Bank hisobi va audit


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.11.2020
Hajmi0.68 Mb.
#144091
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA  



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

  

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI  

 

KREDIT-IQTISOD FAKULTETI

  

“BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI

  

USMONOV FARRUX BOTIR O’G’LI 

“TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKINI BOSHQARISH” 

5230700-“Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha



 

bakalavr darajasini olish uchun 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 



“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 

Fakultet dekani 

“Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri 

_____________    i.f.n. R. Saidov 

_____________    i.f.n. Z.A.Umarov 

                           

 

                             



 

“____”__________________2017 yil.

 

“____”__________________2017 y.



 

            



              Bitiruvchi: 5230700 -“Bank ishi” - ta’lim 

yo’nalishi 4 -kurs talabasi



 

Usmonov Farrux  Botir o’g’li 

_____________ 

                                                                                             



 

Ilmiy rahbar:                              ________________             k.o’q.Yadgarova. M.L. 

 

 



TOSHKENT – 2017 

 

 

MUNDARIJA: 



KIRISH…………………………………………………………...……………….3 

1-BOB. 

BANK  RISKLARI  VA  ULARNING  NAZARIY  HUQUQIY 

ASOSLARI…………………………………………………………...6 

1.1. 


Risk tushunchasi, uning mohiyati va turlari …………………….…...6 

1.2. 


Kredit riskini boshqarish va uning huquqiy asoslari...……………....16 

1–bob bo’yicha xulosa…………………………………..…………..24 



2-BOB. 

KREDIT 

RISKI 

VA 

ULARNI 

BOSHQARISHNING 

TAHLILI……………………………………………………………26 

2.1. 


Kredit riski va uni boshqarishning xalqaro tajribasi ………………..26 

2.2. 


Kredit riskini boshqarishda tijorat banklari kredit portfeli tahlili.…..34 

2.3. 


Kredit 

riskini 


boshqarishda 

tijorat 


banklari 

kredit 


portfeli 

diversifikatsiya darajasi tahlili. ………………….....………………..44 

 

2–bob bo’yicha xulosa……………………………………….....……49 



3-BOB. 

KREDIT  RISKINI  BOSHQARISHNI  TAKOMILLASHTIRISH 

MASALALARI…………………………………….…………...…..51 

3.1. 


Kredit  riskini  boshqarishdagi  muammolar  va  ularni  bartaraf 

etish…………………. …………………...…………………………51 

3.2. 

Kredit  riskini  boshqarishni  takomillashtirish  bo’yicha  chora- 



tadbirlar…………….……..…………………………………………58 

 

3–bob bo’yicha xulosa………………………..…………….………..62 



XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………..………………..….63 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…….……………………66 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi.  Bugungi  globallashuv  davrida  integratsiyalashish 

jarayonlarining  tobora  avj  olib  borayotgani,  mamlakatlarning  o’zaro  iqtisodiy, 

siyosiy  va  ijtimoiy  sohalardagi  munosabatlarining  kun  sayin  rivojlanib  borishi, 

shunigdek,  iqtisodiyotni  rivojlanishining  bir  sababchisi  sifatida  bank  tizimini 

e’tiborsiz  qoldira  olmaymiz.  Bugungi  kunda  keng  qamrovli  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash  sharoitida  bank  xizmatlarini  sifatli  amalga  oshirish,  shu 

jumladan  asosiy  banklarning  an’anaviy  xizmat  turi  bo’lmish  kredit 

operatsiyalarining  na’munali  darajada  bo’lishi  har  bir  mamlakat  iqtisodiyotida 

katta va muhim ahamiyatga egadir. 

Prezidentimiz 

Sh.M.Mirziyoyev 

2017-2021 

yillarda 

O’zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar 

strategiyasida  bank  tizimini  yanada  mustahkamlash,  likvidligini  oshirish, 

moliyaviy  barqarorligini  yaxshilash,  milliy  valyuta  va  narxlarning  barqarorligini 

ta’minlash,  bank  xizmatlarini  rivojlantirish,  bank  faoliyatini  tartibga  solishning 

zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.

1

 



Ko'pgina  rivojlangan  mamlakatlarda  bank  tizimlari iqtisodiyotning boshqa 

tizimlariga  nisbatan  kuchaytirilgan  nazorat  va  tekshiruv  obyektlari  hisoblanadi,  

chunki    tijorat    banklari    o'z    mijozlari    hisoblangan  davlat    tashkilotlari,    tijorat  

korxonalari    va    xususiy    shaxslarning    manfaatlari  himoyalanishi    uchun    javob  

beradi. 

Shu o’rinda,  Markaziy  bank   tijorat banklari tomonidan zamon talablariga 

javob  beradigan  kredit  operatsiyalarini    ta'minlash    maqsadida  yaqin  kelgusidagi 

istiqbollari  va  rivojlanish  strategiyasini  belgilaydi.  Kreditlash    tizimi  sohasidagi 

bosh maqsad, bankning kredit riskini samarali boshqarish orqali mijozlarga yuqori 

darajada  xizmat  ko’rsatish,  bank  tizimi  moliyaiy  barqarorligini  ta’minlash,  tijorat 

banklarining  faoliyatdan  asosiy  maqsadi  bo’lmish  daromadliligini  oshirish  va 

                                                           

1

 O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  4947-sonli  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha 



Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi Farmoni  2017 yil 7-fevral.  

 

albatta  iqtisodiyotni  rivojlantirishdan    iborat.    Buni  amalga  oshirishning  eng 



samarali usuli kredit risklarini samarali boshqarish hisoblanadi. 

Respublikamiz  Prezidentining  qator  qaror  va  asarlarida  banklardagi  kredit 

operatsiyalarni takomillashtirishga to’xtalib o’tgan. Prezidentimizning 2010 yil 26-

noyabrdagi  PQ  1438-sonli  “2011-2015  yillarda  respublika  bank  tizimini  yanada 

isloh  qilish,  uning  barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting 

ko’rsatkichlariga  erishish  bo’yicha  chora-tadbirlari  tog’risida”gi  Qarorida, 

respublika  moliya-bank  tizimini  isloh  qilishni  yanada  chuqurlashtirish  va 

barqarorligini  oshirish,  banklar  va  butun  moliya-bank  tizimi  faoliyatiga 

yondashuvlarni  hamda  baholash  tizimini  tubdan  o’zgartirish,  hamma  tomonidan 

qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq 

bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash 

kerakligi aytib o’tilgan.  



Tadqiqot 

predmeti. 

Mamlakatimiz 

banklari 

tomonidan 

amalga 

oshirilayotgan operatsiyalar orasida kredit operatsiyalarning salmog’i, o’rni, kredit 



portfelidagi aktivlar sifati, mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari, kredit 

riskni  pasaytirishni  rivojlantirish  usullari  bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti 

hisoblanadi. 

Tadqiqot  obyekti.  Respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan  tijorat  banklari 

kredit operatsiyalari bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti hisoblanadi. 



Maqsadi  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash  sharoitida  bank  tizimidagi  kredit  riskini  boshqarishni 

takomillashtirish,  kredit  operatsiyalarini  sifatligini  oshirish,  hamda  ijtimoiy  va 

iqtisodiy sohani rivojlantirishda ularning tutgan o’rnini tahlil qilishdan iborat. 

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari  quyidagilardan iborat: 

  tijorat  banklari  faoliyatida  kredit  operatsiyalarining  tutgan  o‘rni  va 



ahamiyatini ko‘rib chiqish; 

  tijorat  banklarida  kredit  operatsiyalaridan  vujudga  keladigan  kredit 



riskini aniqlash va uni boshqarishni o‘rganish; 

 



 

O‘zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari  kredit  portfeli  joriy  holatini 

tahlil qilish va kreditlar sifatiga baho berish

 



Kredit  riskini  boshqarish  bo’yicha  muamolarni  tahlil  qilish  va  ularni 

bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berish. 



Mavzuning  nazariy-amaliy  ahamiyati.  Bank  kredit  operatsiylarida 

vujudga  keladigan  kredit  risklarini  aniqlash  va  ularni    minimallashtirish,  kredit 

operatsiyalarini  amalga  oshirish  sifatini  yanada  oshirish    hisoblanadi.  Tijorat 

banklarida  kredit  operatsiyalaridan  keladigan  daromad  bilan  u  bilan  bog’liq 

bo’lgan risklarning darajasi o’rtasidagi muqobil nuqtani ushlab turish, banklarining 

moliyaviy barqarorligini, xususan, likvidliligini ta’minlash hisoblanadi. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  tarkibining  qisqacha  tavsifi.  Mazkur  bitiruv 

malakaviy  ishi  tarkibiy  jihatdan  kirish,  uchta  bob,  xulosa  va  takliflar  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishi hajmi 

esa 69 betni tashkil etgan bo’lib, unda  8 ta rasm va11ta jadval aks ettirilgan.

 

Bitiruv  malakaviy  ishining  birinchi  bobi  bank  risklari  va  ularning  nazariy 



huquqiy asoslariga bag’ishlangan bo’lib, unda bank risklari turlari va mohiyati aks 

ettirilgan. Kredit risklarini boshqarish va ularning huquqiy asoslari yoritilgan.  

Bitiruv  malakaviy  ishining  ikkinchi  bobida,  kredit  riskini  boshqarishning 

xalqaro tajribasi nazariy jihatdan o’rganilgan va banklarda kredit risklari va ularni 

boshqarish  amaliyoti  tahlil  qilingan.  Tijorat  banklarining    kredit  portfeli  tahlil  

qilingan bo’lib, uning diversifikatsiya darajasi o’rganilgan,  ikkinchi bob bo’yicha 

xulosa berilgan. 

Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi kredit riskini boshqarishni samarali 

tashkil  etishni  takomillashtirishga  bag’ishlangan.  Kredit  riskini  boshqarishdagi 

mumamolar  va  ularni  bartaraf  etish  yuzasidan  tavsiyalar  ishlab  chiqilgan.  Bob 

bo’yicha ham qisqacha xulosa keltirib o’tilgan.  

Yakuniy  ravishda,  bitiruv  malakaviy  ishi  bo’yicha  xulosa  va  takliflar  aks 

ettirilgan. 

 


 

1-BOB. BANK RISKLARI VA ULARNING NAZARIY HUQUQIY 



ASOSLARI 

1.1. Risk tushunchasi, uning mohiyati va turlari 

Risk  tushunchasi  adabiyotlarda  turlicha  talqin  etiladi.  Ilmiy  iqtisodiy  

adabiyotlarda    riskga    boshqacha    bir    nazar    bilan    qaralsa,    qonunchilik 

hujjatlarida  boshqa  jihatdan  qaraladi.  Rus  tili  lug‘atida  tavakkalchilik  so‘zi 

“risk”  deb  atalib,  qadimiy  grek  so‘zidan  olingan.  U kemalarni  halokatga  olib 

boruvchi  va  odamlarning  o‘limiga,  mol-mulklarining  cho‘kib  ketishiga  sababchi 

qoyani  bildirib,  “qoyalar orasidan shamol  va boshqa  to‘siqlarga  chap berib  suzib 

o‘tmoq” ma’nosini anglatadi. 

Kundalik  hayotimizda  har  birimiz  noaniqlikni  aks  ettiruvchi  bir  nechta 

vaziyatlarga duch kelamiz. Kelajakda nima sodir bo’lishini bilmagan paytimiz bu 

noaniqlik  har  doim  paydo  bo’laveradi.  Qachonki,  bu  kabi  noaniqlik  bizning 

qarorlarimiz  va  amallarimiz,  sog’ligimiz,  yoki  moliyaviy  holatimizga  ta’sir 

qiladigan  bo’lsa,  bunday  noaniqlik  risk  deb  ataladi.  Noaniqlik  riskning  paydo 

bo’lishida muhim o’rin tutadi, lekin uning yolg’iz o’zi yetarli emasdir. 

Masalan,  siz  uyingizga  10  ta  mehmon  kelishi  mumkinligini  tahmin 

qilayapsiz.  Siz  yana  bu  mehmonlarni  haqiqatda  8  ta  yoki  12  ta  bo’lishini  ham 

bilasiz.  Agar  sizga  nechta  mehmon  kelishi  (8,  10  yoki  12  ta)  sizni  havotirga 

solmasa,  unda  bunday  vaziyatni  biz  faqat  noaniqlik  deb  aytishimiz  mumkin. 

Ammo,  sizning  ixtiyoringizda  taom  tayyorlashda  yetarlicha  mablag’  bo’lmasa  va 

siz uchun nechta mehmon tashrif buyurishi haqidagi aniq ma’lumot siz uchun juda 

muhim bo’lsa, unda bu kabi noaniqlik siz uchun riskni ifodalaydi. 

Odatda,  biz  kutayotgan  natija  salbiy  bo’lish  ehtimoli  yuqori  bo’lgan 

vaziyatlarni  riskli  deb  atashga  odatlanib  qolganmiz.  Masalan,  agarda  siz 

mablag’laringizni  tashkilotning  aksiyalariga  investitsiya  qiladigan  bo’lsangiz, 

aksiyalarning  bahosi  keskin  ravishda  tushib  ketish  holatida  siz  o’z 

mablag’laringizni  yo’qotishdan  risk  qilasiz.  Agar  aksiyalarning  bahosi  oshadigan 

bo’lsa, aksincha, siz daromad ko’rasiz va mamnun bo’lasiz. 


 

Moliya  nazariyalarida  risk  deganda,  kutilishi  munkin  bo’lgan  yoki  hohish 



yoki  istakdagi  natijadan  musbat  yoki  manfiy  farqni  tushunish  mumkin.  Hayotda 

shunday  vaziyatlar  uchrab  turadiki,  istalgan  kutilishi  mumkin  bo’lgan  natijadan 

farq ya’ni o’zgarishlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, boyagi holatda siz 8 

ta  mehmon  keladi deb  faqat 8 kishi uchun  tushlik tayyorlagan  bo’lsangizu,  lekin 

aslida,  10  ta  mehmon  kelsa  siz  qaysidir  mehmonlarni  och  qolib  ketishidan  risk 

qilasiz.  Agar  siz  12  ta  kishi  uchun  tushlik  tayyorlasangiz  aslida  esa  8  ta  kishi 

keladigan bo’lsa siz ortiqcha xarajat qilish riskiga duchor bo’lasiz. 

Kundalik turmushda ko’pchilik odamlar riskdan qochishadi, ya’ni bir nechta 

teng  sharoitlarda  baland  riskdan  ko’ra  minimal  riskni  afzal  ko’radi.  Shunday 

bo’lsada,  bu  kabi  harakatlari  uchun  mos  qo’shimcha  haq  olishini  kutayotgan 

bo’lishsa,  odamlar  o’zlariga  shu  riskni  qabul  qilishga  tayyor  bo’lishadi.  Risk 

darajasi va qo’shimcha haq to’lovi hajmi har bir shaxsning individual hohishlariga 

bog’liq  bo’ladi.  Iqtisodiyotda,  hayotda  bo’lganidek,  biz  hech  qachon  kelajakda 

nima  sodir  bo’lishini  aniq  ayta  olmaymiz  va  riskni  umuman  chetlab  o’tish 

imkoniyatimiz  ham  bo’lmaydi.  Lekin,  bir  qancha  vositalar  orqali  biz  uni 

minimumga olib kelishimiz mumkin.  

Tahlil maqsadlaridan kelib chiqgan holda, tadbirkorlar duch kelishi mumkin 

bo’lgan riskning bir nechta turlari bor. Quyida biz eng umimiy riskga ega bo’lgan 

manbalarni keltirib o’tamiz.

 2

 



1. Kasallik,  o’lim,  ishga  qobilyatsizlik-bu  kabi  risklarga  ko’pincha  yakka 

tartibdagi  tadbirkorlar  va  shirkatlar  ta’sirchandir.  Bu  kabi  risklar  qo’shimcha 

xarajatlarni  talab  qilibgina  qolmay,  butun  bir  biznesni  tugallanishiga  ham  olib 

kelishi mumkin. 

2. Aktivning ishonchsizlik riski-bu kabi riskga yakka tartibdagi tadbirkorlar 

va  yirik  korxonalar  ham  duch  kelishi  mumkin.  Masalan,  yong’in,  o’g’irlik, 

texnologik jarayonlar natijasida aktivning manaviy eskirishi, iste’mol xaridlardagi 

did o’zgarishi, ko’chmas mulk bozoridagi narxlar tushishi va boshqalar. 

                                                           

2

 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 60 стр. 



 

3. Moliyaviy  risk-moliyaviy  aktivlarning  daromadlilik  darajasi  o’zgarishi 



bilan  kuzatilayotgan  risk.  Bu  kabi  risk  manbalari  noaniqligi,  moliyaviy  aktivlar 

emitentlari  faolyiati  bilan  bog’liq  bo’ladi  (hukumat,  tashkilot  va  boshqalar). 

Moliyaviy  risklar  yana  kutilmagan  inflatsiya  darajasi  paydo  bo’lganda,  foiz 

stavkalarini  belgilovchi  qonun  hujjatlariga  o’zgartirshlar  kiritilganda,  moliyaviy 

bozorda hukumat tomonidan intervensiya qo’llanilganda paydo bo’lishi mumkin. 

4. Qonun 

hujjatlari  o’zgarishi  riski-normativ  huquqiy  hujjatlarga 

o’zgartirishlar  kitilganda  -  buning  natijasida  tadbirkorlik  muhitiga  ta’sir  qilish 

riski.  

5. Axborot  riski-buxgalter  hisobidagi  qo’llaniladigan  usullarning  ideal 

emasligi,  biznesda  qaror  qabul  qilishda  axborotning  mavjud  emasligi  yoki 

haqqoniy  emasligi,  axborotning  simmetrik  emasligi  natijasida  vujudga  keladigan 

risk. 

6. Valutaviy  risk-xalqaro  shartnomalarda  ishtirok  etadigan  tashkilotlarda 



ko’pincha vujudga keladigan risk. Asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarda, milliy 

valuta  kursining  tushishi  inflatsiya  darajasini  oshirishdagi  ta’siri.  Bu  esa  barcha 

tadbirkorlik subyektlariga birdek ta’sir qilishi. 

7. Siyosiy  risk-bu  ham  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  keskin  kuzatiladi. 

Masalan,  mamlakat  liderining  hukumatdagi  o’rni  shunchalik  yuqori  bo’lishi 

mumkinki, uning oddiy kasal bo’lib qolishi yoki o’limi bozorga katta ta’sir qilishi 

mumkin. 

Risk  bilan  bog’liq  barcha  daromad  va  xarajatlarni  aniqlash  jarayoni  hamda 

uni pasaytirish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqish va qaror qabul qilish riskni 

boshqarish deb ataladi.  Shu narsa muhimki, barcha chora tadbirlar risk hodisalari 

sodir bo’lishidan oldin yoki ayni o’sha paytda qo’llanilgan bo’lishi kerak. 

Shuni  tushunish  kerakki,  riskni  boshqarish  mahorati  asoslangan  qarorlar 

qabul qilinishi bilan bo’gliqdir. Bu qarorlar hozirgi sharoitda mavjud bo’lgan eng 

foydali  va  aniq  axborotlarga  asoslangan  bo’lishi  kerak.  Amaliyotda  oddiy  omad 

bilan uzoqni ko’zlab qilingan qarorlar natijalari o’rtasidagi farqni aniqlash mumkin 

bo’lmaydi.  



 

Risklarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 



1.  Riskni aniqlash. 

2.  Riskni boshqarish. 

3.  Riskni kamaytirish choralarini ishlab chiqish. 

4.  Riskni kamaytirish choralarini tanlash. 

5.  Natijani baholash. 

Riskni  aniqlash  subyektning  asosan  qanday  risklarga  ko’proq  ta’sirchan 

ekanligini aniqlash va ular orasidagi bog’lanishni topishdan iborat bo’ladi. 

Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, riskni boshqa kompleks aktivlar yig’indisi 

va  vaziyatlar  bilan  aloqadorligidagi  ta’sirini  o’rganish  kerak  bo’ladi.  Masalan, 

tovar  va  xizmatlarni,  homashyoni  import  qilish  hisobidan  ishlab  chiqaruvchi  va 

kelgusida  eksport  qiluvchi  tashkilot  valuta  riskiga  ta’sirchan  deb  aytishimiz 

mumkin.  Chet  mamlakatdan  import  qilinadigan  homashyo  va  eksport  qiladigan 

tovar  va  xizmatlar  bahosi  uzoq  muddatli  kontraktlarda  aniq  fikserlangan  xorijiy 

valutada bo’ladi. Istalgan kelajakdagi valuta kursidagi o’zgarishlar bir xilda import 

qilinadigan  homashyo  va  tayyor  mahsulotning  milliy  valutadagi  bahosiga  bir  xil 

ta’sir qiladi. Lekin, valuta kursidan yuzaga kelgan umumiy risk 0 ga teng bo’ladi, 

chunki  uni  ko’proq  daromad  va  xarajatlar  orasidagi  farq  ya’ni  foyda  qiziqtiradi, 

ya’ni  xarajatlarning  oshishi  realizatsiya  qilinadigan  tovarlar  bahosi  bilan 

kompensatsiya qilinadi.  

 

Riskni  baholash  bu  uning  miqdoriy  o’lchovi  hisoblanmay,  u  bilan  bog’liq 



barcha xarajatlarni aniqlash ham tushuniladi. Riskni boshqarishda, riskni  baholash 

eng  qiyin  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Uni  aniqlashda  eng  birinchi  bo’lib 

bizlarga axborot kerak bo’ladi. Bu kabi axborot tarixiy ma’lumotlarga tayanishini 

ko’rishimiz  ham  mumkin.  Masalan,  investor  mablag’larini  kompaniyaning 

aksiyalariga  tikmoqchi,  bunda  u  aksiyalarninig  bahosini  tushib  ketishidan 

xavotirda  bo’ladi.  Bizlar  yuz  foiz  aniqlik  bilan  kelajakda  qanday  holatlar  va 

vaziyatlar  yuz  berishini  bilmaymiz,  lekin  statistik  analiz  metodidan  foydalangan 

holda,  bizlar  uning  aksiyasining  tarixiy  o’zgarishlariga  baho  bergan  holda 

aksiyalarning kelajakdagi bahosini bashorat qilishimiz mumkin. 


10 

 

Boshqa  bir  usul  esa  fundamental  tahlilga  asoslangan  metod  bo’lib  unda 



korxonaning  barcha  loyihalarning  daromadlilik  darajasini  unga  ta’sir  qiluchi 

kutilayotgan natijalarni bozor qiymati bilan farqi orasida aniqlanadi.   

Har  bir  holatda  ham  riskni  aniqlashda  sifatli  va  miqdoriy  tahlil  amalga 

oshirilishi  kerak  bo’ladi.  Faqat  birgina  investor  uchun  uni  uddalay  olish  qiyin 

hisoblanadi. Axborotga ega bo’lish katta xarajatlar, vaqt va asosiysi tajribani talab 

qilishi mumkin. Shuning uchun, moliyaviy vositachilarga murojat qilish maqsadga 

muvofiq hisoblanadi. 

Riskni kamaytirishning asosiy 4 ta yondashuv mavjud: 

-  riskni chetlab o’tish; 

-  nazorat va zararlarni oldini olish

-  risk to’lovi; 

-  riskni o’tkazish. 

Riskni  chetlab  o’tish  deganda  investor  yoki  tadbirkor  riskga  moyil 

kelishuvlarda ongli ravishda ishtirok etmaydi. Bu kabi yondashuvni barcha risklar 

uchun  qo’llab  bo’lmaydi.  Masalan,  inflatsiyaning  keskin  ravishda  o’sishi  barcha 

tadbirkorlik subyektlariga ularning qaysi sohada ekanligidan qat’iy nazar ularga bir 

xilda ta’sir qiladi. 

Nazorat  va  zararlarni  oldini  olish  deganda  mahsus  harakatlar  evaziga 

zararlar  qiymatini  minimumga  olib  kelish  tushuniladi.  Masalan,  korxonaning 

aksiyalar bahosining kunlik pasayish tendensiyasi kuzatilgan paytda, investor o’z 

aksiyalarini  imkoni  boricha  oldinroq  sotishga  harakat  qiladi  natijada,  u  zararlarni 

minimumga olib kelganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 

Risk  to’lovi  deganda  biz  tadbirkor  ongli  ravishda  bu  riskni  o’ziga  qabul 

qiladi va unga tegishli ravishda rezervlar tashkil qiladi va bu rezerv orqali risklarni 

to’lash imkoniyatiga ega bo’ladi. 

Riskni  o’tkazish  bu  eng  tarqalgan  va  qiziqroq  usullardan  biri  hisoblanadi. 

Uning mohiyati shundaki, tadbirkor o’z risklarini hamasini yoki bir qismini boshqa 

shaxslarga  yoki  boshqa  aktivlarga  o’tkazadi.  Riskni  o’tkazishni  aosiy  3  usuli 



11 

 

mavjud.  Ularga  xedjirlash,  sug’urtalash  va  diversifikatsiya  kiradi.  Ularning  har 



biriga quyida alohida to’xtalib o’tamiz. 

Riskni  kamaytirish  choralari  aniqlangandan  so’ng  eng  kam  xarajat  talab 

qiladigan variantlar qidirilishi kerak bo’ladi. Masalan, tadbirkor riskni kamaytirish 

yo’lini sug’urtalash usulidan foydalanadigan bo’lsa, u shunday sug’urta tashkilotini 

topish  kerakki,  unda  tadbirkor  talablariga  javob  bera  oladigan  eng  kam  xarajat 

talab qiladigan sug’urta xizmatini aniqlash kerak bo’ladi. 

Vaqt  o’tgan  sayin  va  vaziyatlar  o’zgargan  sharoitlarda  yangi  bir  axborot 

vujudga keladi. U esa yuqorida qabul qilingan qarorning to’g’riligiga ta’sir qilishi 

mumkin bo’ladi. Bunda yana qo’shimcha risklar paydo bo’lishi yoki eskilari yo’q 

bo’lishi mumkin. Riskni boshqarish egiluvchan jarayon egiluvchan bo’lishni talab 

qilib, qarorlar uzluksiz tahlil qilib borilishi kerak. Aks holda, tadbirkor kutilamgan 

xarajatlarga duchor bo’lishi mumkin. 

Riskni o’tkazishning eng sodda ko’rinishi riskli aktivni sotishdan iboratdir. 

Masalan, agar siz biror bir uyning mulkdori bo’ladigan bo’lsangiz, unda siz 3 xil 

turdagi  riskga  duch  kelasiz.  Yong’in,  tabiiy  ofatlar  va  kelajakda  ko’chmas 

mulkning  bahosining  tushib  ketishi.  Uyni  sotgan  holda  siz  bu  risklarni  boshqa 

shaxsga ot’kazgan bo’lasiz. Lekin, bu kabi riskni o’tkazish usuli mulkdorga ma’qul 

bo’lmasligi mumkin.  

Sotuvga  yaxshi  alternativ  tanlovga  biz  yong’in  va  tabiiy  ofatdan 

sug’urtalashni  olishimiz  mumkin.  Bunday  holatda  mulkdor  faqat  bitta  risk  ya’ni 

baholar kamayishidan havotirlanadi. 

Riskni o’tkazishda eng katta o’rinni moliyaviy tashkilotlar egallaydi. Ularga 

sug’urta  kompaniyalari,  tijorat  va  investitsion  banklar,  fondlar  va  brokerlik 

kantoralarni misol qilishimiz mumkin. 

Riskni  xeyjerlash  usulidan  foydalanilganda,  bizlar  riskni  kamaytirish 

maqsadida amalga oshirgan chora tadbirlarimiz natijasida undan kutilishi mumkin 

bo’lgan  zararlarni  oldini  olibgina  qolmay,  biz  undan  kutilishi  mumkin  bo’lgan 

daromadni  ham  yo’qga  chiqarramiz.  Masalan,  fermer  bahorda  bug’doyni  sotish 

shartnomasini  kuzdagi  hosil  uchun  oldindan  belgilandan  narxda  tuzdi.  Bunda  u 


12 

 

kuzda  bug’doyning  bahosi  tushib  ketish  riskidan  holi  bo’lgani  kabidek,  u 



bug’doyning  shartnomada  belgilangan narxdan oshib ketishidan  ko’rishi  mumkin 

bo’lgan daromadni ham yo’qga chiqardi.  

Sug’urtalash  deganda  qandaydir  muddat  uchun  oldindan  qilingan  to’lov 

evaziga  kelajakda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  zararlarni  oldini  olish 

tushuniladi. Bu to’lov sug’urta premiyasi deb ataladi.  

Shuni  ta’kidlash  joizki,  sug’urtalashda  xeyjerlashga  nisbatan  kelajakda 

olinishi mumkin bo’lgan daromad yo’qotilmaydi. 

Masalan, tadbirkor chetdan tovarlarni import qilgan holda milliy bozorda uni 

qayta  sotish  bilan  shug’ullanadi.  Import  shartnomasiga  ko’ra  u  10000$ni  uch 

oydan  so’ng  to’lashi  kerak.  Binobarin,  u  tovarni  milliy  bozorda  sotgani  sababli 

uning biznesi valuta riskiga moyildir. Agar uch oydan so’ng dollar kursi oshadigan 

bo’lsa, tadbirkor ma’lum bir zararga uchraydi. Bu risk xeyjerlash yoki sug’urtalash 

orqali bartaraf etilishi mumkin.  

Xeyjerlash holatida, tadbirkor kelajakda (uch oydan so’ng), dollar sotib olish 

shartnomasini  bugun  tuzadi.  Shartnomada  esa  valuta  kursi  aniq  belgilanib 

qo’yiladi.  Agar  uch  oydan  so’ng  dollar  kursi  oshsa,  tadbirkor  valuta  kursi 

o’zgarishidan  zarar  ko’rmaydi.  Agar  valuta  kursi  tushadigan  bo’lsa,  tadbirkor 

dollarni arzonroq sotib olishdan keladigan daromaddan quruq qoladi.  

Sug’urtalash  holatida,  tadbirkor  optsion  sotib  olishi  mumkin.  Unga  ko’ra, 

tadbirkor  optsionda  belgilangan  kurs  bo’yicha  dollarni  sotib  olish  huquqiga  ega 

bo’ladi  ya’ni  majburiyat  emas.  Agar  uch  oydan  so’ng  dollar  kursi  optsionda 

belgilangan  kursdan  past  bo’lsa,  tadbirkor  yo’qotadigan  narsa  optsion  sotib  olish 

uchun ketgan mablag’ summasi bo’ladi. Agar dollar kursi baland bo’lsa, tadbirkor 

qo’shimcha  foydaga  erishadi,  ya’ni  optsionda  belgilangan  kurs  unga  bozor 

kursidan arzonroq tushadi. 

Diversifikatsiya  deganda  umumiy  portfel  riskini  kamaytirish  maqsadida  bir 

nechta riskli aktivlarni sotib olish tushuniladi. 

Masalan, bank o’z mablag’larini dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonaga 

yo’naltirishni  muqobil  deb  bilyapti  ya’ni  uni  kreditlamoqchi  deylik.  Chunki,  bu 


13 

 

soha  korxonalarni  yangi  turdagi  dori  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  bilan 



shug’ullanmoqda.  Natijalar  ijobiy  bo’ladigan  bo’lsa,  korxona  kelajakda  o’z 

foydasini ancha oshirishi mumkin. Korxonaning salbiy yoki ijobiy natijaga erishish 

ehtimoli  bir  xil.  Bank  o’z  mablag’larini  3  xil  ko’rinishda  diversifikatsiya  qilishi 

mumkin: 


1. Bir nechta dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash. 

2. Bir  nechta  turli-tuman  dorilarni  ishlab  chiqaruvchi  bitta  korxonani 

kreditlashi. 

3. Dori  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarni  moliyalashtiruvchi  fondlarga 

mablag’larni yo’naltirish. 

Agar  bank  kredit  portfelidagi  ba’zi  korxonalar  kutilgan  natijaga  erishmasa 

va  zararga  yuz  tutsa,  unda  boshqa  korxonalarning  ijobiy  natijalari  evaziga  bu 

zararlar qoplanadi.  

Agar  bank  kredit  portfelidagi  barcha  korxonalarning  bir  xilda  ijobiy  yoki 

salbiy natijaga erishish ehtimoli bir xil bo’lsa, unda ular bir - biri bilan ideal ijobiy 

korelyatsiyaga uchraydi deb aytishimiz mumkin.  


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling