Barkamol avlod – Vatanning baxti


Download 356.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.11.2017
Hajmi356.36 Kb.
#20990
  1   2   3   4   5

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

1

 

Barkamol avlod –

 

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal

12 (212)-son, 2013-yil, dekabr

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

«Maktabgacha tarbiya» jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

«Sog‘lom avlod uchun» 

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INOMOVA

Tatyana KARIMOVA

Abdulla ORIPOV

Gulnora YO‘LDOSHEVA

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Tillaniso Eshboyeva 

Musahhih: Ozoda Isakulova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suvratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2013-yil 23-dekabr kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 3792  nusxa. 1446-buyurtma.

"SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.



USHBU SONDA:

MUSTAQILLIK UFQLARI 

Vatan – baxtim, saodatimdir! ..................................................2

TA’LIM ISTIQBOLI

Tabiatga g‘amxo‘rlik – umrga g‘amxo‘rlik ...............................4

SHAXS KAMOLOTI

Virtual reallikning inson ruhiyatiga ta’siri .................................6

IBN SINO DARSXONASI

Oziq-ovqat allergiyasi ...............................................................9

SHIFOKOR MINBARI

Dori – bemor uchun darmon .................................................12

RUHIYAT MANZILI

Teatr va tomoshabin ijrosidagi tomosha ..................................14

SIM-SIM

Yo‘qotilgan o‘n uch kun .........................................................18

MA’NAVIY OLAM

Yaxshi asar asrlar osha yashaydi ........................................... 22

QADRIYATLAR SABOG‘I

Alpomishlarni tebratgan beshik ...............................................24

OQ YOMG‘IR

Mixail Prishvin. O‘rmon tomchilari ........................................26

FAN VA ZAKOVAT

Olam va odam: nima uchun shunaqa? ...................................30

FOYDALI MASLAHATLAR

Sut – ming dardga davo ........................................................32

BIRINCHI BET:

2014-yil – Sog‘lom  

bola yili

 

TO‘RTINCHI BET:

2014-yil kalendari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

2

Prezidentimiz Islom Karimov 2014-yilni yurtimizda 

Sog‘lom bola yili deb e’lon qila turib, sog‘lom bola ahil 

oila mevasi ekanligini e’tirof etdi. Bugun – yana bir yil 

bilan xayrlashish ostonasida ortga nazar solsak, istiqlol-

ning dastlabki bolalari, ahil oila farzandlari ulg‘ayib, o‘z 

intilishi, faoliyati bilan mamlakatning yetakchi kuchiga 

aylananib ulgurdi. Istiqlol farzandlarining boshqalardan 

farqi shundaki, ular – mustaqillik yillarining taloto‘pli, ham 

sururbaxsh onlarini o‘z bolaliklarida yashab o‘tdilar, 

o‘quvchiliklarida kechirdilar. Yana ularning baxti shuki, 

ilk bor “Prezident sovg‘asi”ga ega bo‘ldilar. Ular lotin 

yozuvidagi o‘zbek alifbosida ilk bor “Ona” deb yozdilar. 

O‘tish yillari qiyinchiliklarining ta’limdagi ta’siri sifatida 

ahyon-ahyon darsliklarga ham muhtoj bo‘lib turishdi…

Istiqlol yoshlari turli xorijiy mamlakatlarda davlatimiz 

homiyligida o‘qib qaytib, el farovonligi yo‘lida ulkan 

mas’uliyatni ko‘targan avlodning qaldirg‘ochlaridir. Eng 

muhimi ularning qismatida mustaqillik nomi bilan 

bog‘lanadigan “baxtlilik yorliqlari” bisyor. Bu avlodning 

yuragida Vataniga bo‘lgan muhabbati jo‘sh uradi. Har 

birining qalbida shu muqaddas yurt haqida aytmoqchi 

bo‘lgan o‘z so‘zi, o‘z fikri bor. 

Gulnoza Sharopova, (“Zulfiya” muko-

foti sovrindori): Men Vatan­

ga nima berdim? Bu savol 

haqida o‘ylasam, Vatan 

oldidagi farzandlik bur­

chimni chin qalbdan his 

qilaman. Mus taqillik teng­

doshi bo‘lganim, o‘smir­

lik  chog‘laridan  ijod ga, 

ada biyotga mehr qo‘ yi shim kelajak orzu­

larimni belgilab berdi. 

Men 1997­yilda maktabga chiqdim. 

O‘sha yili bizga ilk bor “Prezident sovg‘asi” 

berildi. Keyinroq, 2001­yildan “Kamolot” 

YOIHga a’zo bo‘ldim. Tengdoshlarimiz 

bilan yurtimizning barcha shahar va vilo­

yatlarida bo‘lib, tengqurlarim ijodini o‘r­

gan dim, quvonchlariga sherik bo‘ldim. Biz 

Mustaqillik ufqlari


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

3

tahsil olgan kollej binosi ham yangi qurilib, 

foydalanishga topshirilgan edi.

Mustaqillikning bizga bergan ulkan ne’­

mati tilimiz bilan dilimizni bir qilgani, ona 

tilimizga ehtirom va e’tibor kuchayganidir. 

Qaysi davlatga bormaylik ular bilan teng­

ma­teng qadam tashlab, o‘z so‘zimizni 

ayta olyapmiz. 

“Zulfiya” mukofoti esa Prezidentimiz 

tomonidan bizning kichik mehnatimizga 

katta e’tibor bo‘ldi. Tengdoshlardan faxr­

lanish va Vatanning bir bo‘lagi bo‘lib ya­

shash – bu, ulkan saodat. Yurtimizning 

har qarich tuprog‘ini asrab­avaylamog‘imiz 

har bir tengdoshimizning oliy maqsadi 

bo‘lmog‘i lozim. Zero, shu aziz Vatan 

barchamizniki.



Sarvar KarImov (Futbol bo‘yicha 

o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 

ishtirokchisi, o‘zbekiston U-17 darvoza-

boni): Vatan deganda mening ilk his qila­

digan tuyg‘um – XOTIRJAM­

LIKDIR.  Odam ning  halo­

vati bo‘lmasa, uning 

ham ruhan, ham jismo­

nan kamol topishi juda 

mushkul. Inson har ish­

da uni kimdir qo‘llab­

quvvatlab turganini his 

qilsa, o‘ziga ko‘proq ishona­

di. Oilada eng katta madadkor ota­ona, 

jahon miqyosida esa seni xalqing qo‘llab­

quvvatlaydi. Vatan bu – Madaddir!

Meni birinchi marta tumanimizdagi 

futbol to‘garagiga buvam olib borganlar. 

Ehtimol buvam o‘sha paytdayoq mendan 

ko‘p narsa umid qilgandirlar. Buvamning 

ushbu umidlari ham vatanparvarlikdek 

tuyuladi menga. Demak, har bir ota­ona­

ning farzandidan kutadigan ezgu umidlari

niyatlari – vatanparvarlik. 

Bugun mustaqillik tufayli futbolimiz 

qanchalik rivojlanganini yurtdoshlarimiz 

yaxshi bilishadi. Futbolda Vatan g‘ururi 

uchun kurash shiordir. Tan olish kerak, 

to‘p suruvchi vatanparvarlik mas’uliyati 

bilan har bir o‘yinda har bir daqiqada 

yuzma­yuz keladi. Futbol jamoaviy sport 

turi bo‘lgani uchun inson birdamlik hissini 

ko‘proq his qiladi. Muxlislar bilan, xalq 

bilan, murabbiylar bilan, jamoadoshlari 

bilan birdamlik bu. Ayni shu birdamlik 

tuyg‘usining o‘zi – Vatan, vatanparvarlik­

dir.


KomIljon nIyoZov (o‘zmU talaba-

si): Bolaligimni eslasam, bir voqea yodim­

ga tushaveradi. Ovuldagi teng­

doshlarimiz bilan tilla­

qo‘ng‘iz ko‘mish o‘y 

nar­

dik. Bu holat deyarli har 



kuni takrorlanardi. Ushbu 

“o‘yi nimiz”da  uchi shga 

joy axtarib, o‘ziga qulay 

bir tepalikka qarab yo‘l 

olayotgan  tilla qo‘n g‘iz ning 

ustiga hovuchlab qum to‘kardik. Biz tilla­

qo‘ng‘izga azob berayotganimizni tu shun­

masdik, albatta. Qancha qum to‘k may lik 

qumni yorib chiqib kelaverardi. Bundan 

zavq olib yana va yana qum to‘ kaverardik. 

Harakatdan to‘xtamay, uchib ketishni ko‘z­

lagan tillaqo‘ng‘iz bir amallab, biz uyum 

qilgan qumning ustiga chiqib olardida, 

so‘ngra shijoat bilan parvoz qilardi. Yuqo­

riga ko‘tarilgan sayin uning sarg‘ish qa­

notlari oftob nurida tovlanardi­yu, bizga 

go‘yo oltinday bo‘lib ko‘rinardi. Tag‘in bir 

necha bor boshimiz uzra aylanib, xuddi 

biz orqasidan quvlayotgandek, shiddat bi­

lan uchib ketardi. Balki baland tog‘ tepasi­

ga yoki gullar orasiga qo‘ngandir. Ehtimol, 

endi u balandlarga ucholmasdir deb o‘ylab 

qolardim kechga borib. Nima bo‘lganda 

ham u bizning ozorlarimizdan qutuldi. U 

barcha jonivorlar kabi insondan qutulish­

ga harakat qildi. Endi eslasam, bir saboq 

bo‘lib qolgan ekan. Balki, “jonzotga ozor 

berma” degan purma’no gapning mag‘ziga 

yetgandayman. 

Mustaqillik ufqlari

(Davomi 8-betda)


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

4

Inson organizmining ishlash faoliyatini 

ta’minlovchi eng dastlabki muhim omil 

salomatlikdir. Salomatlik tushunchasi na­

faqat kasallik, jismoniy nuqsonning yo‘qli­

gini, shuningdek, to‘liq ijtimoiy, jismoniy 

va psixik holatni ham qamrab oladi.

Bugungi kunga kelib, insoniyat atrof­

muhit ifloslanishining o‘ta salbiy oqibatla­

rini his etmoqda. Ma’lumki, inson sog‘lom 

turmush kechirgandagina hayotiy faoliya­

tini kengaytirishi va rivojlantirishi mum­

kin.

Har qanday mamlakat siyosatida millat 



salomatligi muhim o‘rin tutadi. Aynan shu 

omil hayot sifatini belgilab beradi. Bolalar 

va o‘smirlar salomatligi mamlakat salohi­

yatini (iqtisodiy, intellektual, madaniy) va 

milliy xavfsizlikni belgilab beruv chi mu­

him ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 

Ta’lim oldida turgan ijtimoiy vazifalardan 

biri – o‘quvchilarning salomatligi, jismo­

niy tarbiyasi va rivojlanishi borasida qay­

g‘u rish. Shu bois, jismoniy tarbiya darslari 

va darsdan tashqari ishlar orqali o‘quvchi­

larda ekogigiyenik bilimlarni shakllantirish 

yetakchi ahamiyat kasb etadi. Ekogigiye­

nik bilimlarni shakllantirish asosida esa 

ekologik tarbiya yotadi.

Ekologik tarbiya – jamiyat ekologik ma­

daniyatining tarkibiy qismi, tabiat va jami­

yatning o‘zaro munosabatlarini tartibga 

keltiruvchi yo‘nalishlardan biridir. 

Yerdagi tabiiy manbalarni asrab­avay­

lashning eng asosiy sharti – aholi, shu bi­

lan birga o‘sib kelayotgan avlodni atrof­

muhitni asrashga oid bilimlardan xabardor 

qilish, ularga ekogigiyenik tarbiya berish­

dan iborat. 

Ona tabiatni ko‘z qorachig‘iday asrash, 

uning boyliklaridan tejab­tergab va rejali 

foydalanishga o‘rgatish uchun, avvalo, 

bolalar ongida ekogigiyenik bilimlarni 

shakllantirish zarur bo‘ladi. Mazkur bilim­

larni puxta egallab, o‘simliklar va hayvon­

larni parvarish qilishning eng oddiy usul­

larini o‘zlashtirib, tabiatni kuzatish, uning 

go‘zalliklaridan bahra olish orqali tabiatga 

nisbatan ongli munosabat shakllanadi. 

Shu asosda yosh avlod qalbida ona Vatan, 

uning tabiati, jonajon o‘lkaga nisbatan 

muhabbat uyg‘onadi.

Tabiatning faol himoyachilarini tarbiya­

lash uchun maktabgacha tarbiya va bosh­

lang‘ich ta’lim yoshidagi bolalarga atrof­

olam, undagi voqea­hodisalar o‘rtasidagi 

bog‘liqlik to‘g‘risida ma’lumotlar berish, 

tabiat boyliklarini asrab­avaylashga oid 

faoliyatni yo‘lga qo‘yish lozim. Davlati­

mizda bu borada olib borilayotgan ishlar 

xususida bolalarni tanishtirib borish ko‘p 

jihatdan yaxshi samara beradi va ta’lim 

tizimining keyingi bosqichlarida ekogigi­

yenik bilimlar uzluksizligini ta’ min lashga 

xizmat qiladi.

Bu sa’y­harakatlarni maktabgacha ta’­

lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim 

maktablari pedagog xodimlari, ota­onalar 

hamda keng jamoatchilik o‘zaro hamkor­

TABIATGA G‘AMXO‘RLIK – 

 

UMRGA G‘AMXO‘RLIK



(BOlalarnI  taBIatga mEHr rUHIda tarBIYalaYlIK!)

Ta’lim istiqboli

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

5

likda amalga oshirsalar ayni muddaodir. 

Tabiat qo‘yniga sayohatlar, maqsadli 

sayrlar, maxsus tashkil etilgan muammoli 

vaziyatlar, sport mashg‘ulotlari, texnik 

vositalardan unumli foydalanish kabi 

usullar ushbu jarayonning muvaffaqiyatini 

ta’minlaydi.

Mashg‘ulotlar va darslarda ruhiy zo‘ ri­

qishni bartaraf etish, toliqishning oldini 

olish, aqliy ish qobiliyatini va emotsional 

bardoshlilikni oshirishda bolalarning ha­

rakat faolligini ta’minlovchi jismoniy tar­

biya daqiqalari, harakatli o‘yinlardan ibo­

rat tanaffuslar, sayrlar, sayohatlar, turli xil 

o‘yinlar va musobaqalardan foydalanish 

ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jismo­

niy tarbiya darslari mazkur faoliyatlarning 

amalga oshirilishini to‘liq ta’minlab bera­

di.


Jismoniy tarbiya – insonning jismoniy 

kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan peda­

gogik jarayon.

Insoniyat uchun hayotiy zarur omillar 



(havo, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonlar)-

ning tabiatdagi o‘rni va ahamiyatini Abu 

Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 

Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur 

kabi buyuk ajdodlarimiz ham targ‘ib et­

ganlar. Nodir manba hisoblanmish “Aves­

to”da ham insonlarni tabiatga, atrof­mu­

hitga nisbatan mehrli, oqibatli bo‘lish, 

ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, at­

rof­muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymas­

lik, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish­

ga da’vat etilgan. Boshlang‘ich sinflarning 

jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bu haqda 

o‘quvchilarga tushuncha berishi lozim.

O‘quvchilar ekogigiyenik bilimlarni 

faqat darsda emas, to‘garak mashg‘ulotlari 

jarayonida ham shakllantirishlari maqsad­

ga muvofiqdir.

O‘quv fanlari mazmunidagi ekogigiye­

nik xarakter kasb etuvchi materiallardan 

dars jarayonida to‘g‘ri foydalanish piro­

vard natijada pedagogik samaraga zamin 

yaratadi. O‘quvchilarda ekogigiyenik sa­

vodxonlik, tabiat, tabiiy muhit, tabiiy 

omillar va ular orasidagi bog‘lanish, tabiat 

boyliklaridan tejab­tergab foydalanish va 

muhofaza qilishga mas’ullikni tarkib topti­

rishda o‘qituvchining hissasi kattadir.

Endilikda inson va tabiat o‘rtasidagi 

muvozanatni saqlash masalasi har qa­

chongidan ham dolzarb tus olmoqda. 

Shunday ekan, boshlang‘ich sinflardanoq 

o‘quvchilarga ekogigiyenik ta’lim berish 

zaruriyat kasb etadi. Zero, tabiatni muho­

faza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona 

foydalanish g‘oyalarini o‘quvchi yaxshi 

tushunib yetgandagina, ular bu ishni mu­

vaffaqiyatli amalga oshira oladilar.

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘quv­

chilarga ekogigiyenik ta’lim berishda dars 

jarayonining quyidagi yo‘nalishlarini aniq 

bilishi kerak:

– o‘quvchilarga o‘z salomatliklarini mus­

tahkamlashlari uchun zaruriy ekogigiyenik 

bilimlar berish va mazkur bilimlar asosida 

ko‘nikma va malaka shakllantirish;

– bolalarni amaliyot paytida ekogigiye­

nik bilimlardan foydalanish, o‘z xatti­ha­

rakatlarini nazorat qila olishga o‘rgatish;

– bolalarda o‘zi va atrofidagi kishilar­

ning salomatligiga ehtiyotkorona munosa­

batda bo‘lishni tarbiyalash hamda ona ta­

biatimizni, yashab turgan atrof­muhiti­

mizni asrab avaylash, ularga nisbatan ijo­

biy munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini pay­

do qilish lozim.

Xulosa qilib aytganda, farzandlarimiz 

qalbiga, ekologik tarbiyani qanchalik erta 

va mukammal singdirsak, kelajak avlod­

larning ona tabiatni ko‘z qorachig‘iday 

asrab­avaylashlariga erishamiz. Zero, tabi­

at bugungi kunda insoniyatning himoyasi­

ga muhtoj, unga qilingan g‘amxo‘rlik ha­

yotimizga qilingan g‘amxo‘rlikdir.

Lochin XALMATOV,

O‘ZPFITI katta ilmiy xodimi­ 

izlanuvchisi.

Ta’lim istiqboli


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

6

Internet texnologiyalari hayotimizda mu­

him o‘rin egallab bormoqda. Uyda, ko‘­

chada, maktabda, ishda texnika va texno­

logiyalardan foydalanamiz. Ma’lumki, 

kompyuter bilan bog‘liq jarayonlar inson 

shaxsiga juda katta ta’sir o‘tkazadi, lekin 

bu ta’sirning mohiyati hozirgacha yaxshi 

o‘rganilmagan. Achinarli tarafi shun daki, bu 

jarayon dunyo hamjamiyati tomonidan 

yetarli darajada jiddiy qabul qilinmayapti.

Avvalo e’tiborni Internet tushunchasiga 

qaratsak. Internet texnologiyalarining faol 

rivojlanishi global aloqalarning tarkib to­

pishiga turtki bo‘ldi. Zamonaviy Internet 

muhiti – bu, barcha foydalanishi mumkin 

bo‘lgan axboriy arxiv, global elektron bo­

zor, butun dunyo ma’lumotlar bazasi, 

taqdimotlar qilish maydoni, ijtimoiy tar­

moqlar “o‘rgimchak to‘ri”dir. Internet 

muhiti WWW, interaktivlik, multimediya­

viylik, “gipertekst” va shu kabi tushun­

chalarni hayotimizga olib kirdi. Shu bilan 

birga kompyuter va Internet texnologiya­

larining rivojlanishi madaniyatning yangi 

axboriy ko‘rinishi bo‘lgan “virtual real­

lik”ni yaratdi.

“Virtual” atamasi fanning turli sohalari­

da qo‘llaniladi. U umumiy qilib aytganda, 

asosiy reallikka nisbatan boshqa reallik­

ning yolg‘on o‘xshashligi, ya’ni biror nar­

saning hamma xususiyatlariga ega bo‘lsa­

da, haqiqatda o‘sha narsaning o‘zi emasli­

gini bildiradi. Virtual reallik o‘zidan yuqori 

darajadagi boshqa reallikni yaratish ga qodir 

va bu cheksiz davom etadi. Uning chega­

rasi faqat insonning ruhiy­fiziologik tabia­

tining cheklanganligi bilan belgilanishi 

mumkin. Inson ruhiy olamiga asosiy jis­

moniy reallikdan chiqib ketib, o‘zining 

maxsus realliklarini yaratish xosdir. Masa­

lan, kitob o‘qiyotib yoki film ko‘rayotib, 

inson o‘zga dunyoga tushib qoladi, ya’ni 

virtual reallik shaxs ruhiyatini tubdan 

o‘zgartiradigan hech qanday yangilik ya­

ratmaydi.

Virtuallik – bu, tasavvurdagi muhit, au­

Shaxs kamoloti


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

7

dio va videolarning zamonaviy imkoniyat­

lari yordamida yaratilgan real muhitdan 

farq qiluvchi boshqa muhitning xayoliy 

tasavvuri bo‘lib, real kechinmalar, obraz­

lar yordamida namoyon bo‘ladi. Virtual 

reallikda inson o‘zini benuqson, kerakli 

hamda muhim shaxsday his qiladi. Axbo­

riy jamiyat insoniyatga katta imkoniyatlar 

eshigini ochadi, lekin ko‘pgina tahdid va 

o‘z domiga tortib ketish kabi muammolar­

ni ham keltirib chiqaradi. Zamonaviy 

kompyuter o‘yinlari hayot sinovlaridan 

qochmoqchi bo‘lganlar uchun “panoh” 

vazifasini o‘taydi. Kompyuter o‘yinlari­

ning yaratuvchilari o‘yinlar dasturiga in­

sonni o‘ziga bog‘lab qo‘yuvchi turli mexa­

nizmlarni kiritadilar.

Virtual reallik kompyuter texnologiyala­

ri yordamida uch o‘lchamli modellashti­

rish sohasidan boshlandi. Virtual reallikni 

o‘rganish uchun boshqa muhitga tushish 

yoki unda ishtirok etish kerak. Foydala­

nuvchi o‘zining real muhitni qabul qiluv­

chi sezgilarini virtual reallikka o‘tkazadi, 

u virtual fazoga ulanib tashqi kuzatuvchi 

bo‘lib qolmay, uning ishtirokchisiga ayla­

nadi. Bu muhitni subyekt haqiqiy deb yoki 

haqiqatga yaqin deb qabul qiladi.

Butun dunyo “o‘rgimchak to‘ri” bo‘l­

mish Internet virtual reallikka misol bo‘la 

oladi, deb hisoblash mumkin. Internetga 

madaniyat prizmasi orqali qaraydigan 

bo‘lsak, zamonaviy shaxs uchun dunyo – 

bu, virtual reallik qonuniyati asosida 

mavjud bo‘lgan axboriy maydondir. Virtu­

allik hissiyotlar, sezgilar va harakatning 

erkinligini ta’minlaydi. Bunda hayotning 

real muhit obyektlari ma’lum bir “matrit­

sa”  (matematik elementlar jadvali)ga bi­

riktirilgan virtual o‘yinga o‘xshaydi. Bino 

devorlari va shaxsiy fazo chegaralari fizik 

xususiyatga ega bo‘lmaydi, shaxsiy suh­

batning o‘rnini esa ekran monitoridagi xat 

yozishmalari egallaydi.

Internet shunday imkoniyatlarni yarata­

diki, real hayotda buni tasavvur qilish qi­

yin. Har bir inson bu muhitda o‘z qiziqishi 

va qobiliyatlarini ko‘rsata olishi mumkin. 

Lekin “virtuallashuv”ning xavfli tomonlari 

ham mavjud, ya’ni ish, o‘qish vaqti Inter­

netga sarflanadi. O‘yin bilan ovora bo‘lib, 

inson haqiqiy hayotdan uzilib qolishi, real 

va virtual qarashlar o‘rtasidagi farqni, 

muvozanatni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. 

Bu esa charchash, atrofdagilarni tushun­

maslik kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. 

Ularga xuddi axborot yetishmayotganday 

tuyuladi. Virtual reallik orzular ushaladi­

gan, muammolar hal bo‘ladigan makondek 

ko‘rinadi. Bu muhitda faraz qilish, xayol 

surishdagi tasavvurlardan farqli o‘laroq, 

haqiqiy reallikning deyarli barcha ele­

mentlari ko‘z o‘ngimizda jonlanadi. Mav­

jud insonlarning virtual qiyofada qatna­

shishi, ular bilan virtual muloqotda bo‘lish 

esa virtual dunyoga yanada ko‘proq reallik 

ko‘rinishini beradi. Unga bo‘lgan ishonch­

ni orttiradi, umidni kuchaytiradi.

Grafik dizayn turli ko‘rinishdagi virtual­

liklarni, ya’ni grafik interfeyslardan tortib 

interaktiv muhit va butun dunyo manza­

rasini yaratishga qodirdir. Virtual muhitni 

yaratuvchilar fazoning yuksak darajada 

haqiqiy bo‘lishiga harakat qiladilar. Bu 

bilan ular reallik va virtuallikni ajratib tu­

ruvchi chegaralarning buzilishini xohla­

shadi. Virtual fazo uchun esa bu ham 

kamlik qilayotganday, u yanada ko‘proq 

reallikka da’vogarlik qilmoqda. Ko‘p hol­

larda esa foydalanuvchi uchun mavjud 

bo‘lgan yagona fazo sifatida haqiqiy ha­

yot 

ning o‘rnini egallayapti. Bu esa o‘z 



nav batida insonning real muhitdagi ha qi­

qiy sezgilarga bo‘lgan talabining o‘rnini 

to‘ldiradi. Virtual reallikka ixlosmandlik 

shaxsning barcha sezgi a’zolari, ichki his­

siyotlari, tasavvuri va ijodiy qobiliyatiga 

ta’sir o‘tkazadi. Kundalik hayot esa oda­

tiydan virtual reallikka va qaytib odatiyga 

ko‘chaverishi shaxsning ruhiy dunyosini 

parchalashi mumkin. Bularning hammasi 

insonning real muhitdagi faoliyatini su­

saytirib, haqiqiy hayotga bo‘lgan ishti­

yoqini so‘ndiradi. Asosiy faoliyatini virtual 



Download 356.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling