Bakalavriat(kunduzgi) ta’lim yo’nalishlari 5233000-Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish


Download 185.02 Kb.
Sana04.07.2020
Hajmi185.02 Kb.
#122874
Bog'liq
БУКЛЕТ


Bakalavriat(kunduzgi) ta’lim yo’nalishlari
5233000-Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar iqtisodiyotning suv xo‘jaligi tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma subyektlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari va ularning tarkibi ;

Assotsiatsiyalar, koorporatsiyalar, konsernlar, xolding, ishlab chiqarish birlashmalari;

Suv ist’molchilari uyushmalari, agrofirma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarning raqobatbardoshligi, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatini ta’minlash.



kirish imtihonlari: matematika, chet tili
5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha)

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ekologiya va atrof muhit muhofazasi tarmoqlarida ekologik muammolarni hal qilish, suv obyektlarining muhofaza qilish va suvning zararli tasiri bilan kurashish, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga suv xo‘jaligi istemolchilari uyushmalari, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, dehqonchilik bilan shug‘ulanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari va ularga hizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma faoliyatini tashkil etishning zamanoviy usullarning o‘rganish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.



kirish imtihonlari: kimyo, biologiya
5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha).

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar yer, suv, energetic va moddiy texnika resurslari, meva sabzavotlarni dastlabki ishlash texnologiyasi, qo’shimcha kimviy va ioloik vositalari, texnik asbob uskunalari, qishloq xo’jalik tizimdagi ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.



kirish imtihonlari: kimyo, biologiya





Bakalavriat(sirtqi) ta’lim yo’nalishlari
5410700-Yer kadastri va yerdan foydalanish;

5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;

5450200-Suv xo‘jaligi va melioratsiya;

5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali huzuridagi akademik litsey

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-sonli qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali huzuridagi akademik litsey tashkil etildi.

Akademik litseyda quyidagi yo'nalishlar mavjud:

- Tabiiy fanlar (kimyo, biologiya, ona tili)

- Aniq fanlar (texnik) - matematika, fizika, ona tili.

- Aniq fanlar ( iqtisod) - matematika, ingliz tili, ona tili.


Litseyda har bir fan malakali o'qituvchilar tomonidan chuqurlashtirilib o'tiladi.

Manzil: 180119, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Xonobod shox ko‘chasi, 19-uy.

Telefon: +99875-224-19-49

Veb-sayt: www.tiiamekb.uz



Telegram manzil: @tiiamekb_uz






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI QARSHI FILIALI


Qarshi-2020



Magistratura mutaxassisliklari
5A430101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” magistratura Qishloq xo‘jaligi mashinalari ishchi qismlari ishlov beradigan dehqonchilik ekinlari maxsulotlarning  fizik-mexanik, texnologik xossalarini, mashina ish jarayonini asoslash nazariyasini, tuproqqa ishlov beradigan, urug‘ ekadigan va ko‘chat o‘tqazadigan, o‘g‘it sepadigan, ekinlar zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlariga qarshi kurashadigan, hosil yig‘adigan, urug‘larni tozalab saralaydigan, dehqonchilik mahsu-lotlarini quritadigan qishloq xo‘jaligi mashina-larini respublika mahalliy sharoitlariga moslab sozlashda, rostlanuvchan parametrlarni asoslashning nazariy negizlarini, xorijiy mashinalarni mamlakatimiz dehqonchiligidagi sharoitlarga adaptatsiya-lashtirish asoslari bo‘yicha bilimlar oladilar.


5A450402-Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi

“Nasos stansiyalaridan foydalanish va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining obektlari:– o‘quv va tarbiya jarayoni, loyiha qidiruv va loyiha smeta hujjatlarini, nasos stansiyalar va qurilmalar, ilmiy-tadqiqot va loyihalash jarayonlari bo‘yicha bilimlar oladilar.



5A450202- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining obektlari:– o‘quv va tarbiya jarayoni, loyiha qidiruv va loyiha smeta hujjatlarini, sug‘oriladigan yerlardan yuqori hosil olish, yer va suv resurslaridan mukammal foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, mukammal suv xo‘jaligi, gidromeliorativ tizimlarni va inshootlarni barpo qilish va ekspluatatsiya qilish va loyihalash jarayonlari bo‘yicha bilimlar oladilar.





Bakalavriat(kunduzgi) ta’lim yo’nalishlari
5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kelajakda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish subyekti va obyektlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini boshqarish, turli mulkchilik shakldagi korxonalarni, qo‘shma va xorijiy korxonalarni, tashqi iqtisodiy faoliyatni, xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarni tashkil etish va boshqarish vazifalarini bajaradigan rahbar hodimlar bo‘lib yetishadi. Ular qishloq xo‘jaligi tizimlari texnika boshqarmalari, Agrotexservis tizimlari boshqarmalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi loyiha tashkilotlarida rahbar hodim bo‘lib ishlay oladilar


kirish imtihonlari: matematika, fizika
5450200-Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, u o‘z tarkibiga sug‘oriladigan yerlardan yuqori hosil olish maqsadida, yer va suv resurslaridan mukammal foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, mukammal suv xo‘jaligi, gidromeliorativ tizimlarni va inshootlarni barpo qilish va ekspluatatsiya qilishga kasbiy ko‘nikmaga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublari va yo‘llari majmuini qamrab oladi. Kasbiy faoliyatning obyektlariga melioratsiya qilinayotgan va qilingan yerlar, suv resurslari, sug’orish, zax qochirish tarmoqlari va tizimlari, ulardagi inshootlar, xo‘jalik va ichimlik extiyojlari uchun suv ta’minoti tizimlari, gidromeliorativ tizimlarni boshqarish obyektlari kiradi.



kirish imtihonlari: matematika, fizika
5410700-Yer tuzish va yer kadastri

“Yer tuzish va yer kadastri”– bakalavriat ta’lim  yo‘nalishi bakalavrining kasb faoliyati obhektlariga:xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, ularning yer fondi toifalari bo‘yicha taqsimlanishi, yerdan foydalanish va yer egaliklari, yerdan foydalanishning huquqiy holati, miqdori va sifat tavsifi, ulardan foydalanish tva holatini nazorat qilish va boshqarish hamda ko‘chmas mulk obhektlari, shu jumladan shaharlar va aholi yashash punktlari chegarasidagi yer uchastkalari, ularning huquqiy statusi, davlat ro‘yxatiga olinishi, baholanishi, foydalanishini nazorat qilish; kadastr axborot tizimlari; loyiha texnik xujjatlari.

kirish imtihonlari: matematika, geografika





5311500-Geodeziya va Geoinformatika

Geodeziya va Geoinformatika – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari: Yer va sayyoralarining yuzalari, yer va sayyoralar qahridagi sunhiy va tabiiy obyektlar, jumladan ulardan foydalanish va holatini nazorat qilish va boshqarish hamda ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan shaharlar va aholi yashash puktlari chegarasidagi yer uchastkalari, geoaxborot tizimini yuritishda geodeziya va ggeoinformatika malumotlaridan foydalanish, loyiha texnik xujjatlari ulardan foydalanish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi.



kirish imtihonlari: matematika, geografika
5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega texnologik jarayonlar, apparatlar va jihozlar va ularni nazorat qilish, rostlash va boshqarish tizimlari, ularni sozlash, ekspluatatsiya qilish usullari va vositalari, rostlash va boshqarish tizimlarining loyiha hujjatlari, ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonida faoliyat olib borishlari mumkin.



kirish imtihonlari: matematika, fizika
5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini loyihalash foydalanish metodlarini o‘rganish, nasoslardagi ish jarayonlarini o‘rganish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish, ulardan foydalanish ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.



kirish imtihonlari: matematika, fizika


Download 185.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling