuvi muhim turtki berdi. Yozuvning nutq axborotidan farqli jihati makon[masofa] va zamon[vaqt] nuqtayi nazaridan cheklanmaganligida. Yozuv axboroti axborotning shu paytgacha bo‘lgan funksiyalari, vazifalariga yangicha yo‘nalish va takomillashtirish olib kirdi shuningdek davlat boshqaruvi funksiyalarini murrakab, kengroq ko‘lamga olib chiqdi. Masalan dastlabgi yozuvlar yaqin sharqda old Osiyoda [Finikiya aifbosi] 2 vujudga kelgan bo‘lsa aynan shu hududlarda dastabgi Jamiyat a‘zolari uchun bajarilishi va bilishi shart hisoblangan yozma axborot – Qonun ishlab chiqildi [Xamurapi qonunlari – Bobil Old Osiyo] va amalda jamiyat ustidan nazorat qilish , boshqarish uhun qo‘llanildi. Insoniyat taraqqiyotida ilk fanlar tasnifini vujudga kelishi, rivojlanishi (xususan Qadimgi Yunonistonda – Antik davr) - axborotning insonlarga beradigan vazifa, mazmuniga ham jiddiy ta‘sir ko‘rsatdi, ma‘lum vaqtlardan so‘ng dastabgi fanlar vujudga kelib bu fanlar zarur bo‘lgan axborotlardan foydalanish uchun dasturamal vazifasini bajargan. Insonlar yozuvdan foydalanishni boshlagandan so‘ng dastab qo‘lyozma, tarixiy yilnoma, shunga o‘xshash bitiklar va eng muhimi dastlabgi yozma axborot kitobdan foydalanishga boshlanib bu insoniyatning ong va bilim darajasini yuqori bosqichga olib chiqdi. Avvallari axborot birlik ya‘ni tor ma‘noda asosan ma‘lumot olishberish shaklida bo‘lgan bo‘lsa endilikda axborot kengroq insonda falsafiy,axloqiyestetik, boshqaruv, iqtisod va boshqa bilimlarni rivojlanishiga qaratildi. Dastlab kitoblardan chegaralangan darajada foydalanilgan, o‘rta asrlar davriga kelib 1445- yilda Ioan Gutenberg kitob bosish dastgohini kashf etishi bilan bu jaroyon insonlarni qamrab olish darajasini yuqori darajada oshirdi. Kitob bosish dastgohini ixtiro etilishi zamonaviy yozma axborot tizimlarining chinakam asosi bo‘lmish matbuotning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Aloqa voitalari, radio, televideniya, zamonaviy texnologiyalar paydo bo‘lgunga qadar matbuot asosiy axborot tarqatuvchi vazifasini bajardi. Axborotga bo‘lgan kuchli ehtiyojning vujudga kelishi XV-XVI asrlarda yangi bilimlarning, dunyoqarashning vujudga kelishi, shuningdek, Buyuk geografik kashfiyotlar omili sifatida ko‘riladi. Aynan shu davr bugungi axborot turlariga shakl, mazmun-mohiyatan negiz hisoblanadi. Keyingi davlarda axborotning asosiy manbasi yozma axborot vositalari hisoblangan bo‘lsa, ilm-fan yutuqlari, yangi texnologiyalar kashf etilishi, yangicha dunyoqarash, insonlarning asta-sekin globall komunikativ va integratsion aloqalarga, agrar jamiyatdan - industrial jamiyatga bo‘lgan qadam yangicha axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni ortirdi, natijada dastlab radio keyinchalik esa televideniya-telekomunikatsiyalar yaratilishiga olib keldi. Televideniya insonlarning eng muhim va ommabob axborot vositasiga aylandi. Telekomunikatsiya, aniq fanlar , EHM , kibernetika sohalarining taraqqiyoti axborotning global tarzda ommalashuvi , rivojlanishini osonlashtirdi. Bu sohalarning taraqqiyoti asosan G‘arbiy yevropa davlatlarida ertaroq kechdi sababi bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti, ilmiy muhit va liberal munosabatlarning boshqa mintaqalardan avvalroq qaror topgani. Keyingi davrlarda davlat va jamiyatlar taraqqiyoti uning axborot resurslari bilan qanchalik ta‘minlanganligiga qarab belgilanib-axborotlashgan jamiyat tushunchasi qo‘llanila boshlandi. Axborotlashgan jamiyat a‘tamasi o‘tgan asirninng 60-70 yillaridan Yapona va Amerikada qo‘llanila boshlagan. Asosan axborotni olish, saqlash, yig‘ish, uzatish imkoni yuqori bo‘lgan, rivojlangan axborot texnologiyalari, komunikatsiyasiyalari, axborot infratuzilmalariga ega jamiyatlarga nisbatan ―Axborotlashgan jamiyat‘‘ tushuchasi qo‘llaniladi. Bu tushunchaning aniq bir gneosiologik, empirik va falsafiy muqobil ta‘rifi yo‘q. Uning kelib chiqishiga oid turli xil qarashlar mavjud 3 masalan ―Axborotlashgangan jamiyatning‘‘ kelib chiqishi sanoat inqilobi davriga to‘g‘ri keladi bu davrda ishlab chiqaruv avtomatlashtirilgan, uzoqqa tashish imkoniyati mavjud bo‘lgan, zamonaviylashgan tizimlar tendensiyalar nazorat qilish aloqa o‘rnatish, masofadan boshqarishni taqazo etgani bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Steinfeld va Salvaggio axborotlashgan jamiyatni 5 ta yo‘nalishga bo‘ladi bular: Iqtisodiy (ishlab chiqarish), iste‘mol, texnologik, tanqidiy va ko‘p o‘lchovli. Faylasuf R.B. Abdiyev fikricha Axborot hodisasini tushuntirishda ikki xil bahs-munozaralar mavjud bo‘lgan. Axborotning atributiv va funksional tushunchalari bir-biriga qarama-qarshidir. ―Atributistlar‖ axborotni barcha moddiy obyektlarga xos xususiyat, materiyaning atributi sifatida kvalifikatsiya qiladi. ―Funksionalistlar‖ esa, aksincha, axborotni hayotning paydo boʻlishi bilangina paydo boʻlgan deb hisoblab, oʻz-oʻzini tashkil etuvchi tizimlar faoliyati bilan bogʻlaydilar Daphne R. Raban , Avishag Gordon , Dorit Geifman olimlar jamoasining fikricha: ―Axborot jamiyati‖ atamasining evolyutsiyasini ko‘rib chiqish shuni ko‘rsatadiki, bizning fikrimizcha hudud yadro va periferiya aniqlanishi mumkin bo‘lgan darajaga yetdi deb ta‘rif beradi. Axborolashgan jamiyat tushunchasini izohlashga bo‘lgan ta‘riflar oxirgi 30-yil mobaynida turli xil shakillarni oldi. Ko‘pgina faylasuf-olimlar, tarixchilar tarixdan to bugunga qadar bo‘lgan insoniyat rivojlanish bosqich dinamikasini (svilizatsiyani) uch bosqichga bo‘lishgan bular; agrar svilizatsiya, postindustrial svilizatsiya va industrial svilizatsiya. Bugungi axborotlashgan jamiyatga - to‘rtinchi to‘lqin yoki to‘rtinchi svilizatsiya sifatida qaralmoqda. Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash mumkinki butun dunyoda AKT texnologiyalari, raqamli iqtisodiyoti, avtomatlashtirish rivoji, umumiy axborot texnologiyalari taraqqiyoti kishilik jamiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Tarix shuni ko‘rsatadiki har bir kishilik jamiyati yangi bosqichiga o‘tilishi evolutsion, tadrijiy yo‘sinda amalga oshadi. Har bir yangi bosqichda yangi kasblar, yangi odatlar, yangicha san‘at, fan, madaniyat, siyosat, maorif, axloq, yangicha dunyoqarash vujudga keladi. Axborotlashgan jamiyatga o‘tishni bugungi kunda ayrim davlatlar davlat dasturi darajasiga ham kirgizishmoqda. Bu jamiyatga qadam tashlash ko‘pgina sohalarda sifat va miqdor jihatdan ustunlikni ta‘minlashga yordam beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek axborotlashgan jamiyat ko‘pgina sohalarga inovatsion taraqqiyot bag‘ishlaydi xususan insonlarning ijtimoiy, madaniy hayotiga ham. Jumladan bizning yurtimizda ham insonlarni oliy o‘quv yurtiga qamrab olish, ta‘lim tizimini raqamlashtirish, inovatsion ta‘lim muassasalarini tashkillashtirish, fuqarolar erkinligi va huquiy ongini yuksaltirish, erkinlik, ochiqlik, va oshkoralik, fuqarolarni davlat boshqaruvida yalpi ishtirok etishini ta‘minlashda axborot texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmoqda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni 4 ishlab chiqarish, unga "ishlov berish", saqlash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat"; "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saqlash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir"; "Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’riflar berilgan. Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon qilingan. «Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni taqdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng qo‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya‘ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun‘iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma‘naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a‘zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi43 . 2006 yilning BMT Bosh Assambleyasi Butun jahon axborot jamiyati yili deb e‘lon qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligidan dalolat beradi.Hozirgi davrda dunyodagi barcha davlatlarning axborotlashgan jamiyat tomon intilishi kuzatilmoqda. 5 Globallashuv tufayli odamlar bir lahzada o‘zini qiziktiradigan axborotni darhol olish, unta egalik qilish imkoniyatiga ega. Tabiiyki, zamonaviy sharoitlarda ―yangicha deb ataluvchi OAV — saytlar, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi maydonchalar, videoxosting-platformalar uchun qulay muhit yaratdi. Shu bilan bir qatorda, raqamli media-mahsulotning jadal oʻsishi sharoitida avvalgi, anʼanaviy ommaviy axborot vositalarining kelajagi faol muhokama qilina boshladi. Hatto internet va ijtimoiy tarmoqlar keng rivojlanayotganidan kelib chiqib, matbuot, yaʼni bosma nashrlarga ehtiyoj bormi, degan fikrlar ham aytilyapti. 6 Shu nuqtayi nazardan matbuotdan, yaʼni bosma nashrdan uzilish kabi histuygʻularga berilish mantiqqa sira toʻgʻri kelmaydi. Avvalo, u hali oʻz funksiyalarini bajarishga — jamiyatdagi muammolarni koʻtarib chiqish, odamlarning ijtimoiy va siyosiy ongini yuksaltirish, faollashtirish, fikrlash, tanqid va tahlil qilish salohiyatini oshirishga xizmat qilish kuchiga ega. Qolaversa, matbuot jamiyatning yuzi, oynasi demakdir.Internet bugun qanchalik ommalashmasin, hali hamma ham undan toʻlaqonli foydalanish imkoniga ega emas.Jamiyatda axborotni anʼanaviy OAVdan olishni maʼqul koʻruvchi insonlar koʻpchilikni tashkil etadi. Buning ustiga, elektron OAV va veb-saytlar, messenjerlar xabarlarni tez tarqatsada, matbuot voqealar rivojini, mazmunini, mohiyatini sharhlab beradi. Bu bilan aholining ijtimoiy-siyosiy savodxonligini oshirishda katta rol oʻynaydi. Mutaxassislar fikricha, insonning miya faoliyati maʼlumotni elektron doska va monitorlarga qaraganda qogʻoz vositalari, xususan, gazeta, jurnal va kitoblardan oʻqiganda koʻproq hamda samaraliroq qabul qiladi. Nur taratmagani bois gazeta va jurnal yoki kitob sahifalariga uzoq vaqt qarash, ularni sinchiklab oʻqish, saqlab qoʻyish va kerak boʻlganda yana koʻz tashlash qulay. Qolaversa, har qanday matbuot nashri tarixning bir boʻlagiga aylanadi.Yillar oʻtib, kelajak avlod maʼlum bir davr haqida maʼlumot olmoqchi boʻlsa, shubhasiz, oʻsha paytda chop etilgan gazetalarga murojaat qiladi. Shu orqali zamon nafasini, haroratini his etadi. Bas, shunday ekan, mushtariylarning diqqatini jalb qilishda matbuotning rolini aniqlash, yaʼni bugungi sharoitda u qanday strategiyani egallagani, oʻz oldiga qanday maqsad qoʻygani va qaysi yoʻlni maqsadga muvofiq, deb hisoblashi oʻta muhim. Taassuflar boʻlsinki, bizning jamiyatimizda shunday holat yuzaga keldiki, tobora kuchayib borayotgan axborot ―shovqini‖ orasida raqamli muhitda kundankun urchiyotgan tinib-tinchimas ―baqiroqlar‖ning ovozi eshitilyapti, xolos. Ular, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan voqealarni mensimay, barcha bosma mahsulotlar — gazeta, jurnallar va hatto kitoblar kerakmi, degan shoshqaloq xulosalar chiqarishga shoshilmoqdalar. Bunday qarashlarning bemaʼniligi, haqiqiy hayotdan juda uzoqligi haqida koʻp toʻxtalib oʻtishga hojat yoʻq. Balki bu gap-soʻzlarni aytayotganlar tabiiy landshafti turli-tuman boʻlgan Vatanimizning eng olis qishloqlarida ham internetdan aʼlo darajada foydalanish imkoni mavjud, deb oʻylashar.Lekin boshqalarda, hatto poytaxt Toshkent markazida ham internet tezligini megabit/sekundlarda emas, megabit/soatlarda oʻlchashga toʻgʻri kelishi mumkin. Bundan tashqari, smartfon va kompyuterlardan foydalanmaydigan kishilar qatlami ham mavjudligini unutmaslik lozim. Ayni shu paytda biz rivojlangan, deb hisoblaydigan mamlakatlarda (ularning koʻpchiligi oʻz fuqarolarining savodxonligi, bilimi tufayli rivojlangan!) matbuot oʻzining tiklanish davrini kechirmoqda. Britaniyalik media ekspert va qator nashriyotlar asoschisi Jeremi Lesli boʻlsa, bosma nashrlar — gazeta va jurnallar uchun oltin asr boshlanmoqda, deb hisoblaydi. Yevropa va Amerikada 7 bosma nashrlarning adadi sekin-asta koʻpaymoqda, Osiyoda esa — nihoyatda ortib ketdi. Texnologiyalar va taraqqiyot darajasi eng yuqori hisoblanuvchi Yaponiyada odamlar bir nechta bosma nashrlarga obuna boʻlishadi. U yerda gazetalar millionlab nusxada chop etiladi. AQSHda 2020-yili kundalik gazetalar adadi ish kunlarida 24,3 million nusxani, yakshanba kunlari esa 25,8 million nusxani tashkil etgan. Shubhasiz, bu nashrlarning raqamli auditoriyasi ham ortib bormoqda. Amerikaning 50 ta yetakchi gazetasi saytlariga bir oyda oʻrtacha 13,9 million kishi tashrif buyuradi. Vaholanki, bu saytlardan maʼlumot olish tekin emas. Xoʻsh, bizdachi?Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda mamlakatimizda 637 ta gazeta chiqqan. 2021-yil 1-yanvariga kelib, ulardan 366 tasi qolgan. Chop etilayotgan gazetalarning soni deyarli 2 baravar kamaygan. Bu hali ―adad‖ deb yuritiladigan boshqa bir muhim koʻrsatkich emas, u rasmiy statistikada keltirilmagan. Bu raqamlar boʻyicha esa yoʻqotish juda katta... Bugungi kunda butun dunyoda eng dolzarb boʻlib turgan masala — maʼrifat masalasi. Dunyodagi borki talatoʻplar zamirida ham aynan maʼrifatsizlik turibdi. Maʼrifat — ilm degani, maʼrifat — maʼnaviyat degani .Maʼrifat, avvalo, mutolaadan boshlanadi. Hatto eng rivojlangan davlatlar ham bugun maʼrifatga qaytadan murojaat qilayotgani bejiz emas. Matbuot oʻzining toʻrt asrlik tarixi davomida yuksalish va tanazzul bosqichlarini bosib oʻtgan. XX asrga kelib, u oʻzining yangiliklar ―monopolisti‖ sifatidagi maqomini yoʻqotdi. Lekin oʻzgarishlarga moslasha olishi tufayli koʻplab insonlar uchun axborot manbai va hamsuhbat boʻlib qoldi. Prezidentimiz yangi Oʻzbekistonning yangicha islohotlari asosiy yoʻnalishlarini hayotiy misollar va dalil-isbotlar bilan asoslab, tahlil qilib, izohlab berar ekan, inson huquqlari va erkinliklarini, soʻz erkinligi va matbuot erkinligini hamda oshkoralikni eng muhim ustuvor yoʻnalish sifatida alohida taʼkidlab oʻtadi. Shu nuqtayi nazardan, bugun oʻzbek matbuoti hadik va loqaydlikni ortda qoldirib, faol pozitsiyani egallayotganini ishonch bilan ayta olamiz. Ayrim gazetalar bu yoʻldan ildam bormoqda. Buni koʻrmaslik, sezmaslik mumkin emas. Erkin va teran fikrlaydigan, hayotni haqqoniy va xolisona yoritayotgan gazetalar va jurnalistlar safi tobora kengayib boryapti. Matbuot axborotning sifati, keltirilgan dalillar haqqoniyligi, fikrlar puxta oʻylanganligi kabi ijobiy imkoniyatlarini ishga solib kelyapti. Haqiqat muzeydagi eksponat singari noyob narsaga aylangan bir davrda gazetalar, agar oʻzining anʼanalariga sodiq qolsa, yolgʻondan charchagan auditoriya koʻzi oʻngida media industriyani reabilitatsiya qilishga qodir. Butunjahon gazeta va yangiliklar assotsiatsiyasi (WAN-IFRA) maʼlumotiga koʻra, sayyoramizdagi katta yoshli aholining 40 foizi har kuni aynan gazeta oʻqishni davom ettirmoqda. Axborotni aynan qogʻoz koʻrinishidagi manbadan olish, ayniqsa, oʻqimishli, mulohazakor qatlam, ziyolilarning qismatidir.―The New York Times‖ kolumnisti Nelli Boulzning fikricha, raqamli muloqot oʻz ahamiyatini 8 yoʻqotmoqda. Odamlarning bevosita uchrashuvi, suhbati hamma intiladigan jarayonga aylanmoqda. Ana shu anʼanalar oʻz vaqtida ―Rospechat‖ kompaniyasining sohaviy maʼruzasida qayd etilgan. Unda keltirilishicha, gazetaning qogʻoz versiyasi har qanday mamlakatda sifatli bosma nashr hisoblanib, elita mahsulot sifatida eng ilgʻor qatlamga moʻljallangan va imkoni boricha uzoq vaqt, ideal sharoitda esa — hamisha chiqib turishi lozim. Shubhasiz, matbuotning koʻp asrlik anʼanalari va zamonaviy qadriyatlari yangi Oʻzbekiston uchun muhim va zarur. Negaki, mamlakatimizda ochiqlik kursi eʼlon qilindi, maʼrifat esa eng asosiy qadriyatlardan biri, deya belgilandi. Biroq bu sohaga munosabatni oʻzgartirish, oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini isloh qilish, huquqiy asoslarini takomillashtirish va infratuzilmani tubdan yangilash talab etiladi. Bunga sarflanadigan xarajatlar, albatta, oʻzini oqlaydi, chunki ular amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati haqida xabardor qilish, bu yoʻldagi qiyinchiliklarni hal etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, maʼrifatga yoʻnaltirilgan. Oʻzbek matbuoti shonli tarixga ega. Soʻnggi bir yuz ellik yildan ortiqroq vaqt davomida mamlakatimiz hududida yuz bergan barcha muhim voqea va hodisalar gazetalar sahifalarida muhrlangan. Millatimiz ziyolilari xalqimizni aynan gazetalar orqali taraqqiyotga yetaklagan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan, maʼrifat va maʼnaviyatga katta eʼtibor qaratilib, uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida qatʼiy saʼy-harakatlar olib borilayotgan yangi Oʻzbekistonda bu orzularning ham amalga oshishi muqarrar. Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta‘sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta‘sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma‘naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq. Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning qo‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni 9 boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‘p mehnat, u qadap ko‘p harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi. Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirib yubormoqda. Taraqqiy qilgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o‘zlari shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin.Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. 50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‘tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta‘sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta‘sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika qit‘alariga to‘g‘ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o‘smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‘natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‘lib, har oyda o‘rtacha 201,4 trln. videorolik ko‘rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‘natiladi. Inson har qanday ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-ma‘naviy tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga axloqiy qadriyatlarning, yoki, umumlashtirib aytganda, o‘z millati, jamiyati, madaniyati, butun insoniyat madaniy kodining birdan-bir sohibidir. Tarkibida fan, ishlab chiqarish, siyosat, madaniyat va boshqa sohalarda chinakamiga kuchli shaxslar bo‘lgan taqdirdagina jamiyat qudratga to‘ladi. Ularni jamuljam qila bilgan va ularning ijodiy hamda jismoniy imkoniyatlaridan to‘g‘ri 10 foydalana olgan har qanday jamiyat rivojlanish bobida yuksak darajalarga erishadi. Individ shaxs sifatida axborot-psixologik ta‘sirga nishon bo‘ladigan yagona ob‘ektdir. Hamma gap shundaki, faqat ugina ijtimoiy ongga ega bo‘lib, ta‘sir aynan shu ongga qaratiladi. Shuning uchun ham biz individni uning psixologik sifatlari va unga ko‘rsatiladigan axborot ta‘siri nuqtai nazaridan uchta asosiy mazmunda ko‘rib chiqsak, to‘g‘ri bo‘ladi: birinchidan, u maqsadli yo‘naltirilgan axborot-psixologik ta‘sirga duchor qilinadigan bosh ob‘ekt hisoblanadi; ikkinchidan, ayni bir paytda u ijtimoiy axborot bobida birdan-bir ishlab chiqaruvchidir; uchinchidan, u axborot tajovuzidan davlat va jamiyat tomonidan himoya qilinishga muhtoj sub‘ektdir. Birinchi toifaga mansub odamlar (shunday ma‘lumotlarning iste‘molchilari) har bir jamiyatda ko‘pchilikni, ikkinchi toifa odamlar (ya‘ni ommaviy axborotni ishlab chiqaruvchilar) esa kamchilikni tashkil qiladi. Ushbu muammoni ravshanroq tassavvur qilishimiz uchun shu ikki toifaga doir qisqacha tushuntirish berib, ularni ajratib ko‘rsatish zarur bo‘ladi. Ommaviy axborotni ishlab chiqaruvchilar sirasiga o‘z mamlakati va xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini ommaviy axborot bilan ta‘minlab turuvchilar: muayyan jamiyatning rahbar doiralari, deputatlar, jurnalistlar, o‘qituvchilar va boshqalar kiradi. Qolgan barcha odamlar ommaviy axborotni qabul qiluvchilar hisoblanadi. Bu hali gapning hammasi emas. Shuni ham ta‘kidlash lozimki, ommaviy axborotni o‘z auditoriyasiga etkazish bilan kasbiy jihatdan shug‘ullanadiganlarning kattagina qismi (jurnalistlar, o‘qituvchilar) o‘zlari axborotni turli manbalardan olib, qayta ishlab, shundan keyingina boshqalarga yoyadilar. Hech kimga qaram bo‘lmay, faqat bevosita ishlab chiqaruvchigagina bog‘liq bo‘lgan, professional jihatdan yuksak darajadagi dastlabki axborotni tayyorlash bilan har bir jamiyatda kamsonli kishilar davrasi shug‘ullanadi. Bunday insonlarga o‘zga axborot bilan ta‘sir ko‘rsatish qiyin, chunki o‘z bilimlari, kasblari va egallab turgan lavozimlari tufayli ular kuchli ijtimoiy immunitetga ega bo‘lib, boshqa axborot manbalaridan keladigan ma‘lumotlar ta‘siriga deyarli berilmaydilar. Demakki, har qanday davlat fuqarolarining aksariyat ko‘pchiligi asosan axborotni iste‘mol qiluvchilardir. Shu tariqa uchinchi va asosiy muammo – individni axborot-psixologik muhofaza qilish zaruriyati kelib chiqadi. Birorta jamiyat o‘z a‘zolariga ommaviy axborot manbalarining, buning ustiga nafaqat xorijiy, balki o‘z vatani axborot vositalarining ta‘sirini e‘tibordan chetda qoldira olmaydi. Shu bois davlat faqat axborot-psixologik ta‘sir ko‘rsatiladigan ob‘ekt bo‘libgina qolmasdan, ayni bir paytda o‘z fuqarolarini ularga yot axboriy ta‘sirdan himoyalash tashkilotchisi hamdir. Insonning psixologik holati uning dunyoqarashiga, g‘oyalari, dini, e‘tiqodi, jamoaviy va javobgarlik tuyg‘usi, moddiy ahvoli, ehtiyojlarini qondirishi va boshqa jihatlarga bevosita bog‘liq. U qanchalik bilimdon bo‘lsa, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini shunchalik yaxshi tushunadi va har qanday tasodifiy, ishonchsiz axborotlarga qarshi shunchalik puxta qurollangandir. Bilim inson 11 dunyoqarashining va ma‘naviy-psixologik ahvolining asosi hisoblanadi. Oilada va do‘stlar davrasida, maktabda va oliy o‘quv yurtida, mahalla va ishlab chiqarish jamoasida olinadigan bilim negizida individda o‘zi va yaqin odamlari inson hurmati joyiga qo‘yiladigan, fazilatlari munosib baholanadigan jamiyatda yashayotganliklari to‘g‘risida muayyan g‘oyalar, imon, e‘tiqod tarbiya topadi. “Axborot xavfsizligi: 1. Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodif yoki qasddan qilingan tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi. 2. Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish ob’ekti, ma’lumotlarni uzatish tarmog’i va boshqalarni) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda axborotning konfidentsiallik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo’lib qolishini ta’minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi. 3. Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi, nusxa olinishi, o’zgartirilishi, oshkor bo’lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi. Konfidentsiallik, butunlik va kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo’lib hisoblanadi. 4. Axborot munosabatlari sub’ektiga zarar etkazish mumkinligi bilan bog’liq bo’lgan xavf ehtimolining yo’qligi. 5. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot sohasida muhofaza qilinganlik holati. 6. Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: konfidentsiallik, butunlik va kirishimlilik osonligi. Konfidentsiallik nozik axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta’minotning aniqligi va to’liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Kirishimlilik osonligi – bu axborot va asosiy xizmatlarning foydalanuvchi uchun kerakli paytda foydalanish osonligini ta’minlash. 7. Axborot va qo’llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi. Bunda tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun’iy tavsifga ega bo’lgan va axborot va qo’llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga zarar etkazish mumkin bo’lgan ta’sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan” . “Axborot-psixologik xavfsizlik: Fuqarolar, ularning alohida guruhlari va ijtimoiy qatlamlari, shuningdek umuman olganda aholini salbiy axborot-psixologik ta’sirlardan muhofaza qilinganlik holati”. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi: (“Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni, 13-modda): “Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko’rsatilishidan himoya qilish yo’li bilan ta’minlanadi. Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi. Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon etkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ruyobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi. Fuqarolar to’g’risidagi axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar. Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo’ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin”. XULOSA Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, axborot arabcha "xabar" so‘zidan olingan bo‘lib, "darak", "ma‘lumot", "ovoza", degan ma‘nolarni anglatadi. Shu tariqa bugungi kunda axborot deganda biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida darak, ma‘lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali yetkazish yoki ovoza qilish tushuniladi. AKTni rivojlantirish va uning natijalaridan mamlakat hayotining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyun kuni «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni e‘lon qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad - mamlakatimizda AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chikaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, AKT mahsulotlapri eksportini kengaytirish, maxalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishni tashkil etishdan iboratdir. ―Ommaviy axborot vositalarini «toʻrtinchi hokimiyat‖ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Bu boradagi eng muhim yutugʻimiz shuki — biz jamiyatimizda ―yopiqlik muhiti‖dan qutulib, Yangi Oʻzbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz». Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimida aytgan ushbu soʻzlari mamlakatimiz ochiqlikka yuz tutgani, bunga ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy mahorati va qatʼiyati yordamida erishilayotganini aniq koʻrsatib turibdi. Keyingi besh-olti yil Oʻzbekistonning media sohasi uchun jadal sifat oʻzgarishlari davri boʻldi. Jurnalistlar uchun taqiqlangan mavzular qolmadi, fikrlar va qarashlar turlicha koʻrinish oldi. Soʻz erkinligi real tushunchaga aylandi, berilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun maʼmuriy toʻsiqlar olib tashlandi. Jurnalistlarning oʻz pozitsiyasini bildirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan huquqiy islohotlar oʻtkazildi. Bunda axborot va ijodiy faoliyat erkinligiga boʻlgan huquq mustahkamlandi, ushbu meʼyorlarni buzuvchilarga nisbatan esa javobgarlik kuchaytirildi. Download 54.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling