Barmoq she'r tizimi Mundarija: Kirish. Asosiy qisim
Download 118 Kb.
|
barmoq tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Barmoq she'r tizimi Mundarija: Kirish. Asosiy qisim: Barmoq she'r tizimida matnlarni badiiy o’qishga tayyorlash. 1. Erkin she'r tizimidagi matnlarni badiiy o’qishga tayyorlash 2.Dramatik asarlarni badiiy o’qishga tayyorlash 3.Nasriy matnlarni badiiy o’qishga tayyorlash Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Barmoq she'r tizimidagi matnlarni badiiy o’qishga tayyorlash ishi she'r tanlashdan boshlanadi. She'r tanlash talaba ixtiyoriga qo’yiladi. Talaba bilim darajasi, qiziqishi, badiiyatga munosabatiga ko’ra o’zi she'r tanlaydi. Mazkur tizim bo’yicha mashq darslarining biri maktab darsliklaridagi materiallarni o’qishga bag’ishlanadi. Talaba tanlagan she'rini daftariga ko’chirib yozadi. Badiiy o’qish vositalari asosida she'rni daftarda ishlab chiqadi. Matn tayyor bo’lgach, uni yodlaydi. Talaba unda ifodali o’qishni, sharhli o’qishni mashk qilib, badiiy o’kishga tayyor bo’lib keladi. Barmoq she'r tizimi bo’yicha birinchi dars mashk darsi bo’lib, talaba o’qishidagi yutuqlar, nuqsonlar talabalar yordamida tahlil qilinib, badiiy o’qish namunasi ko’rsatib beriladi. Ikkinchn darsda talaba o’qishi baholanadi. Har bir talaba yutug’i, kamchiligi o’qituvchi tomonidan izohlanib, baho e'lon qilinadi. M. Yusufning «Yo’qlov» she'ri quyidagicha badiiy o’qishga tayyorlanadi: (Avvalo she'r daftarga yozib olinadi. Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor, Aytsam ado bo’lmas armonlaring bor. O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim, Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor. Bag’rimni o’rtar bir tanbur navosi, Shumi shoiringga elning vafosi?.. Toshlarning ostidan kelib sadosi, Hamzang yotgan Shohimardonlaring bor... Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor. Osmonlaringdan ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor. Ko’ling qadog’iga bosay yuzimni, Onamsan-ku og’ir olma so’zimni, Qayinlarga aytib «Karo ko’zim»ni, Sibirlarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar — Mehrobingdan chiqqe chayonlaring bor... Qurboning bo’layin, ey onajonim, Sening fig’onlaring — mening fig’onim, O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim, Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor. Avvalo, misralardagi bo’g’inlar soni aniqlanib, turoqlanish tizimi belgilanadi. Fonetik va mantiqiy urg’u olgan bo’g’in va so’zlar, shundan kelib chiqib pauzalar o’rni ko’rsatiladi. Yurtim, ko’nglingdek keng / osmonlaring bor / — II bo’g’in Aytsam ado bo’l!mes / armonlaring bor./ II bo’g’in. Misralar II bo’g’indan iborat bo’lib, 6+5 shaklida turoqlangan. «Yurtim» so’zidan keyingi pauza tinish belgiga asosan yuzaga kelsa, «keng», «bo’lmas» so’zlaridan keyingi pauzalar turoqlar orasidagi to’xtamlardir. Har misra oxirida pauza qilinadi, «yurtim», «osmon», «ado» so’zlarida fonetik urg’u birinchi bo’g’inga tushadi. Shuning uchun talaffuzda bunga alohida e'tibor berish zarur. Birinchi misrada «keng» so’zi, ikkinchi misrada «ado bo’lmas» so’zlari mantiqiy urg’u olmoqdaki, bu so’zlar boshqa so’zlarga nisbatan kuchli ohang bilan o’qiladi. Ana shu tartibda she'rning har bir misrasi ishlab chiqiladi. She'rdagi bandlarda temp deyarli farq qilmasa-da, beshinchi bandda temp tezlashadi, intonatsiya kuchayadi. Bu bandning mazmunida «Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar»ga muallif nafrati yorqin aks etgan. Yuqoridagi vositalar ana shu nafrat ifodasiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bandning birinchi misrasida uyushiq bo’laklar kelmoqdaki, ularning har biri mantiqiy urg’u oladi. Uyushiq bo’laklar o’qilayotganda, intonatsiya avvalgisiga nisbatan keyingisida kuchli bo’ladi. Birinchi bandda «osmonlaring bor» so’zlarida o’quvchi qo’li bilan osmonni ko’rsatsa, «og’riydi jonim» birikmasida yuz va ko’zda joni og’riyotganini ifodalaydi, ikkala qo’lini ko’ksiga olib keladi. To’rtinchi banddagi «qo’ling qadog’iga bosam yuzimni» misrasi o’qilishida o’quvchi kaftlarini ochib, ularga qaraydi. Beshinchi banddagi «Ana, yurishibdi kiyganlar» misrasida old tomonini qo’l bilan shunday ko’rsatish kerakki, o’tirganlar orqaga qarasin. She'rni badiiy o’qishga tayyorlashda ayrim birikmalarni, misralarni sharhlash talab etiladi. Jumladan: «Hamzang yotgan Shohimardonlaring bor»... satrining mazmunida Hamzaning 1929 yidi shayxlar tomonidan toshbo’roi qilib o’ldirilgani, qabri Shohimardon — hozirgi Hamzaobodda ekani aytiladi. «Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor» misrasida esa Cho’lpon haqida ma'lumot talab qilinadi. Cho’lpon andijonlik talantli shoir ekani, nohaq qamalib, qatl etilgani, bugun nomi oqlanib, asarlari nashr etilayotgani aytiladi. To’rtinchi badndagi: Qayinlarga aytib «Qaro ko’zim»ni, Sibirlarda qolgan Usmonlaring bor, — misralaridagi «Qaro ko’zim» so’zi sharhlanadi. Bu nom Alisher Navoiyning: Qaro ko’zim kelu mardumliq emdi fan qilgil Ko’zim qarosiga mardum kibi vatan qilg’il, — matla'li g’azali bilan aytiladigan qo’shiqqa ishora ekani aytiladi. Bu qo’shiq xalqimiz o’rtasida juda mashhur bo’lib, uni Mulla To’ychi, Yunus Rajabiy kabi mashhur hofiz njro etganlar. Bu qo’shiq bugun ham xalqning sevgan qo’shiqlaridan biridir. «Sibirlarda qolgan Usmon» — qatag’on yillari Cho’lpon, Qodiriy, singarn nohaq qamalib, Magadanda o’ldirilgan yorqin iste'dod egasi bo’lgan shoirimiz edi. Ana shu tayyorgarlikdan so’ng she'rni badiiy o’kish mumkin. Bunda yuqorida aytilgan barcha vositalar bandlardagi mazmunni ravshan ifoda qilishga bo’ysundiriladi. Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling