Bazalt asosida armatura turlari. Ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 267.73 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi267.73 Kb.
#1014081
Bog'liq
Bazalt asosida armatura turlari

Bazalt asosida armatura turlari.Ishlab chiqarish texnologiyasi

Reja:

  • Bazalt haqida tushuncha
  • Bazalt ishlab chiqarish texnalogiyasi

  • Bazalt (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S.ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador)dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va h.k. ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla kristallangan B.lar dolerit deyiladi. B.ning okean tubida paydo boʻlgan, temir va magniyga boy turi okeanit, tektonik yoriqlardan quruklikka oqib chiqib qotib qolgan turi esa platobazalt deyiladi. B. okean tubi va quruqlikda juda katta maydonni egallagan. Hozirgi vulkanlardan ham bazaltli lavalar oqib chiqadi. Tarkibida qaysi mineral borligiga qarab analsimli B., leysitli B., nefelinli B., magnetitli B., gayuinli B., apatitli B. va h.k. deb ataladi. B. kislotaga chidamli kimyoviy asboblar, quvurlar, elektroizolyatorlar yasashda, toshdan quyma buyumlar ishlab chiqarishda hamda qurilishda qoplama bezak materiallari sifatida ishlatiladi. Yaxshi silliqlanishi tufayli juda qadimdan haykaltaroshlikda Misr, Assuriya, Rim, Vizantiya, Armaniston va boshqa joylarda qoʻllanilib kelingan. Kamchatka, Zabaykalye, Armaniston, Ukrainada va Oʻzbekistonning Qurama, Turkiston, Tomdi togʻlari (paleozoy qatlamlari)da bor (yana q. Magmatik tog jinslari).

Bazalt armaturaning prognoz qilinayotgan xizmat muddati 50-80 yilni tashkil etadi. Bazalt armaturaning uzoq xizmat qilish parametri uning mustahkamligi tufayli temir armaturanikiga qaraganda yuqori. Aynan shuning uchun bazalt armatura Tselsiy bo‘yicha -70 dan +100 darajagachani tashkil qiladigan ishchi haroratlarning keng diapazoniga bardosh beradi. Uning olovga chidamliligi Tselsiy bo‘yicha 300 darajagachani tashkil qiladi.

Yo‘q, bazalt armatura ekologik toza, u toksik moddalarni ajratmaydi. Shuningdek u issiqlikni yaxshi saqlaydi, sezgirlik darajasi yuqori bo‘lgan, shu jumladan tibbiy uskunalarning ishlashiga xalaqit bermaydi. Bazalt armatura qo‘llangan binolarda mobil aloqa signali yaxshiroq o‘tadi.

Bazalt armaturani payvandlash shart emas. U plastik xomutlar yordamida yoki oddiy to‘qiladigan sim bilan mahkamlanadi, bu inshootning zilzilalarga chidamliligini oshiradi. Bazalt armaturani montaj qilish uchun beso‘naqay va qimmat qurilish texnikasidan foydalanish zarurati yo‘q. Diametri 12 mm gacha bo‘lgan armaturani tashish oson, u bukiluvchan bo‘lib, rulonlarga o‘raladi. Diametri 14 mm va undan katta bo‘lgan bazalt armatura holatida simlarning uzunligi buyurtmachining ixtiyoriga qarab bajariladi.

  • Bazalt armatura namlik darajasi yuqori bo‘lgan va boshqa tajovuzkor muhitga ega konstruksiyalar uchun juda mos tushadi. U korroziyaga uchramaydi, shu bois uni yaxmalaklar, gidroinshootlar, oqova ariqlar, kanallar, kanalizatsiyalar, basseynlar qurilishida qo‘llash mumkin. Shuningdek undan katta ko‘lamli qurilishlarda, ya'ni metro, ko‘prik, avtomobil trassalari va temir yo‘l ko‘tarmalarini barpo etishda ham foydalansa bo‘ladi.
  • Zavod ikkita obektda joylashgan: birinchisi Jizzax viloyatining Forish tumanida. Ushbu zavodda bazalt rudasiga qayta ishlov beriladi va bazalt tola ishlab chiqariladi. Keyin tola Jizzax viloyatining Erkin iqtisodiy zonasidagi zavodga transportirovka qilinadi. Bu yerda tola bazalt armaturaga aylantiriladi.
  • Kelasi yili zavodda ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilmoqda: kompaniya uzluksiz bazalt toladan kompozit trubalar, burchaklar, profillar ishlab chiqarishni mo‘ljallagan.

  • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi viloyat hokimliklari va tijorat banklari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, bunda raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu talablar esa mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
  • Forish tumanida o‘z faoliyatini olib borayotgan "Mega invest industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi yangi turdagi qurilish material ishlab chiqarish bo‘yicha nafaqat mamlakatimizda balki, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Korxona yiliga 2500 tonna bazalt tolasi, 3000 tonna bazalt tolasidan armatura ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Loyihaning birinchi bosqichida qariyb 30 million dollar o‘zlashtirildi hamda bazalt tolasi va undan armatura ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 90 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
  • Ma’lumot uchun aytish mumkinki, bazalt tolasi va undan qurilish armaturasi ham yurtimizdagi yangi qurilish materiallaridan biridir. Yengil va o‘ta chidamli bo‘lgan ushbu mahsulot o‘zining zamonaviyligi va narxi arzonligi bilan ajralib turadi. Jahon bozorida unga talab juda yuqori. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bazalt (qoratosh) ekologik toza mahsulot bo‘lib, po‘lat armaturaga nisbatan 4 barobar yengil va 3 barobar mustahkam, 2 barobar arzon, tashqi ta’sirlarga o‘ta chidamli va umuman zanglamaydigan qurilish materialidir. Hozirgi kunda ushbu mahsulotga Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlaridan ko‘plab takliflar kelib tushmoqda
  • Ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bu yangi turdagi qurilish mahsuloti ham yurtimiz aholisi uchun katta yangilik. Negaki, xalqimiz hamisha yangi uy qurib, orzu havas bilan yashashni istaydi. Albatta, bunday ehtiyojlarni qondirishda mahalliy va xorijiy tadbirkorlarning hissasi katta bo‘lyapti.

Download 267.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling