Билет № 1
O’choqli zotiljam.Etiologiya, patogenez, klinika,klassifikatsiya,diagnostika, asoratlar, davolash.
Vaziyatli masala
Bemor R 1 yosh 4 oylik. Ko`ngil aynish, qayd qilish, qorindagi og`riqlar, ishtahani yo`qolishi, ikki oy davomida tana vaznini yo`qotishga shikoyat qilib keldi. Bir yosh ikki oyligida O`RVI o`tkazgan. Kasallik keskin rivojlangan kataral belgilar bilan besh kun davo etgan. Bu vaqtda suyuq ich kelishi , ko`ngil aynish, tana haroratini37.2x-37.5 darajagacha ko`tarilishi kuzatild. Bu davrda bola holsiz, yurganda charchash. Tungi nam yo`tal, ishtahani keskin pasayib ketishi bilan kechgan. Shu kunlarda bemor ahvoli keskin yominlashgan o`ta bezovtalik kuzatildi. Qaytalanuvchi ko`ngil aynishlar oyoqlarda shish yuzaga kelgan. Umumiy ko`rikda ahvoli og`ir. Keskin holsizlik, adinamiya, ishtaha yo`qolishi, teri rangpar. Burun-lab burchagida sianoz. Tizza soahasida shishlar. O`pkada dag`al nafas, pastki qismlarida nam xirillashlar. Nafa soni 60/min. yurak nisbiy chegaralari o`zgarmagan. Tonlari bo`g`iq. Cho`qqida sistolik shovqin, YUS 160/min. jigar-+7sm, taloq-+2sm, siydik ajralishi kam, ahlat shakllangan.
Qon tahlili: Hb 100 g/l Er 4.5x 1012 , Leyk-6.3x109/l , tayoqcha yadrolilar-2%, segment-48%, limf-40%, mon-8%, ECHT-10mm/soat.
Topshiriq:
Dastlabki taxminiy tashxisni qo`ying.
Tashxisni tasdiqlash uchun qanday qo`shimcha tekshiruv o`tkaziladi?
UASH taktikasi?
Билет № 2
. Surunkali gepatit. Etiologiya, patogenez, klinika, klassifikatsiya,
diagnostika, davolash.
2.Vaziyatli masala .Bemor D. qiz bola, 11 oylik. 10 oylik vaqtigacha yoshiga mos rivojlangan. Tana vazni normal oshib borgan, 10 oylik vaqtida kataral ko’rinishli va abdominal sindrom bilan kechuvchi virusli infeksiyani o’tkazgan. Shundan so’ng ahvoli og’irlasha borgan. Tana vazni oshmagan, nam yo’tal paydo bo’lgan, 3 haftadan so’ng o’pkaning pastki qismlarida nam xirillashlar eshitilgan. Ko’rikda: nafas olishlar soni 60/min. yurak sohasi visual o’zgarishlarsiz. Perkussiyada yurak chegarasi chap axillyar chiziqqacha kengaygan. Yurak tonlari bo’g’iq, shovqin eshitilmaydi. YQS 160/min, jigar pastki chegarasi qovurg’a ravog’idan 7 sm pastda. Qon klinik tahlili o’tkazildi: patologik o’zgarishlar aniqlanmadi.
Topshiriq:
Tashhis qo’ying.
Tashhis qo’yish uchun tekshiruv rejasini tuzing.
Qiyosiy tashhis.
Do'stlaringiz bilan baham: |